Mavzu: Kislota-ishqor muvozanati (kim) va suv-elektrolit balansi (seb). Infuzion-transfuzion terapiya


Download 300.24 Kb.
bet1/5
Sana08.03.2023
Hajmi300.24 Kb.
#1251842
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kislota-ishqor muvozanati (KIM) va suv-elektrolit balansi (SEB). Infuzion-transfuzion terapiya(ITT) va parental oziqlantirish (PO).


Mavzu: Kislota-ishqor muvozanati (KIM) va suv-elektrolit balansi (SEB). Infuzion-transfuzion terapiya(ITT) va parental oziqlantirish (PO).

Kislota-ishqor muvozanati organizm ichki muhitining eng muhim fizik-kimyoviy parametrlaridan biri bo’lib, bu muvozanat BepHard iborasi bilan “gomeostaz” deb yuritiladi.


Organizmning ichki muhitidagi vodorod va gidroksil ionlarining nisbati juda katta ahamiyatga ega bo’lib, fermentlarning faolligi, oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarining borishi, oqsillarning parchalanishi va sintezi, uglevodlarning va yog’larning glikolizi va oksidlanishi, retseptorlarning mediatorlarga sezgirligi, membranalar o’tkazuvchanligi va boshqa bir qator organlarning faoliyati ana shu organizmning gomeostaz holati bilan uzviy bog’liq. Gomeostaz buzilishi oqibatida hujayra kolloidlari, hujayralararo tuzilmalarning fiziko-ximiyaviy xususiyatlari, ularning dispersligi, gidrofilligi, adsorbtsiya va boshqa xususiyatlari o’zgaradi. Tabiatdagi suyuqliklarning pH ko’rsatkichi 1 dan 14 gacha o’zgarib turadi.
pH 7ga teng bo’lganda suyuqlik muhiti betaraf (neytral) hisoblanadi. Demak, pH 7dan 1 gacha bo’lgan suyuqliklar kislotali eritma, 7 dan 14 gacha bo’lganlari esa ishqoriy eritma hisoblanadi. Vronsted nazariyasiga ko’ra o’zidan vodorod ionlarini ajratadigan moddalar kislotalar, vodorod ionlarini biriktirib oladigan moddalar esa ishqorlar deb yuritiladi.

[H+] nmol’/l

I nson qonining reaktsiyasi kuchsiz ishqoriy bo’lib, uni pH i 7,45 gacha, oqsillari esa kuchsiz kislotali muhitga ega. Organizmdagi kislotali va ishqorli reaktsiyaga ega bo’lgan moddalar miqdori qabul qilingan ovqat mahsulotlarining tarkibi va mikdori, almashinuv jarayonlarining jadalligi, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarning organizmdan chiqarilishiga bog’liq. Qonning pH i atigi 0,3 ga o’zgarishi fermentlar faoliyati va moddalar almashinuvini shunchalik izdan chiqaradiki, bemorlarda koma holati yuzaga keladi. Agar qonning pH 0,4 ga o’zgarsa bu holat, odatda hayot bilan nomutanosib bo’lib, o’limga sabab bo’ladi.

4 -rasm. Qonning kislota -ishqor muvozanati


Kislota-ishqor muvozanati organizmdagi ikkita tizim: bufer yoki fiziko-ximiyaviy tizim va fiziologik tizim yordamida boshqariladi, shuning natijasida qonni pH i doimiy saqlanadi. Organizm hujayra tashqarisidagi H+ ionlari kontsentratsiyasiga K+ ga nisbatan 100 000 marta, Na+ ga nisbatan million marta ko’p sezgirdir. SHuning o’zi KIM qanchalik muhim ekanligini ko’rsatadi (4-rasm).
Inson organizmi o’z-o’zini boshqaruvchi bir necha tizimlardan tashkil topgan. SHulardan biri - bufer tizimiidir. KIM bu qondagi vodorod (H+) va gidroksil (ON-) ionlarining muvofiqligidir. Qonda vodorod (H+) ionlari ozod holda bo’lmay Н3O+ holida bo’ladi. Hujayra ichida (H+) ionlari kontsentratsiyasi 4 marta yuqori. Organizm o’zida hosil bo’lgan kislota muhitli moddalarni o’zidan chiqaruvchi bir necha mexanizmlarga ega. Bular asosida bufer tizim CO2 ning o’pka orqali va kislota muhitli moddalarning buyrak orqali chiqarilishi yotadi. O’z-o’zini boshqaruvchi bufer tizim hujayradan tashqaridagi (H+) ionlari kontsentratsiyasini doimiy boshqarib turadi.
Qonda 4 xil bufer tizimi mavjud:

  1. Gemoglobin bufer tizimi (Hb/HbO2) – 35–76 % bufer sig’imini tashkil etadi.

  2. Karbonat bufer tizimi (H2CO3/NaHCO3) -13-15 % bufer sig’imini tashkil etadi.

  3. Oqsil bufer tizimi (NH2-R-COOH-NH3-R-COO+H+)-7-10 % bufer sig’imini tashkil etadi.

  4. Fosfat bufer tizimi –(NaH2PO4/NaHPO4)-1-5 % bufer sig’imini tashkil etadi.

Hujayralarda oqsil va fosfat asosiy bufer tizimi hisoblanadi. Gemoglobin bufer tizimi hujayrada va hujayradan tashqarida ham faoliyat ko’rsatadi. Hujayradan tashqarida bikorbonat bufer tizimi asosiy hisoblanadi. Qonning bufer tizimi organizmga kirgan va to’plangan kislotali mahsulotlarni kuchli kislotani kuchsizga almashtirish yo’li bilan bo’sh H+ kontsentratsiyasini kamaytiradi.
Gemoglobin bufer tizimi qonda eng asosiy hisoblanadi. HbO2 HbO ga nisbattan 80 marta ko’p kislotali hisoblanadi. Bu neytrallash jarayoni bikarbonat bufer tizimi yordamida eritrotsitda amalga oshiriladi. Gemoglobin bufer tizimining ishlash sxemasi (5-rasm).
Oqsillar kislotali muhitda vodorod ionlarini bog’lab, ishqoriy sharoitda ularni berish hisobiga KIM korrektsiya qiladi.
Fosfat buferi oz miqdopHi tashkil etib, asosan siydikni bufer tizimida faoliyat ko’rsatadi. SHuni ta’kidlash kerakki, qon bufer tizimlari qanchalik kuchli va takomillashgan bo’lmasin, stress holatlarda ular KIM me’yorda saqlab turolmaydi. CHunki ular bor yo’g’i organizm bufer sig’imining 1/5 qismini tashkil etadi.




Download 300.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling