Mavzu: manzarali gullar kasalliklari
Download 227.04 Kb. Pdf ko'rish
|
7-MANZARALI GULLAR KASALLIKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaruriy jixozlar
MAVZU: MANZARALI GULLAR KASALLIKLARI. Ish rejasi. 1.Gulli o‘simliklarning urug‘lari, piyozboshlari, tuganak piyozlari, tuganaklari va ildizpoyalari mog‘orlashi. 2. Gulli o‘simliklarning ko‘chatlari va nihollarining kasalliklari. 3. Gulli o‘simliklarning vilt kasalliklari. 4. Gulli o‘simliklarning un-shudring, zang va boshqa kasalliklari. Zaruriy jixozlar: rangli qalam, mikroskop, lupa, skalpel, buyum va qoplog‘ich oynalar, igna, pipetka, suv, rangli plakatlar, gerbariy materiallari. Topshiriq:1.Zararlangan o‘simlik a’zolarini tashqi ko‘rinishiga qarab kasallikni aniqlash va rasmini chizish. 2. Preparat tayyorlab mikroskopda ko‘rish. Manzarali o‘simliklar qatoriga bir va ko‘p yillik gullar, ko‘p butalar va daraxt turlari kiradi.. Gullar va boshqa manzarali o‘simliklar shaharlarda boshqa joylardan olib kelingan tuproqlarda, ko‘pincha qurilish chiqindilari bilan ifloslangan va o‘ta zich bo‘lib qolgan joylarda o‘stiriladi. Ular odatda ifloslangan havo sharoitida o‘stiriladi va muntazam sug‘orishni talab qiladi. Bularning barchasi o‘simliklarning zararli organizmlarga, jumladan kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarga chidamliligini pasaytiradi. Gullar va manzarali o‘simliklar ko‘p hollarda katta shaharlardan tashqarida ko‘chatxonalarda, issiqxonalarda va parniklarda etishtiriladi. Ularda odatda gullar va manzarali o‘simliklar chegaralangan maydonlarda, zich o‘stiriladi, hamda ushbu o‘simliklarning ayni turlari yoki hatto ayni navlari o‘stiriladi, bu esa o‘simliklarda ayrim kasalliklar kuchayishiga olib keladi. YOpiq joyda (plyonka ostida, issiqxonada va hokazo) o‘stirishda kuzatiladigan yuqori harorat va havoning nisbiy namligi kasalliklar rivojlanishini yanada kuchayishi uchun sharoit yaratadi. Kasalliklar gullar va manzarali o‘simliklarning tashqi ko‘rinishini xunuklashtiradi, hayotchanligini va saqlanish muddatini kamaytiradi. Jumladan, gulli o‘simliklarning urug‘lari, piyozboshlari, tuganak piyozlari, tuganaklari va ildizpoyalarini saqlash davrida ular nobud bo‘lishi yoki ular olingan ekilganida nimjon va kasal bo‘lishi mumkin. Ko‘chatlar va yosh o‘simliklar kasalliklar bilan zararlanishi natijasida ular nobud bo‘lishi, ekin siyrak bo‘lib qolishi mumkin. Download 227.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling