Mavzu: paypaslagichlilar ( tentaculata ) va pogonoforalar ( pogonophora ) tana shakli; ko’payishi; rivojlanishi


Download 330.84 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi330.84 Kb.
#1483711
  1   2   3   4
Bog'liq
zoologiya 1 Davronova Moxichexra

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI 1-KURS 102-GURUH TALABASI DAVRONOVA MOXICHEHRANING ZOOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Mavzu: paypaslagichlilar ( tentaculata ) va pogonoforalar ( pogonophora ) tana shakli ; ko’payishi ; rivojlanishi.

Reja :

1. Paypaslagichlilar ( tentaculata ) haqida.

2. Pogonoforalar ( pogonophora ) haqida.


PAYPASLAGICHLILAR (TENTACULATA) TIPI
Paypaslagichlilar - o‘troq hayot kechiradigan suv hayvonlari. Tanasi uncha aniq ajralib turmaydigan uchta bo‘g‘imdan iborat. Ulardan birinchisi og'izoldi, ya’ni epistom deyiladi. Birinchi bo‘g‘imda og‘iz teshigi joylashgan, og‘zi kiprikli paypaslagichlar bilan o‘ralgan. Paypaslagichlar oziqni og‘zigahaydash va nafas olish vazifasini bajaradi. Uchinchi bo‘g‘im tana bo‘g‘imi hisoblanadi. Tana bo‘shlig‘i selom bo‘g‘imlar soniga mos ravishda uchta: oldingi epistomal, o‘rta va keng orqa bo‘limlarga bo‘linadi.
Qon aylanish sistemasi rivojlangan. Ayirish sistemasi 1-2 juft kiprikli voronkalar tipidagi nefridiylardan iborat. Ular selom bilan bogiangan. Jinsiy bezlari selomda joylashgan. Tuxumdan chiqib, plankton hayot kechiradigan lichinkasining tuzilishi qisman troxoforaga o‘xshash bo'ladi. Bu tip mshankalar, yelkaoyoqlilar, foronidlar sinflariga ajratiladi.
MSHANKALAR (BRYOZOA) SINFI
Mshankalar dengizlarda, ba’zan chuchuk suvlarda hayot kechiradigan koloniyali hayvonlar. Koloniya juda ko‘p sonli individlardan iborat; tashqi ko‘rinishidan bo‘shliqichlilar koloniyasiga o‘xshab ketadi.
Koloniyaning shakli daraxt yoki shoxga, ba’zan bargga o‘xshaydi. Ko‘pincha mshankalar koloniyasi suv tubida yoki suv o ‘tlari ustidayupqa parda hosil qiladi. Koloniyaning kattaligi bir necha sm ga yaqin, alohida individlari esa 1 mm dan oshmaydi. Tuzilishi.
Koloniyadagi individlarning tanasi aniq ikki bo'limdan iborat.Tanasidan aniq ajralib turadigan oldingi bo‘limida paypaslagichlar bilan o‘ralgan og'iz teshigi joylashgan. Tanasining keyingi bo‘limi xaltaga
о‘xshash bo‘lib, qalin kutikula bilan o‘ralgan. Kutikulasi juda yupqa xitin plastinkadan yoki quyuq yelimsimon, 99% suvdan iborat moddadan iborat. Tanasi oldingi bo‘limi polipid, keyingi bo‘limi sistid deb ataladi. Biror
ta’sir sezgan hayvon paypaslagichlarini sistidi ichiga tortib oladi. Kiprikli epiteliy bilan qoplangan paypaslagichlari mayda oziq moddalami yig‘ish va nafas olish vazifasini bajaradi. Chuchuk suv mshankalari (Yopiqog'izlilar kenja sinfi) ning paypaslagichlari ikki qator bo‘lib, maxsus taqasimon o'simta - lofofora ustida joylashgan; og'iz teshigini esa tilga о‘xshash o‘simta-epistom (og‘izoldi bolimi) o‘rab turadi. Dengiz mshankalari (Yalang‘ochog‘izlilar kenja sinfi) epistomi reduksiyagauchragan.
Mshankalaming tashqi epiteliysi bir qavat hujayralardan iborat. Chuchuk suv mshankalarining epiteliysi ostidahalqasimon va bo‘ylama muskul tolalari joylashgan. Dengiz yalang‘ochog‘izli mshankalarining muskul qavati bo'lmaydi. Teri-muskul xaltasining ichki epiteliy qavati tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Selom yupqa parda to‘siq yordamida 3 bo'limga ajraladi.
Birinchi bo‘limi epistomda joylashgan; ikkinchi bo'limi halqumni o‘rab oladi; juda keng uchinchi bo‘limi esa tanasini butunlay egallaydi. Yalang‘ochog‘izlilar selomidaepistom bolimi bo‘lmaydi.

Download 330.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling