Mavzu: Qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha hisoblashishlar hisobi va ularni schetlarda aks ettirish Bajardi: mmt-81”I” guruh talabasi Murodova Munisa


Download 21.96 Kb.
bet1/4
Sana24.03.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1292378
  1   2   3   4
Bog'liq
BXMS




Mavzu: Qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha hisoblashishlar hisobi va ularni schetlarda aks ettirish


Bajardi: MMT-81”I” guruh talabasi Murodova Munisa

Joriy majburiyatlar deganda - majburiyatlar qisqa muddatli bo’lib,hisobot davridan boslab 12 oy davomida qoplanishi kerak va bu majburiyatlarni subyektining operatsion sikl davomida qoplanishi taxmin qilinadi. Joriy (qisqa muddatli) majburiyatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar, alohida bo‘linmalarga qarzlar, shu’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlariga qarzlar, muddati kechiktirilgan daromadlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa muddati kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar, sug‘urtaga oid qarzlar, davlat maqsadli jamg‘armalaridan to‘lovlarga oid qarzlar, ta’sischilardan qarzlar, mehnatga haq to‘lashga oid qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari summalari oshkor qilinadi.Xo‘jalik sub’ektlari tomonidan xaridor va buyurtmachilarga turli xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida oldindan tuzilgan shartnomalar asosida boshqa yuridik shaxslar xizmatidan foydalanishlari hamda xizmat ko‘rsatishda foydalanish yoki moddiy texnika bazasini kengaytirish maqsadida turli ko‘rinishdagi aktivlarning sotib olishlari mumkin. Turli aktivlar va xizmatlar uchunisob-kitoblarni va oxirgi to‘lovlarni keyinchalik amalga oshirganda natijasida ta’minotchilarga to‘lanadigan schyotlar hosil bo‘ladi. 21-son BXMS ga muvofiq tovar-moddiy qiymatliklar, ko‘rsatilgan xizmatlar va shu kabilar uchun ta’minotchilarga to‘lanadigan schyotlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotida amalga oshiriladi. Ushbu passiv schyotning kreditida ta’minotchilar oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi, ularni ko‘payishi va oxirgi qoldig‘i, debetida esa majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi. Haqiqatda kelib tushgan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan xizmatlarning qiymatiga.


Debet Qiymatliklarni yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar ya’ni, (0110-0190,0410-0490,0710,0810-0890,010-1090, 2010, 2310, 2510, 2810, 2910 - 2990, 9410,9420,9430 va boshqa schyotlar). Kredit 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar». Majburiyatlarning uzilishi Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» Kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5010,5110,5510-5530, 5210, 5220), ta’minotchilar va pudratchilarga o‘tkazib berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar (4310,4320,4330), uzoq va qisqa muddatli bank kreditlari hamda qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6810,6820,7810,7820) va boshqalar. 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir ta’minotchi va pudratchi bo‘yicha alohida yuritiladi. Xo‘jaliksub’ektlari ta’minotchilarga tovar-moddiy boyliklar (TMB) va boshqa aktivlar uchun, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan bo‘nak tariqasida o‘tkazib berilgan mablag‘lar evaziga ta’minotchilarga o‘tkazilgan bo‘naklar hosil bo‘ladi. 21-son BHMS ga muvofiq ta’minotchilarga o‘tkazilgan bo‘naklar bo‘yicha hisob kitoblarning holati va harakati 4310 «Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o‘tkazib berilgan avanslar», 4320 «Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun o‘tkazilgan avanslar» va 4330 «Boshqa berilgan avanslar» schyotlarida aks ettiriladi. Ushbu schyotlarning debet tomonidagi yozuvlar ta’minotchilar va pudratchilarga kassadan (schyot № 5010), hisob-kitob schyotidan ( schyot № 5110 ), valyuta schyotidan (schyot 5210,5220), bankdagi ssuda schyotlaridan (schyot № 6810) o‘tkazib berilgan avans summalarini ko‘rsatadi. Bu summalar ta’minotchilar va pudratchilardan TMB, boshqa aktivlar va xizmatlarni olinishiga qarab ular olididagi kreditorlik qarzlarni yopilishiga yo‘naltiriladi va bu buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» Kredit 4310 « Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o‘tkazib berilgan bњnaklar», 4320 « Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun o‘tkazilgan bњnaklar» , 4330 « Boshqa berilgan bњnaklar». Import bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘lganda, avans tariqasida mavjud bo‘lgan debitorlik qarzlar bo‘yicha ijobiy va salbiy valyuta kurslari vujudga kelishi mumkin. Bunday farqlar xuddi 4010- schyotga o‘xshab buxgalteriya yozuvlari bilan mos ravishda moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad (schyot № 9540) va zararlar (schyot № 9620) ga olib boriladi. Agar ta’minotchi va pudratchilarga o‘tkazilgan bњnaklar qaytarib olinsa, u holda quyidagi yozuvlar qilinadi: Debet 5010 «Kassa», 5110 «Hisob–kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va boshqalar Kredit 4310 «Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o‘tkazib berilgan bњnaklar», 4320 «Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun o‘tkazilgan bњnaklar» , 4330 «Boshqa berilgan bњnaklar».

Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling