Mavzu: Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning ijtimoiylashuvi omili sifatida nutqning rivojlanishi. Kirish. I bob. Kichik maktab yoshidagi bolalarning ijtimoiylashuvi omili sifatida nutq


Download 51.02 Kb.
bet1/7
Sana08.03.2023
Hajmi51.02 Kb.
#1251972
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RAYA


MAVZU: Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning ijtimoiylashuvi omili sifatida nutqning rivojlanishi.
KIRISH.


I BOB. Kichik maktab yoshidagi bolalarning ijtimoiylashuvi omili sifatida - nutq.


1.1. Nutq va muloqotning psixologik tavsifi.


1.2. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda shaxslararo munosabatlarning oʻquv faoliyatiga taʼsiri.


IIBob.Kichik maktab yoshi davrida bolalarda nutqning rivojlanishining psixokorreksiyasi.


2.1 Kichik maktab yoshi davridagi bolalarning maktabga moslashuvi.


2.2. Piajening aqliy rivojlanish bosqichlari psixodiagnostikasi.


Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish


Mavzuning dolzarbligi:
Nutq – odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning alohida usulidir. Odam o‘z nutqi yordami bilan o‘zining bilimlari, fikrlari, hislari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikrlarini o‘zlashtirib oladi, boshqa kishilarning hislari va istaklarini bilib oladi. Odamlar o‘zlarining faoliyatlari va kundalik hayotlarida bir-birlari bilan shu tarzda aloqa qilib turadilar.
Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida har bir kishi bilimlarning ko‘p qismini boshqa kishilardan oladi. Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash odamning doimiy ehtiyoji bo‘lib, bualoqa fikr olishuvga xizmat qiladi.
Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay olmaydi. Odam yakka o‘zi qolganida, ko‘pincha, xayolidagi suhbatdoshlar bilan «o‘z ichida» gaplashadi. Odam o‘ziga notanish bo‘lgan bir yoki bir necha kishi o‘rtasiga tushib qolsa, unda nimalarnidir aytish yoki shu kishilardan nimalarnidir eshitish ehtiyoji albatta paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj qondirilmay qolsa, odamni ma’yus qiladigan «o‘ng‘aysizlik» hissi tug‘iladi. Odamning «aytadigan hech bir gapi» bo‘lmagan taqdirda ham shunday ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bunday hollarda u «nima qilishini» bilmay qoladi. Bunday hollarda unda «nimani gapirsam ekan?», «nimadan gap boshlasam ekan», «qanday gap boshlasam ekan!» deb gap mavzuini qidirish boshlanadi. Har bir kishining yoshiga, bilimiga, umumiy izlanish saviyasiga qarab, uning nutqi o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘ladi. Ayrim kishilar kasbining xususiyatlari, shu kishilarning nimalarga qiziqishi, mijozi va shu kabi xususiyatlari ularniig nutqlarida namoyon bo‘ladi. Har bir kishi bir yoki bir necha tildan foydalanib, o‘zicha gapiradi. har bir kishining o‘z nutqi bor. Odam ongining alohida funksiyasi bo‘lgan nutq psixolo­giya fani tomonidan o‘rganiladi. Til esa ijtimoiy hodisadir. Til ayrim kishida mustaqil ravishda mavjuddir. Tilning ijodkori esa xalqning o‘zidir, tarixan tarkib topgan millatning o‘zidir.
Nutq bilan til bir-biridan farq qiladi, lekin ayni vaqtda ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi; nutq ham, til ham bir-biriga bog‘langan, ular birlikda mavjuddir. Bu birlik shundan iboratki, har bir til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida vujudga kelgan va o‘sib borgan. Har bir tilning yashab turishi kishilarning shu tilda gaplashuvlariga bog‘liq. Agar odamlar biror tilda gaplashmay qo‘ysalar bu til ham yo‘q bo‘lib ketadi: u «o‘lik til» bo‘lib qoladi. Biz «o‘lik» tillar borligini shu til aks ettirilgan yozma yodgorliklardan bilamiz. Masalan, qadimgi grek (yunon), lotin tillari mana shunday «o‘lik» tillardir. Til bilan nutqning birligi yana shundan ham namoyon bo‘ladiki, har bir kishi o‘z nutqida biror tildan foydalana­di, ba’zilari esa bir necha tildan foydalanadilar. Odamlarning o‘zaro aloqalarida ularning nutqlari turli ma’nolarda yoki funksiyalarda namoyon bo‘ladi.
Nutqning asosiy vazifasi, demak, uning asosiy funksiyasi – odamlarning bir-birlari bilan aloqa qilish vositasi bo‘lishdir. Bu aloqa asosan odamlarning o‘z fikrlarini bir-birla­riga aytishlaridan iborat bo‘ladi. Aloqa jarayonida fikrlar nutq yordamida shakllanadi, ifodalanadi, aytiladi va tushunib olinadi. Og‘zaki yoki yozma nutqda ifodalab berilgan fikrlar shu fikrlarni aytuvchi kishi uchun ham ravshanroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib, nutq aloqa jarayonida tafakkur quroli bo‘lib xizmat qiladi.
Shu bilan birga mana shu aloqa jarayonida nutq ifoda­lash vositasi bo‘lib, biror nima bildirish vositasi bo‘lib, ta’sir o‘tkazish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.



Download 51.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling