Fizika darslarida amaliy va laboratoriya topshshiriqlarni bajarish usullari o‘quv kursining Elektr bo‘limiga doir topshiriqlarni bajarish usullari mavzusidan ma’ruza matni
Download 199.16 Kb. Pdf ko'rish
|
ZmfeKWptIvmpLu7V8uLmfHFHUSqW8iGuX1Hw91vC
- Bu sahifa navigatsiya:
- moduli bo‘yicha Fizika darslarida amaliy va laboratoriya topshshiriqlarni bajarish usullari o‘quv kursining
- 2. Elekrt tokini tushuntirishning samarali usullari 3. Elektr bo‘limiga doir topshiriqlarni bajarish usullari Elektromagnit hodisalarni o‘rganamiz.
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha Fizika darslarida amaliy va laboratoriya topshshiriqlarni bajarish usullari o‘quv kursining Elektr bo‘limiga doir topshiriqlarni bajarish usullari mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Xamidova Zaynura Ramazonovna Toshkent 2021 4-Mavzu: Elektr bo‘limiga doir topshiriqlarni bajarish usullari Reja: 1. Elektr bo‘limiga doir qisqacha tushuncha 2. Elekrt tokini tushuntirishning samarali usullari 3. Elektr bo‘limiga doir topshiriqlarni bajarish usullari Elektromagnit hodisalarni o‘rganamiz. Eramizdan avvalgi VII asrda grek faylasufi Fales Miletskiy to‘quvchi ayollar qahraboni jun matoga ishqalaganda ba’zi bir yengil jismlarni torta olish xususiyatiga ega bo‘lib qolishini payqaganliklarini yozgan edi. Undan bir necha ming yillar keyin ingliz olimi Jilbert, shisha tayoqchani teriga ishqalaganda uning xuddi shunday xususiyatga ega bo‘lib qolishini aniqladi. Ishqalaganda ana shunday xususiyatga ega bo‘lib qoladigan jismlar zaryadlangan jismlar deb ataladi. Elektrlangan so‘zi grekcha elektron (ya’ni qahrabo) so‘zidan olingan. Yana jismlar ishqalanganda ikki tur zaryadga ega bo‘lib qolishi ma’lum bo‘lgan. Shisha tayoqchani ipak matoga ishqalanganda shisha tayoqchada hosil bo‘ladigan zaryadni musbat zaryad, qahrabo tayoqchani junga ishqalanganda qahrabo tayoqchada hosil bo‘ladigan zaryadni manfiy zaryad deb atash, shartli ravishda qabul qilingan. Jismlar musbat va manfiy zaryadlardan iborat bo‘lib, undagi zaryadlar miqdor jihatidan teng bo‘ladi. Musbat zaryadlangan jismlarda musbat zaryad ko‘proq, manfiy zaryadlangan jismlarda esa manfiy zaryad biroz ko‘proq bo‘lar ekan. Ikki neytral jism bir – biriga ishqalanganda, ular teng miqdorda, biri musbat, ikkinchisi esa manfiy zaryadlanadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin: zaryadlar paydo bo‘lmaydi ham, yuqolmaydi ham, balki bir jismdan ikkinchi jismga yoki jism ichida bir qismdan ikkinchi qismga ko‘chadi. Bu xulosa zaryadlarning saqlanish qonuni deb ataladi. Zaryadlangan jismlardagi zaryad miqdori elektroskoplarda aniqlanadi. Elektroskoplar metall korpusdan iborat bo‘lib, ikki tomoni shisha bilan chegaralangan. Metall sterjen ebonit probka orqali korpusdan ichkariga kiritilgan. Sterjenning uchiga metall yaproqchalar biriktirilgan. Sterjenning tashqaridagi uchiga zaryadlangan jism tekkizilsa, yaproqchalar ochiladi. Yaproqchalarning 7 ochilish kattaligiga qarab zaryadlangan jism zaryadining qanchalik ko‘p yoki kamligini bilish mumkin. Jismlar ikki turga bo‘linadi: o‘tkazgichlar va dielektriklar. Elektr zaryadi butun hajmi bo‘yicha ko‘chib yuradigan jism o‘tkazgich deb ataladi. Dielektrik bunday emas, zaryad dielektrikning qayeriga kiritilsa, o‘sha yerida qoladi. Hamma metallar, kislota, tuz ishqor aralashmalari, eritilgan tuz, qizdirilgan gaz va hokazolar o‘tkazgichlardir. Qahrabo, shisha, kauchuk, yog‘, mum, slyuda, ebonit, gazlar (normal temperaturadagi) – dielektriklardir. Umuman aytganda, bu jismlarning ikki turga bo‘linishi shartli hisoblanadi. Jismlarning elektr o‘tkazishi atrof muhitga bog‘liq. Masalan, yuqori temperaturada gazlar o‘tkazgichga aylanadi. Zaryadlarning o‘zaro ta’sir qonuni elektrostatikaning asosiy qonunidir. Bu qonunni Kulon 1785 yilda tajribada aniqladi. Eng avval biz nuqtaviy zaryadlar bilan ish ko‘raylik, chunki zaryadlar orasidagi ta’sir kuchi ularning o‘lchamlariga ham bog‘liq. Nuqtaviy zaryadlar deb, shunday zaryadlangan jismlarga aytiladiki, ularning o‘lchamlari ular orasidagi masofaga nisbatan ancha kichik bo‘ladi. Har qanday zaryad o‘z atrofida maydon hosil qiladi. Tinch turgan zaryadlarni o‘rab olgan fazoda hosil bo‘ladigan maydon elektrostatik maydon deb ataladi. Zaryadlarning har biri fazoda o‘z atrofida maydon hosil qiladi va bu maydon ikkinchi zaryadga ma’lum kuch bilan ta’sir qiladi. Elektrostatik maydon materiyaning maxsus turidir, u orqali bir elektrlangan jismning ta’siri boshqalariga uzatiladi. Nuqtaviy zaryadlarning ta’sir qonunini Kulon burama tarozi yordamida o‘tkazilgan tajriba orqali aniqlanadi Bu tarozining tuzilishi quyidagicha. Katta shisha idish ichida ingichka simga shisha shayin osib qo‘yilgan. Shisha shayinning bir ichida m metall sharcha oyoqchaga qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan. Ikkala sharchani tashqaridan zaryadlash mumkin. Ular orasidagi masofa shayin osilgan simning ikkinchi uchi biriktirilgan tarozi kallagini burash yo‘li bilan o‘zgartiriladi. Sharchalar zaryadlanganda zaryadlari bir xil ishorali bo‘lsa, itariladi, har xil ishorali bo‘lsa, tortiladi va natijada m sharchali shayin biror burchakka buriladi. Tarozi kallagini burash bilan m sharchani dastlabki vaziyatga keltirish mumkin. Bunda simning buralish momenti m sharchaga ta’sir qiluvchi elektr kuch momentiga teng bo‘ladi. Agar ip darajalangan bo‘lsa, kallakning buralish burchagiga ko‘ra kuch momentini aniqlash, shayin uzunligini bilgan holda esa sharchalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchini topish mumkin bo‘ladi. Elektrostatik maydonni ko‘raylik. Elektrostatik maydon deganda, biz qo‘zg‘almas zaryad hosil qiladigan maydonni tushunamiz. Har qanday zaryad o‘z atrofida maydon hosil qiladi. Bu maydonga birorta boshqa zaryad kiritilsa, unga maydon hosil qilayotgan zaryad, Kulon qonuniga asosan, ma’lum kuch bilan ta’sir etadi. Kiritilgan zaryadni sinash zaryadi deb ataladi. Sinash zaryadi shunday tanlab olinadiki, u maydonni hosil qilgan zaryadning kattaligini ham, o‘rnini ham o‘zgartirmaydi, ya’ni juda kichik qilib olinadi. Mana shu maydonning ma’lum nuqtasiga joylashtirilgan nuqtaviy sinash zaryadiga, Kulon qonuniga ko‘ra, shu zaryad kattaligiga proporsional kuch ta’sir etadi. Demak, bu kuch maydonning xarakteristikasi bo‘la olmaydi. Elektrostatik maydonni xarakterlash uchun maydon kuchlanganligi degan kattalik kiritiladi. Maydonning muayyan nuqtasidagi kuchlanganligi deb, shu nuqtaga joylashtirilgan birlik musbat zaryadga shu maydon tomonidan ta’sir etayotgan kuch tushuniladi. Maydon kuchlanganligining yo‘nalishi shu ta’sir etayotgan kuch yo‘nalishida bo‘ladi. 1. Zaryadlangan cheksiz tekislikning elektr maydoni. Zaryadlangan cheksiz tekislikning elektr maydonini ko‘ramiz. Undagi zaryadning sirt zichligi σ bo‘lsin. Bunday tekislikning kuchlanganlik chiziqlari ikki tomonga yo‘nalgan bo‘lib, tekislikka perpendikulyar joylangandir. 2. Qarama – qarshi zaryadlangan o‘zaro parallel ikki cheksiz tekislikning elektr maydoni. Qarama – qarshi zaryadlangan ikkita cheksiz tekislikdan iborat sistemani qaraylik. Ular bir – biriga parallel joylashgan bo‘lib, sirt zaryad zichliklari σ ga teng. 3. Tekis zaryadlangan sferik sirtning elektr maydoni. Bizga sferik sirt berilgan bo‘lsin. uning radiusi R sirt zaryad zichligi σ va umumiy zaryadi +q ga teng deb olaylik. a) Sferik sirtning tashqarisidagi maydon kuchlanganligi sferik sirtning tashqarisidagi maydon kuchlanganligi sirt markaziga joylashtirilgan xuddi shunday kattalikdagi nuqtaviy zaryad hosil qiladigan maydon kuchlanganligi kabi bo‘ladi. b) Sferik sirt ichidagi maydon kuchlanganligi. Elektr va magnetism bo‘limiga doir asosiy tushunchalar Download 199.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling