Mavzu: Shamsul millat-turkiy adabiyot gultoji Kun shiori


Download 438.77 Kb.
bet1/22
Sana26.02.2023
Hajmi438.77 Kb.
#1231869
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Alisher Navoiy (dars ishlanma[1]


9-yanvar 2023-yil 10-b sinf Adabiyot


Mavzu: Shamsul millat-turkiy adabiyot gultoji
Kun shiori:Navosiz ulusning navobaxshi bo`l,
Navoiy yomon bo`lsa, sen yaxshi bo`l .
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid ma`lumotlarni o`quvchilarga yetkazish,Navoiy lirikasida aks etgan nutq tiplarini , tasvir mulohazalarini ozgalarga tushuntirib bera olish ,tasvirlangan voqea-hodisalar,obrazlar tizimiga munosabat bildira olish layoqatlarini shakllantirish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarda mustaqil fikr yuritish, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olish, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga qiziqish layoqatlarini shakllantirish.
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olish,Navoiy asarlari tilini tushunish xotirani mustahkamlash, tez fikrlash layoqatlarini shakllantirish.
II.Dars turi: umumlashtiruvchi
III.Darsda qo`llaniladigan metodlar: Musobaqa,bahs-munozara,
IV.Darsda foydalaniladigan jihozlar :
tarqatmalar, topshiriqli vositalar,Alisher Navoiy asarlari
V.Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish .
uyga vazifani so`rab baholash .
O`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashib ,davomatni aniqlaydi, yozuv taxtasiga bugungi kun mavzusini,kun shiorini yozadi.Sinfda o`quvchilar ikki guruhga bo`linib joylashadi.Har bir guruhdan bir nafardan o`quvchi o`quvchilar diqqatini jalb qilish maqsadida Alisher Navoiy g`azallaridan parcha o`qiydilar.
Dars jarayoni musobaqa tarzida tashkil qilinadi.Har ikkala guruh a`zolari Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida ma`lumot beradilar.
1-guruh:XV asrning ikkinchi yarni ijtimoiy -siyosiy hayotidagi nisbiy ko`tarilishlar yuz beradi.Bu davrda Temuriylar siyosatining o`ziga xos qirralari yanada ko`proq namoyon bo`la boshlaydi.Amir Temur boshlab bergan buyuk rivojlanish davom ettirildi.Endilikda hokimiyat tepasida Temurning farzandlari , nabiralari hukmronlik qilishadi.Temuriylar hukmronligi davrida Turkiy millatlarning quyoshiga tehglashtirilgan buyuk shaxs Alisher Navoiy 1441 –yil 9-fevralda G`iyosiddin kichkina oilasida dunyoga keladi.Kelib chiqishi baxshilarga taqalgan G`iyosiddin kichkinani ko`pchilik “G`iyosiddin kichkina” deb atashgan.Alisher yoshlik chog`idayoq o`zining zukkoligi, aqlining teranligi bilan tengdoshlaridan ajralib turgan ,uch yosh bilan to`rt yosh oralig`ida forsigo`y shoir Qosim Anvorning baytini o`qib yaqinlarini hayratga solgan va o`z davrining “malik ul- kalom” i Lutfiyning tahsiniga sazovor bo`ldi. Taft shahrida Sharafiddin Ali Yazdiy duosini olgan bola Alisher kun kelib xalqparvar, insonparvar, vatanparvar shoir bo`lib yetishdi va Millat shamsiga aylandi.
2-guruh: Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ijodi jahon adabiyotining eng porloq namunalari sifatida e’tirof etiladi.Badiiy ijodning ikki tilda yaratilishi ham shu davrning muhim xususiyatlaridan edi. Navoiy, Bobur mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad mirzo (1451–1494) singari ijodkorlar ikki tilda she’rlar yaratgan. Zullisonaynlik an’anasi ham Navoiy timsolida o‘zining oliy cho‘qqisiga ko‘tarildi. Alisher Navoiy boshchiligidagi adabiy harakat turkiy til mavqeyi uchun qattiq kurash olib bordi va bu borada olamshumul g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.Alisher Navoiy faqat o‘zbek emas, balki butun turkiy xalqlar adabiyoti, jahon xalqlari adabiyoti tarixidagi eng noyob hodisalar silsilasiga mansub bo‘lgan buyuk shaxsdir. U qoldirgan merosning soni va hajmigagina emas, balki ularning mazmun va yuksak badiiyatiga ko‘ra ham tengsiz adibdir. Navoiyning kichik zamondoshi Zahiriddin Muhammad Bobur buni juda muxtasar tarzda ifodalab bergan: «Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas. Olti masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi «Xamsa» javobida, yana biri «Mantiq ut-tayr» vaznida «Lison ut-tayr» otliq. To‘rt g‘azaliyot devoni tartib qilibtur: «G‘aroyib us-sig‘ar», «Navodir ush-shabob», «Badoyi ul-vasat», «Favoyid ul-kibar» otliq. Yaxshi ruboiyoti ham bor. Yana «Mezon ul-avzon» otliq aruz bitibtur... Forsiy nazmda «Foniy» taxallus qilibtur. Yana musiqiyda yaxshi nimalar bog‘labtur. Yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari bordur».Navoiy adabiyotshunos sifatida o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Xususan, uning o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixi uchun noyob manba sifatida katta ahamiyatga ega «Majolis un-nafois» asarida 459 ta shoir, yozuvchi, ijodkor haqidagi ma’lumotlar jamlangan.
Har ikkala guruhning bergan ma`lumoti o`qituvchi tomonidan tahlil qilinadi va 5ta aniq ma`lumoy asosida “To`g`ri”,”Qisman to`g`ri”,”Noto`g`ri” deb baholanadi.Guruhdagi o`quvchilarga Alisher Navoiy asarlari nomlari yozilgan tarqatmalar tarqatiladi va o`quvchilar asar nomlari yozilgan tarqatmalarni yozuv taxtasiga mavzulariga qarab joylashtiradilar.

Download 438.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling