Mavzu: moliyaviy qo’yilmalar hisobi


Download 25.75 Kb.
bet1/5
Sana25.12.2022
Hajmi25.75 Kb.
#1066251
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliyaviy qo\'yilmalar hisobi



MAVZU: MOLIYAVIY QO’YILMALAR HISOBI.



REJA:

1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy qo’yilmalar tarkibi.

2. Moliyaviy qo’yilmalar va qimmatli qog’ozlar hisobi.

3. Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi.



1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy qo’yilmalar tarkibi.


Bozor munosabatlariga o’tish bo’yicha O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot teran va keng miqyosda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga, aksioner jamiyatlari, xususiy korxonalar, qo’shma korxonalar va shunga o’xshaganlarni tashkil etishga asoslangan. Bu jarayonlar quyidagi infratuzilmalar bilan chambarchas bog’langan: tijorat banklari, investitsiya va sug’urta fondlari, birjalar, moliya–sanoat guruhlari, lizing kompaniyalari, maslahat va auditorlik firmalari va h. k.
Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O’zbekistonda fond birjalari mavjudligini alohida e’tirof etish kerak. Qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan.
Qimmatli qog’ozlar muomalasi deganda qimmatli qog’ozlarni tasarruf etuvchilarni almashishga olib keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa xarajatlari tushuniladi. Qimmatli qog’ozlarni har qanday korxona, aksioner jamiyati va kredit muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog’ozlar chiqarish va muomalada bo’lishi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aksioner jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va boshqalar kiradi.
Aksiya – aksioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat tugatilganda mulk qoldig’ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aksioner jamiyatining ustav kapitaliga qo’shilgan mablag’ni tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksioner jamiyatining faoliyati davomida harakatda bo’ladi.
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarining aksiyalarini ro’yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga binoan1, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo’lishi kerak: aksioner jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog’ozning nomi – «aksiya», uning turi, tartib raqami, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, ro’yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning kodi, dividendlarni to’lash muddati, aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo’lgan ustav kapitalining hajmi.Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul milliy va xorijiy valutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni qo’shish yo’li bilan to’lanishi mumkin.
Shaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko’rsatuvchiga berilgan aksiyalarga bo’linadi. Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida ro’yxatga olinadi. Bu o’z navbatida kimda qancha va qanday aksiyalar borligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ko’rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning ismi ko’rsatilmaydi, natijada jamiyat o’zining paychilari to’g’risida axborotga ega bo’lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko’rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir.
Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va imtiyozliga bo’linadi. Oddiy aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish, hisobot davri tugaganda aksionerlar majlisi tomonidan aniqlanadigan miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi, lekin korxona o’z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi navbatda qat’iy belgilangan miqdorda dividend olish huquqini beradi. Bunday hollarda korxona rezerv fondidagi mablag’lardan foydalanadi.
Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aksioner jamiyatiga o’z mablag’larini jalb qilish yo’li bilan ustav kapitalini ko’paytirish imkoniyatini beradi.

Download 25.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling