Mavzu: Miqdor analizi usullari va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati. Reja: Miqdor analizining mohiyati va usullari


Download 32.52 Kb.
bet1/4
Sana17.02.2023
Hajmi32.52 Kb.
#1204609
  1   2   3   4
Bog'liq
Miqdor analizi usullari


Mavzu: Miqdor analizi usullari va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati.
Reja:
1. Miqdor analizining mohiyati va usullari.
2. Gravimetrik, titrometrik, kislota–asosli titrlash, oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash, cho`ktirish va kompleks hosil qilish usullari tushunchalari.
3. Miqdor analizidagi asosiy hisoblash formulalari.
4.Fizik–kimyoviy (instrumental) tekshirish usullari tushunchasi.


1. Miqdor analizining mohiyati va usullari.
Miqdor analizi usulining vazifasi tekshirilayotgan modda yoki aralashmadagi ayrim tarkibiy qismlarning miqdorini aniqlashdan iborat bo`lib, miqdoriy aniqlash natijalari odatda foizlarda ifodalanadi. Miqdor analizi biologiya, fiziologiya, tibbiyot, biokimyo, oziq–ovqat mahsulotlari kimyosi va boshqalarda keng qo`llaniladi.
Miqdor analizining hamma usullarini uch asosiy guruhga ajratish mumkin:
1. Gravimetrik (tortma) analiz usuli;
2. Titrometrik (hajmiy) analiz usuli;
3. Fizik–kimyoviy (instrumental) tekshirish usullari.
Miqdor analizi usulining hamma usullari kimyoviy va fizik–kimyoviy usullarga bo`linadi. Kimyoviy usullarga gravimetrik, titrometrik analiz usullari va gaz analizi usuli kiradi. Fizik–kimyoviy usullarga esa refraktometriya, polyarimetriya, fotometriya, xromatografiya usullari kiradi.
Miqdoriy analizda makro–, mikro– va yarim mikrousullar farq qilinadi. Miqdor analizi usulida aniqlanayotgan modda miqdori asosan analitik, texnik va dorixona tarozilarida tortiladi. Miqdoriy analizda eritmalar hajmini aniq o`lchash uchun maxsus o`lchov idishlari (o`lchov kolbalari, o`lchov silindrlari, byuretkalar, pipetkalar) ishlatiladi. Bulardan tashqari, har bir usul sharoitiga qarab turli xil kimyoviy stakanlar, kolbalar, soat oynalari, voronkalar, shisha tayoqchalar, byukslar, chinni tigellar, eksikatorlar, quritkich shkaflar, mufel pechlar, konussimon kolbalar va idish yuvgichlardan foydalaniladi.
Tibbiyot ehtiyojlari uchun ishlatiladigan dori moddalari sifatini to`la va to`g`ri baholashda ular miqdorini aniqlash eng muhim asosiy omillardan hisoblanadi.
Miqdoriy tahlil dorilar sifatini nazorat qilishda yakunlovchi bosqich bo`lib, odatda tekshiriluvchi dori moddaning fizikaviy xossasi (tashqi ko`rinishi, hidi, mazasi, eruvchanligi, agregat holati), fizikaviy konstantalari (suyuqlanish, qaynash, qotish haroratlari, zichligi, qovushqoqligi, solishtirma nur yutuvchanligi, solishtirma buruvchanligi), chinligi va tozaligini sinchiklab sinovdan o`tkazib bo`lgandan so`ng amalga oshiriladi.
Anorganik dori moddalari miqdorini aniqlashda ularning kislota–asos, oksidlovchi–qaytaruvchi xossalari va tarkibidagi kation va anionlarga xos reaksiyalar qo`llaniladi. Organik dori moddalari miqdorini tahlil qilishda yuqorida ko`rsatilganlardan tashqari, ularning kimyoviy tuzilishidagi turli funksional guruhlari, preparat tarkibidagi organik birikkan turli elementlardan foydalaniladi.

Davlat Farmakopeyasidagi dori moddalari miqdorini aniqlashda ishlatiladigan usullarni asosan to`rt katta guruhga bo`lish mumkin: kimyoviy, fizikaviy, fizik–kimyoviy, biologik tahlil usullari.



Download 32.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling