Mavzu: testologiya tarixi reja
Download 102.35 Kb.
|
125605 2-мавзу. Тестология тарихи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar.
MAVZU: TESTOLOGIYA TARIXI REJA 1.Testologiya vujudga kelishining shart-sharoitlari. 2.Testologiyaning fan sifatida shakllanish bosqichlari. 3.Intellektual testlarning paydo bo‘lishi. 4. Testologiyaning XX asrda rivojlanishi. Tayanch iboralar. Testologiya, intellect testlari, aqliy yosh, xronologik yosh, psixometriya, psixotexnika,testlashtirish, ilmiy eksperiment. Fan sifatida testologiya 19 asrning oxiri 20 asrning boshlarida psixologiya, sotsiologiya va pedagogika fanlari negizida yuzaga keldi. Testologiya fanining asoschisi ingliz olimi F.Galton hisoblanadi (1882-1911). 1884 yiilda u tomonidan Londonda birinchi antropometrik laboratoriya tashkil etiladi. Laboratoriyada oddiy psixofizik funksiyalarning individual xususiyatlari haqida ma`lumotlarni to`plash va tahlil qilish mumkin. F.Galtonning fikricha, sensor farqlash testlarini inson intellektini baholovchi vosita sifatida qo`llash kerak. F.Galton testashtirishning 3 ta asosiy tamoyilarini ajratib ko`rsatadi: 1. Aynan bir xil seriyadagi tekshiruvlarni ko`p sonli sinauvchilarda qo`lash. 2. Olingan ma`lumotlarni tahlil qilish uchun natijalarni statistik qayta ishlash. 3. Baholash etalonlarini o`rnatish. 1890 yilda Dj.Kettell tomonidan “Aqliy testlar va o`lchovlar” nomli maqola chop etilgandan so`ng “Aqliy test” tushunchasi ommalashdi. Dj.Kettell ilmiy eksperiment o`tkazish uchun test unikal vosita deb hisobladi. Dj.Kettell quyidagi talablarni shakllantirdi: Barcha sinaluvchilar uchun aynan bir xil sharoitlarni yaratish; Test o`tkazish vaqtini chegaralash (1 soat); Barcha diagnostika qilinuvchilar uchun bir xi ko`rsatma berish; Tekshiruvni tomoshabinlarsiz o`tkazish; O`tkazilgan diagnostika natijaarini matematik statistika anaiz metodlari yordamida qayta ishlash(minimal, maksimal, o`rtacha ko`rsatkicharni aniqlash, matematik kutuv va dispersiyani hisobash). 1905-1911 yillar mobaynida A.Bine va T.Simon tomonidan bolalar intellektual qobiliyatarini o`lchash uchun test ishlab chiqiladi. Ular tomonidan o`sha davr uchun unikal hisoblangan Bine-Simon shkalasi yaratiladi. Intellekt ko`rsatkichini Bine “aqliy” va biologik yosh o`rtasidagi farq orqali aniqlaydi. Bine-Simon testi 3 ta seriyada: 1- seriya 1905 yil, 2-seriya 1908 yil va 3-seriyasi 1911 yilda nashr ettirilgan. Topshiriqlar yosh bo`yicha guruhlashtirilgan(3 yoshdan 13 yoshgacha). Har bir yosh uchun mos tarzda topshiriqlar tanlab olingan. Agar tekshirijgan 80-90% bolalar echa olsalar, topshiriqlar shu yoshga mos deb qaralgan. Bunda 6 yoshgacha bo`lgan bolalarga 4 tadan topshiriq, 6 yoshdan oshgan bolalarga 6 tadan topshiriq berilgan. Aqliy yosh intellekt ko`rsatkichi bo`lib, xronologik yoshdan farq qilishi mumkin. Aqliy yosh test topshiriqlarining bajarilishiga qarab aniqlanadi. Bolaning xronologik yoshiga mos topshiriqlar taklif etiladi. Agar bola bu topshiriqlarning barchasini bajara olsa, o`zidan katta guruh uchun mo`ljallangan topshiriqlar beriladi. Agar bola 7 yoshlilar uchun mo`ljallangan barcha vazifalarni bajarsa va 8 yoshlilarnikidan 2 ta vazifani bajarsa, uning natijalari quidagicha hisoblanadi: 12 oy : 6(8 yoshlilar uchun vazifalar soni ) = 2 oy ( bitta vazifa bahosi ); oy x 2 = 4 oy. Shunday qilib, bolaning aqliy yoshi – 7 yoshu 4 oy. Aqliy yosh bilan xronologik yoshning mos kelmasligi yoki iqtidorlilik, yoki aqlan qoloqlik sifatida qaralgan, ya`ni agar aqliy yosh xronologik yoshdan past bo`lsa – aqliy qoloqlik, aqliy yosh xronologik yoshdan yuqori bo`lsa – iqtidorlilik hisoblangan. O`rtacha ko`rsatkich 100 ga teng. 100±16, ya`ni 84 va 116 oralig`idagi ko`rsatkich norma hisoblanadi. 84 dan past bo`lsa – aqlan qoloqlik, 116 dan yuqori bo`lsa – iqtidorlilik. Topshiriqlar namunasi ( 3 yoshlilar uchun); Ko`z, burun,og`izni ko`rsatish. 6 bo`g`indan iborat so`zni takrorlash. Berilgan ikkita sonni takrorlash. Rasmdagi predmetlarni aytish. Familiyasini aytish. Bine-Simon shakalasi keying redaksiyalarida (1908 va 1911) ingliz va nemis tillariga tarjima qilinib, yosh chegarasi 13 yoshgacha cho`zilgan? Topshiriqlar soni ortgan hamda aqliy yosh tushunchasi kiritilgan. 1912 yilda nemis psixologi V.Shtern tomonidan intellect koeffisenti (IQ) tushunchasi kiritilgan. IQ aqliy yoshning xronologik yoshga nisbati sifatida aniqlangan hamda foizda ifodalangan. A.Bine shkalasini takomillashtirish AQSh da Stenford universitetida amerikalik psixolog L.M.Termen rahbarligida taklif etilgan va amalga oshirilgan.1916 yilda ushbu shkalaning yangi, standartlashtirilgan variant ishlab chiqilgan va bu shkala Stenferd-Bine shkalasi deb atala boshlangan. Stenferd-Bine shkalasi avvalgisidan 2 ta muhim tafovut bilan ajralib turardi. Birinchidan, unda intellekt koeffisenti qo`llangan, ikkinchidan, statistik norma tushunchasi kiritilgan. Har bir yosh uchun eng tipik bo`lgan testni bajarish o`rtacha ko`rsatkichi 100 ga teng, sandart og`ish – 16 deb olingan. Shunday qilib, 84 dan 116 gacha oraliqdagi barcha individual ko`rsatkichlar normal ko`rsatkich hisoblangan. Stenford-Bine shkalasining bir necha redaksiyalari mavjud (1937,1960,1972,1986). Yangi yaratiladigan intellectual testlar ushbu shkala natijalari bilan solishtirish yo`li bilan validligi tekshiriladi. XX asrning boshida testologiyani rivojlanishi sanoat va armiyadagi ehtiyojlar bilan bog`liq bo`lib, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohasi (telefonistkalarni kasbiy tanlash uchun Myunsterberg testi, chilangarlarni tanlash uchun Fridrix testi va h.) uchun, shuningdek, harbiy xizmatga taqsimlash uchun (“Armiya Alfa” va “Armiya Beta”) testlar yaratildi. Bu guruxiy testlashtirishni yuzaga kelishiga olib keldi. Keyinchalik bu testlar fuqarolik maqsadlarida ham qo`llanila boshlandi. XX asrning birinchi yarmida turli xildagi patologiyalarni differentsial diagnostikasi uchun yo`naltirilgan metodikalar yuzaga keldi. Nemis psixiatri E.Krepelin F.Galtonning erkin assotsiyasiyalar metodikasi ustida ishlashni davom ettirdi. Keyinchalik assotsiativ eksperiment “ tugallanmagan jumla” metodiga aylantirildi. Bu metod bugungi kungacha keng miqesda qo`llanilmoqda. 1921 yilda shveysariyalik psixiatr G.Rorshax tomonidan bugungi kunda ham ommalashib ketgan “Siyoh dog`lari” nomli proektiv metodika yaratildi. 1935 yilda amerikalaik psixologlar X.Morgan va G.Myurrey tomonidan TAT metodikasi taklif etildi. Hoxirda ushbu testing ko`p sonly modifikatsiyalari yuzaga kelgan. Parallel ravishda testlarni yaratish ning nazariy asoslari taraqqiy etdi, matematik-statistik qayta ishlash metodlari takomillashtirildi. Korrelyatsion va factor li tahlil metodlari yuzaga keldi (Ch.Spirmen, T.L.Kili, L.L.Terstoun va b.). Bu esa testlarni standartlashtirish tamoyillarini ishlab chiqish imkonini berdi. Natijada faktorli tamoyilga qurilgan metodikalar (P.kettel 16 PF so`rovnomasi va b.) hamda yangi intellekt testlari (1936y.Dj.Raven, 1949y. D.Veksler testi, 1953y. Amtxauer testi) yaratildi. Shu bilan birga kasbiy saralash testlari takomillashtirildi (1957y. AQSh armiyasi uchun GATB batareyasi) va klinik testlar (MMPI 1940y.) ishlab chiqildi. 1950-1960 yillarda testlashtirish ideologiyasida muhim o`zgarishlar yuzaga keldi. Agar avvallari testlar saralash, tanlash, ajratib olish, insonlarni turli kategoriyalar bo`yicha tiplarga bo`lishga yo`naltirilgan bo`lsa, 1950-1960 yillarda alohida shaxslar muammolari va ehtiyojlariga qaratildi. Ko`p sonly shaxs so`rovnomalari yaratildi va ularning asosiy maqsadi – shaxsni chuqur bilish va uning xususiyatlarini aniqlash edi ( G.Ayzenk so`rovmonasi va b.). Ishlab chiqarish vat a`lim talablari (zaproslari) asosida maxsus qobiliyat va erishshish testlari yaratildi. XX asr o`rtalarida kriterial-yo`naltirilgan testlar ishlab chiqildi. Hozirgi kunda psixologlar arsenalia 10 mingdan ortiq test metodikalari mavjud. Ilmiy testologiyaning tarkib topishida psixologiya fanida eksperiment va natijarlarni o‘lchash g‘oyalarining kirib kelganligini tadqiqot sohasida qo‘yilgan katta qadam, deb baholash mumkin. Bu boradagi urinishlarni XIX asrning 30-yillarida nemis olimi Volf tomonidan diqqat xususiyatlarini aniqlash borasida uzoq vaqt davomida olib borgan izlanishlarida kuzatish mumkin. Bu tadqiqotlarda nemis olimi “psixometriya” tushunchasini birinchilardan bo‘lib fanga olib kirgan. Download 102.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling