Mavzu: kungaboqar urug’ining sifat ko’rsatkichlarini aniqlash


Download 58.47 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2023
Hajmi58.47 Kb.
#1079365
  1   2   3
Bog'liq
14-лаборатория доншунослик


MAVZU: KUNGABOQAR URUG’INING SIFAT KO’RSATKICHLARINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Kungaboqar urug’ining sifat ko’rsatkichlarini
aniqlash uslubini o’rganish. Kungaboqar urug’i iflosligini, qobiqdorligini va sifati buzilgan, puch urug’lar miqdorini aniqlash.
Uskuna va jihozlar:
1. O’rtacha namuna
2. Texnik tarozi
3. Taxlil taxtasi, shpatel
4. Elak 03,0 mm
5. Don bo’lgich
Asosiy tushuncha:
Moyli urug‘larda har xil aralashmalar bo‘lib, ular quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Iflos aralashmalar (mineral va organik)

  2. Moyli aralashmalar

Mineral aralashmalarga tuproq, qum, tosh va hakozolar kiradi. Organik aralashmalarni barg, hazon, urug‘ po‘chog‘i, poyasi tashkil qiladi. Moyli aralashmalar: butunlay yoki qisman maydalanib ketgan asosiy madaniy o‘simlik urug‘lari, zararkunandalar tomonidan emirilgan, urilgan, ezilgan, o‘z – o‘zidan qizib ketishi natijasida buzilgan, mog‘orlagan, kuyishi natijasida mag‘iz rangi o‘zgargan, pishmagan (rivojlanmagan, muzlagan, qirqilganda yashil rangli urug‘ pallasi bo‘lgan) urug‘lar.
Urug‘larning foizlarda ifodalangan tozalik darajasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin:
X = 100 – (A+B/2) (1)
Bu erda: A – iflos aralashmalar miqdori, %
B – moyli aralashmalar miqdori, %
Tozalik darajasiga ko‘ra moyli urug‘lar uch kategoriyaga bo‘linadi: toza, o‘rtacha tozalikdagi va ifloslangan. Urug‘lar tozalanmasdan saqlangan hollarda, ulardagi aralashmalar omborxonalar foydali hajmining bir qismini egallaydi. Bu esa urug‘larni saqlashni qimmatlashtiradi. Tozalanmagan urug‘lar bir joydan boshqa joyga uzatilganda juda ko‘p chang chiqadi va mehnat sharoitlari yomonlashadi.

Mineral aralashmalar tufayli urug‘larda zamburug‘ va mog‘or mikroorganizmlari tarqaladi, urug‘larning o‘z – o‘zidan qizib ketishi sodir bo‘ladi. Urug‘lar quritilganda, aralashmalar quritgichlarda tiqilib qolib yong‘inga olib kelishi mumkin.
Umuman, urug‘larning ifloslanishi mahsulotning sifatini pasaytiradi, moyning yo‘qolishini oshiradi, uskunalarning sinish va eyilishini ko‘paytiradi, ishlab chiqarish samaradorligini kamaytiradi, antisanitar mehnat sharoitlarini vujudga keltiradi.
Mineral aralashmalar uskunalarning yeyilishini tezlashtiradi, kunjaradagi, shrotdagi oqsil miqdorini kamaytiradi, kulning miqdorini oshiradi, shrotdagi moy miqdorini kamayishiga olib keladi, moyning ta’mini buzadi va uning taxirlanishiga olib keladi.
Organik aralashmalar kunjara (qobiq hujayrasi klechatka) ning va shrotning ozuqa sifatini yomonlashtiradi, moyning yo‘qolishini oshiradi.
Moyli aralashmalar tayyor mahsulotning sifatini yomonlashtiradi. Bu aralashmalarning ko‘p miqdorda bo‘lishi, moyni iste’mol qilib bo‘lmaslik darajasigacha olib keladi, chunki moyning kislota soni ortib ketadi.
Metal aralashmalar – mashinalarning yemirilishini va sinishini oshiradi, kunjara va shrotning oziqa sifatini yomonlashtiradi.
Moyli donlarda asosiy sifat ko’rsatkichlari: orgonaleptik ko’rsatkichlar. Namlik xashoratlar bilan zararlanganligi, iflosligi. Ayrim partiyalarda qobiqdorligi aniqlanadi. Moyli donlar sifatini tavsiflashda va sifatiga baho berishda o’ziga xos afzalligi bor. Moyli donlarda boshoqli va dukkakli donlarga nisbatan namlik kriteriyasi pastroq. Madaniy kungaboqar odatda uch guruhga bo’linadi: chaqiladigan moydor, oraliq kungaboqar. Guruhlarga asosan urug’ o’lchamlari, shakli, mag’zi va qobig’ining nisbatiga ko’ra bo’linadi. Moydor kungaboqar urug’i mayda, uzunligi 7-13mm. Tashqi qobig’i mag’ziga joylashgan qobig’i 35-45%ni tashkil etadi. 1000 ta don vazni 40-80g. Chaqiladigan kungaboqar urug’i yirik uzunchoq, uzunligi 12-25mm, qobig’i juda qalin 50%nn tashkil etadi. 1000ta don vazni 100-200g. Oraliq kungaboqar moydor va oraliq kungaboqar oralig’idagi shakli. Urug’i ko’pincha kalta, enli.

Ishni bajarish tartibi.
Kungaboqar urug’ining iflosligini aniqlash.
O’rtacha namunadan don bo’lgich yordamida 100 g o’lchanma Q texnik tarozida o’lchab olinadi. O’lchanma Q3.0 mm bo’lgan elakdan elanadi. Elak ustida qolgan va elakdan o’tgan elanma taxlil taxtasiga alohida joylashtnriladi. So’ng keraksiz, moyli aralashmalarga va toza don ajratiladi. har bir aralashma fraktsiyasi aloxida texnik tarozida o’lchanib, olingan o’lchanmaga nisbatan foyizda ifodalanadi.
Keraksiz aralashma fraktsiyalari:
-Diametri 3,0mm elakdan o’tgan kismi;
-Mineral aralashma;
-Organik aralashma;
-Barcha madaniy va begona o’simlik urug’lari;
-Yaroqsiz-bo’sh urug’lar;
-Butunlay epdospermi buzilgan kungaboqar urug’i;
Moyli aralashma fraktsiyalari:
-butunlay yoki qisman qobiqsiz yadrolar;
-bo’lilgan va 02,0mm elakdan o’tmagan sholi doni;
-unib chiqqan don;
-yarimidan kam qism eyilgan, bo’lingan urug’lar;
-quritish yoki o’z-o’zidan qizish natijasida shikastlangan urug’lar:
-puch etilmagan urug’lar;
-sovuq. urgan urug’lar;
-kanalar bilan shikastlangan, qora dog’li yadrolar;
Kungaboqar qobiqdorligini aniqlash.
Toza dondan 10g o’lchanma olinadi va qobig’i ajratiladi. O’lchanma taxlil taxtasiga joylashtirilib, qobiqlar yadrodan shpatel yordamida alohida ajratib olinadi qobiqlar tarozida o’lchanib, foizi quyidagi formula orqali ifodalanadi:

Download 58.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling