Mavzu: Kokklar va ularning odam patalogiyasidagi ko'rsatkichlari. Reja


Download 0.89 Mb.
bet1/5
Sana09.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1256204
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mikrob

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

O`zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakulteti Biologiya yo`nalishi 403-guruh talabalari Abdusamatova Maftuna va Abdusattorova Madinalarning “ Tibbiyot mikrobiologiyasi” fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI

Mavzu: Kokklar va ularning odam patalogiyasidagi ko'rsatkichlari.

Reja:

1. Patogen kokklar va ularning klassifikatsiyasi

2.Grammusbat kokklar

3.Grammanfiy kokklar


PATOGEN KOKKLAR Kokklar bu mikroorganizmlaming keng guruhi bo'lib , ularga patogen , shartli patogen va patogen bo'lmagan turlari kiradi . Bu bo'limda patogen va shartli patogen kokklar ko'rib o'tiladi . Berg tasnifiga ko'ra , patogen kokklar uch oilaga kiritiladi: 1. Micrococcaceae- Staphylococcus (stafilokokklar) avlodi . 2. Streptococcaceae CHANNE Streptococcus avlodi (streptokokklar va pnevmokokklar). 3. Neisseriaceae Neisseria C CHALLE avlodi (meningokokklar va gonokokklar). Patogen kokklar yiringli jarayonlarni keltirib chiqaradi, shu xossasiga ko'ra, ular bir- birlariga o'xshaydi, shuning uchun ulami yiring chaqiruvchi kokklar deb ataladi. Kokklarda organotroplik darajasi bir xil bo'lmay, bu pnevmokokk, meningokokk va gonokokklarda ko'proq namoyon bo'ladi. Barcha patogen kokklar harakatsiz bo'lib, spora hosil qilmaydi, pnevmokokk kapsula hosil qiladi. Bo'yalishiga ko'ra ular Grammusbat (stafilokokk, streptokokk) va Grammanfiy (meningokokk, gonokokk) bo'ladi. Yiring chaqiruvchi kokklar bir- biridan oziqa muhitlarga talabchanligiga va biokimyoviy faolligiga ko'ra farqlanadi. Stafilokokk esa oziq muhitga talabchan emas, biokimyoviy xossasiga ko'ra faoldir
Patogen kokklarning taksonomik o‘rni.Patogen kokklarning guruhiga ko‘pgina yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi va Shizomycetes sinfiga kiruvchi mikroorganizmlar kiradi. Patogen kokklarga streptokokklar, stafilokokklar, pnevmokokklar, meningokokklar, gonokokklar kiradi. Odam organizmida kokklar har xil simbioz holatda bo‘ladi. Terida, shilliq qavatlarda, nafas yo‘llarida streptokokk va stafilokokklarning saprofit va shartli patogen turlari, burun-xalqumda meningokokklar, ichakda enterokokklar (axlat streptokokklari) uchraydi. Organizmning qarshilik kuchi pasayganda, teri yoki shilliq qavat butunligi pasayganda, ular organizm to‘qimalariga kirib kasallik chaqiradi. Patogen kokklarning organotropik xususiyati hammasida ham bir xil emas. Bu xususiyat gonokokk, meningokokk, pnevmokokklarda kuchliroq, stafilokokk va streptokokklarda bu kuchsizroq namoyon bo‘ladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling