Mavzu: metrologiya asoslari


Download 0.54 Mb.
Sana20.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1040538
Bog'liq
1-mavzu


Fakultet:____________________________________________________


Guruh:_____________________________________________________
Talaba:_____________________________________________________
Qabul qildi:__________________________________________________


Mavzu: metrologiya asoslari

  1. Metrologiya asoslari fanining maqsad va vazifalari

  2. Metriko‘lchashlar,o‘Ichashlar tizimini yaratilishi va rivojlanish istiqbollari

  3. Antropometrik o’chashlarning vujudga kelishi

Metrologiya asoslari fanini o‘rganish talabalarda metrologiya bo‘yicha asosiy tushunchalar va ta’riflarni; oMchash usullari va vositalarini, xatoliklar, o‘lchashlar birliligini ta’minlash, oMchash natijalarining noaniqligi, metrologik xizmat va metrologik ta’minot, o'lchash vositalarini qiyoslash, me’yoriy hujjatlarni, sifat boshqaruvi bo‘yicha qoidalarni, talablami bilishi o'ta muhim hisoblanadi. Metrologiya asoslari fanini o‘rganishdan maqsad: talabaiarda xalq xo'jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol hamda mahsulot sifati, sifatni boshqarish tizimini joriy etishga bogMiq bolgan turli metrologik masalalar bilan shug4illanish borasida yyetarli bilim va malakalami hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalami uzluksiz ta’lim tizimida metrologiya asoslari bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, metrologik ta’minot, metrologik xizmat bo‘yicha fundamental ma’lumotlaro‘rganiladi.



Atrofimizdagi ixtiyoriy olingan biron bir obyekt (predmet, jarayon yoki xodisa) to'g'risida gap borganda, albatta ularni tavsiflovchi muayyan xossa (xodisalar)ni ko‘z oldimizga keltiramiz. Bu xossalar ko‘p yoki kam darajada namoyon boMishi, boshqacharoq aytganda, miqdoriy baholanishi mumkin. Odatda miqdoriy baholashni faqatgina o‘lchashlar amali orqaligina bajarish mumkin. 0 ‘lchashlar inson faoliyatining ajralmas bo‘lagi bo'lib, uning ongli hayotini asosini tashkil etadi. Kishi erta bilan uyg‘ongan zahoti birinchi navbatda vaqtni baholaydi, ishga, o‘qishga ketayotganda masofani baholaydi va h.k. 04chashlar uzluksiz, takroriy 9 yoki davriy ravishda, ba’zan bilgan holda, ba’zan esa bilmagan holda sodir bo‘lib turadi. Ona tabiat insonni shunday bir ajoyib xususiyat, hissiyot bilan ta’minlaganki, uni murakkab bir o‘lchash asbobi sifatida tushunishimiz mumkin. Ammo, shuni ta’kidlash zarurki, atrofdagi muhitni, borliqni faqat hissiyot vositasidagina bilish yyetarli emas, faqatgina ularni o‘Ichashlar orqaligina bilib kerakli xulosalar chiqarib olishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda xech bir mutaxassis yo‘q-ki, u o‘z ish faoliyati mobaynida o‘lchashlarni qo‘llamasa. lining oldida turgan muammo qanchalik murakkab bo‘Isa, oMchashlarning ahamiyati shunchalik salmoqii boMadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda inson faoliyatining 3000 dan ortiq sohasi aynan oMchashlar bilan chambarchas bogMiq ekan. Har bir ishda muayyan tartib-qoidalar boMgani kabi oclchashlarning ham o‘ziga xos bo‘lgan qoidalari, usullari va uslublari mavjud bo‘lib. buiarnmg bari o4zining me’yoriy hujjatlari asosida biror bir tizimga keltiriladi. OMchash texnikalari, ayniqsa hisoblash vositalariga asoslangan o‘lchash qurilmalari ilm va fanning rivojlantiruvchi katalizatori hisoblanadi. O'lchashlar hamma uchun, havoning harorati va namligiga qarab ekin ekuvchi dehqondan tortib, ulkan kashfiyotlar qilayotgan tadqiqotchi uchun ham o‘lchash haqida ma’lumot zarur. Shu bois fan va texnikaning rivoji (taraqqiyoti) hamma vaqt oMchashlar bilan chambarchas bog‘Jiq bo‘lib kelgan va albatta o‘lchashIaming insoniyat taraqqiyotidagi o‘mi, ahamiyati beqiyosdir. Bu borada xattoki Qur’oni Karimda ham aytib o‘tilgan: “Bu dunyoda hamma narsani aniq o‘lchov bilan yaratdik”. Mashhur rus olimi D.I. Mendeleev o‘lchash haqida shunday degan edi: har bir fan, eng avvalo o‘lchash bilan boshlanadi”, “Bilish uchun oMchash kerak, o‘lchash uchun esa o'lchovni bilish kerak”. Shuning uchun ham asosiy maqsad faqat o‘lchash emas, uning o'lchovini ham bilish zarurligini ko'rsatib o‘tgan. Galileo Galiley “0 ‘lchab boMadiganini oMchang, mumkin bo‘lmaganiga imkoniyat yarating” kabi bashoratlari o‘lchashlaming ahamiyatini yanada yuqoriga ko‘targan.

O'lchashlarga bo'lgan ehtiyoj qadim zamonlardayoq paydo boMgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaiiklarni: masofalami, yer maydonlarining yuzalarini, jismlarning oMchamlarini, massalarini, vaqtni va hokazolami, bu jarayonlami yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‘zining sezgisi va tajribasi asosida o‘lchay boshlagan. “0 ‘lchash” atamasining tom ma’nosi bo‘yicha tahlil etadigan boclsak, qadimda insoniyat asosan “organoieptik o'lchashlar” - ya’ni, o‘zining his etish a'zolari orqali u yoki bu fizikaviy xossa bo‘yicha taxminiy ma’lumotlar olgan. Bunda mana shu xis etish organlari o‘lchash vositasi vazifasini bajargan. Garchand bu kabi o‘lchashlarda aniq bir qiymat olinmasa ham, har bir 0‘lchashda, aniqrog‘i baholashda muayyan bir oMchovga nisbatan solishtirish amalga oshirilgan. Dastlab solishtirish olchovi modd tv bolgan. balki insonning o‘z tajribasi, zakovati va atrof-muhitni bilish darajasiga qarab individual tarzda belgilangan. Keyinchalik ish va ozuqa topish qurollari amalda qo‘llana borgan sari solishtirish o‘lchovlari moddiylasha borgan. Insoniyat rivojlana borib, ish qurollarini va yashash tai^zini yanada takomillashtira borgan. Yashash va mehnat sharoitiarini yanada qulaylashtirish xarakatida boMgan. Moddiy bo‘lmagan o'lchovlar bilan ishlash noqulayligi va individualligi tufayli, uni moddiylashtirish yoMlarini axtara borgan. Shu tariqa turli o'lchash birliklari paydo bo‘lgan. Eng qadimgi 0‘lchash birliklari - antropometrik oichashlar boMgan. Antropometriya - antropologiya ilmida: odam tanasi va a’zolarini o'lchashga asoslangan tekshirish usuli bo‘lib, u insonning muayyan a'zolariga muvofiqlikka yoki mo-yillikka asoslangan holda kelib chiqqan. Masalan: qarich - qo4 kafti yo-yilgan holda bosh barmoq va jimjiloq orasidagi masofa, qadam - balog'at yoshidagi odamning sokin odimlashidagi yurish birligi, tirsak - kaft va tirsak orasidagi masofa. chaqirim - ochiq dala sharoitida birining tovushini ikkinchisi eshitishi mumkin bo‘Igan masofa, ladon — bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining kengligi; fut - 1.2.1 Antropometrik o^chashlarning vujudga kelishi 11 oyoq tagining uzunligi; pyad - yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, va hokazolar. Bu kabi birliklami joriy etishda yirik fan yoki davlat arboblarining antropometrik oMchamlarini asos qilib olish holiari ham uchraydi. Masalan, ingliz qiroii Genrix I (12-asming boshi) yard o‘lchash birligini (»91,44 sm) joriy etgan. Bunda namunaviy o‘lchov sifatida qirolning burni uchidan oldinga cho‘zilgan qo‘lning o‘rtancha barmogci uchigacha bo‘lgan masofaolingan. Antropometrik o4lchash birliklari bilan bir vaqtda tabiiy o‘lchash birliklari ham paydo bo‘la boshlagan. Bu birliklar sifatida tabiatdagi ba’zi doimiy, o‘zgarmas hisoblangan obyektlaming xususiyatlari olingan. Masalan, turli qimmatbaho toshlaming o‘lchov birligi sifatida keng qo‘llanilgan, “no4xotcha” ma’nosini anglatuvchi “karat”1, Mbug‘doy doni" ma’nosini bildiruvchi “gran” shularjumlasidandir.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling