Mavzu: Tabiiy va texnogen harakterdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo'lgan joyda avariya qutqaruv ishlarini amalga oshirish


Download 47.5 Kb.
bet1/5
Sana09.03.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1255608
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Tabiiy va texnogen harakterdagi favqulodda vaziyatlar sod


Mavzu: Tabiiy va texnogen harakterdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo'lgan joyda avariya qutqaruv ishlarini amalga oshirish.
Reja:
1. Favqulodda vaziyat sodir bo'lgan joylarda avariya qutqaruv ishlarini olib borish usullari.
2. Kimyoviy moddalar bilan zararlangan hududlarda qutqaruv ishlarini olib borish.
3. Biologik moddalar bilan zararlangan hududlarda qutqaruv ishlarini olib borish.
4. Ishlab chiqarish tarmoqlaridagi avariyalarda qutqaruv va tiklash ishlari.
1. Favqulodda vaziyat sodir bo'lgan joylarda avariya qutqaruv ishlarini olib borish usullari.
Ma'lumki avariya - qutqaruv ishlarini bajarish usullari va qoidalari, o'sha shikastlangan o'choqda harakatlanuvchan tuzilmalarga halaqit beruvchi omillar darajasiga qarab tanlanadi. Jumladan , shikastlangan bino va inshootlarni tavsifiga, kommunal, energetik va texnologik tarmoqlardagi avariya darajasiga, o'sha joydagi radioaktiv va kimyoviy zararlanish darajasi hamda yong'in miqiyosiga qarab usullar tanlanadi. Chunki radioaktiv, kimyoviy va biologik shikastlangan o'choqlarda shikastlanish har - xil darajada va miqiyosda bo'lganligidan avariya - qutqaruv usullari ham har - xil tartibda qo'llaniladi. Masalan, yadroviy shikastlangan o'choqda qolgan odamlarni qutqarish va boshqa qutqaruv ishlarini bajarish uchun, birinchi navbatda, shikastlangan inshootlar, himoya inshootlariga boradigan yo'l, yo'laklarni ochish va tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Buning uchun bir tomonlama harakatlanuvchan yo'llar 3 - 3,5 m kenglikda ikki tomonlama harakatlanuvchi yo'llar uchun esa 6 - 6,5 m kenglikda tozalanadi va ochiladi. Bunday yo'llarda har 150 - 200 m. ga 15 - 20 m uzunlikdagi razyezdlar qo'yiladi. Yo'l va yo'laklarni tozalashda barcha mexanizmlar (Buldozer, kranlar va boshqalar) bilan ish ko'rilib, yong'inga qarshi tuzilmalar ham birgalikda harakatlanib, yonayotgan inshootlarni o'chiradi. Keyin buzilgan binolar, yer ostida qolgan odamlar va yong'inli uyda qolib ketgan fuqarolarni qutqarish harbiylashgan fuqaro muhofazasi qismlari va tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi, bunda ishga yaroqli fuqarolar ham ishtirok etadilar. Buning uchun darhol razvedka ma'lumotlariga qarab inshootlarda qolgan odamlar bilan turli - xil uslublar orqali aloqa bog'lanadi. Masalan, havo kiradigan teshiklar, devor, eshik, suv va issiqlik ta'minoti quvurlarini tiqqillatish orqali. Yer ostidagi, himoya inshootlaridagi odamlarni qutqarishdan oldin unga havo beriladi. Buning uchun havo beruvchi teshiklar tozalanadi yoki devorlardan teshik hosil qilinadi.
Boshpanalarni ochish usullari, uning tuzilishiga va shikastlanish darajasiga qarab tanlanadi. Ya'ni inshootning chidamliligi, yon tomondanmi, qo'shimcha eshik tomoni ochiladimi, devorlari teshilib, yo'lakcha hosil qilinadimi yoki boshqa yo'llari tayyorlanadimi, bular o'sha inshootning ahvolidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Keyin shu inshootlardagi odamlar qutqarilib, ularga tibbiy yordam ko'rsatiladi.
Xuddi shunga o'xshash ishlar tinchilik davrida ham, tabiiy ofatlar, kuchli yer silkinishi natijasida ham olib boriladi. Masalan, Avg'oniston, Meksika, Armaniston, Hindiston va boshqa yer silkinishlarini yodga olish mumkin. Bu yerlarda yer ostida qolgan odamlarni qutqarishda juda katta (16 - tonna) yuk ko'targichlari, projektorlar tunu kun ishladilar. Buzilgan joylarda qolgan odamlarni 2 - 3 hafta davomida qutqarilgan va yashayotgan fuqarolar borligi aniqlangan. Masalan, 1985 - yil Meksikada bo'lgan yer silkinishi oqibatida 13 - sutkagacha harobalar ostida qolib ketgan 4.5 - ming odam qutqarilgan. Armanistondagi yer silkinishida esa 5 - kundan keyin qutqarilganlar soni 5398 - kishini tashkil etgan. Bu falokatda Fransiya, Angliya, AQSH, Shveytsariya va boshqa davlatlarning qutqaruv qismlari ishtirok etdilar va o'zlarining eng zamonaviy uskunalari hamda boshqa vositalardan foydalanishi, bir qancha odamlarni tirik saqlab qolganlari ma'lum.
Yuqorida aytib o'tilgan shikastlangan o'choqlarda faqatgina qutqaruv ishlarini bajarmasdan, birlamchi avariyani tiklov ishlari ham bajariladiki, bunda qutqaruv ishlariga halaqit beruvchi avariyalar hamda yangi falokatlarni keltirib chiqaruvchi avariya va talafotlanishlarning oldi olinadi. Chunki bular oqibatida fuqarolar qo'shimcha talafot olishlari mumkin. Buning uchun suv tarmog'i kanalizatsiyasi, gaz, elektrtarmoqlaridagi avariyani tuzatuvchi tuzilmalar ham jalb qilinadi. Albatta, bu ishlarga umummaqsadli tuzilmalar ham jalb etiladi. Yuqoridagi avariyalarning oldini olishni asosiy yo'li bu shikastlangan uchastkalarga suv, gaz, elektr va boshqa sabab bo'lishi mumkin bo'lgan omillarni kelishini to'sish hisoblanadi. Bunda turli xildagi to'sish omillaridan foydalaniladi. Masalan, inshootlarning devorlari turli xildagi tirgovuchlar orqali mustahkamlanadi, buziladiganlar esa tamoman buzib tashlanadi. Chunki bu ishlarni qilmasdan turib, odamlarni qutqarish xavfli hisoblanadi.

Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling