Mavzu: Tarbiyachini pedagogik kreativligi


Download 49.49 Kb.
bet1/10
Sana13.05.2023
Hajmi49.49 Kb.
#1455675
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tarbiyachini pedagogik kreativligi.


Mavzu: Tarbiyachini pedagogik kreativligi.
Mundarija:



Kirish 1
1-BOB. Pedagog-tarbiyachi faoliyatiga kreativ yondashuv. 5
1.1 Kreativlik va uning turli shakllari. 7
1.2 Tarbiyachining ijodkorlik sifatlari. 10
2.1 Pedagog-tarbiyachining kreativlik qobiliyatlarini o‘rganish 15
2.2 Pedagogning kreativligi bolalar ijodiy rivojlanishining zarur sharti 21
XULOSA 25
Foydalanilgan adabiyotlar: 27



Kirish


Tarbiyachining shaxsiyati va uning ijodiy salohiyati til va ta'lim makonini integratsiyalashuvida, shuningdek, o'quvchining doimiy izlanishga tayyorligini shakllantirishga qaratilgan ijodkorlik orqali ijodkorlikni o'rgatishning strategik yo'nalishini amalga oshirishda etakchi omil bo'lib xizmat qiladi. ko'p tilli axborot va ta'lim maydoni va shaxsiy til tezaurusini, aql-zakovatini va maqomini yanada rivojlantirish uchun.
Bu tamoyilni ishlab chiqishda til ta’lim makonining kontseptsiyasini boyitish va rivojlantirish manbai sifatida pedagogik ijod masalalarini hal etish zarur ko‘rinadi.
Psixologiyada pedagogik faoliyat ushbu faoliyat turini tanlaganlarga qo'llaniladigan uzoq muddatli kasbiy talablar majmuasi sifatida qaraladi. Unga xos bo'lgan o'zaro bog'liq vazifalar to'plami uning ko'p funksiyali tuzilishini tashkil qiladi.
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o'z oldiga muammoli masalalarni qo'yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo'lgan dalillar bilan to'qnash keladi. Buning natijasida o'z ustida ishlash, mustaqil o'qib o'rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potensialini yanada rivojlantiradi. Pedagog o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qibo'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllanadi.
Hozirgi kunda jamiyatimizning Maktabgacha ta’lim tashkiloti oldiga qo’yayotgan talablari kundan-kun ortib bormoqda va bu talablarga to’g’ri yondashgan holda ularni amaliy faoliyatda bajarish tarbiyachining vazifasidir. Bugungi kunda respublikamizda Maktabgacha ta’lim sohasiga juda katta e’tibor berilmoqda.1
Xususan, prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakillantirish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi shakillarini joriy etish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida 30.09.2017-yil PQ-3305 sonli ” O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim Vazirligi faoliyatini tashkil etish” to’g’risidagi1 qarori imzolandi. Bundan tashqari prizidentimizning 05.04.2018-yildagi PQ-3651 sonli “Maktabgacha ta’lim tizmini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish choratadbirlari” to’g’risidagi qarori2 ham buning yaqqol dalilidir. Biz bilamizki pedagogik faoliyat inson mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan tarbiyachi shaxsiga qo’yilayotgan talablar o’z davrida sharq mutafakkirlari asarlarida o’z aksini topgan. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar pedagoglarning ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo’lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Abu Ali Ibn Sino o’z asarlarida, pedagog bolalarga ta’lim berishdek ma’sulyatli burchni bajarishi zarurligini uqtirar ekan, ularga faoliyatda muvoffaqiyatga erishish garovi bo’lgan quyidagi tavsiyalarni beradi: bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lishi, ta’limda turli metod va shakillardan foydalanishi, mashg’ulotga bolalarni qiziqtira olishi, yangiliklar yaratishga intiluvchanligi va hokozolar. Bugungi kunda tarbiyachi eng faol shaxs sifatida o’z kasbiga oid zamonaviy bilimlarni egallab borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoiy bo’lishi lozim, chunki u bolani yoshligidan ma’naviy, aqliy, axloqiy, intellektual va shu jumladan jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega shaxs hisoblanadi. 2

Download 49.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling