Mavzu: Texnik konstrukstiyalash va modellashtirishni o`rganishda qo`llaniladgan tashkiliy shakllar va metodlar


Download 20.17 Kb.
bet1/3
Sana05.04.2023
Hajmi20.17 Kb.
#1276307
  1   2   3
Bog'liq
12-seminar mashg\'uloti


12. Seminar mashg‘uloti.
Mavzu: Texnik konstrukstiyalash va modellashtirishni o`rganishda qo`llaniladgan tashkiliy shakllar va metodlar
(2 soat)
Ishning maqsadi: Texnik konstruksiyalash va modellashtirishning tashkiliy shakllarini, texnik konstruksiyalash va modellashtirishning metodlarini va ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslublarini o‘rganish.


Ishni bajarish tartibi:

  1. Texnik konstruksiyalash va modellashtirish


  2. ning tashkiliy shakllarini o‘rganish.

2. Texnik konstruksiyalash va modellashtirishning metodlari.
3. Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslublari.
4.Olingan natijalar to‘g‘risida yozma hisobot tayyorlash.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Texnik konstruksiyalash va modellashtirishning qanday tashkiliy shakllari mavjud?
2. Qanday metodlar bilan texnik konstruksiyalash va modellashtirish ishlari amalga oshiriladi?
3.Ijodkorlik masalalari qanday uslublar bilan tadqiq qilinadi?

Umumiy ma’lumotlar. Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari.
Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari - uning tashkiliy shakllari. Oliy maktabni qayta qurish sharoitida konstruktsiyalash - texnologik masalalarni hal qilish uchun ta’limning quyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruktsiyalash va modellashtirish bo`yicha amaliy mashg`ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari va ularning turli birlashmalari: har xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va hokazolar.
Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish bo`yicha amaliy mashg`ulotlar deganda o`quv - mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham kollektiv, ham individual ish turlarini o`z ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o`quv materiallarini aktiv, ongli va mustahkam o`zlashtirishi ko`zda tutiladi.
Texnik konstruktsiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta’limning frontal shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog talabalar uchun tegishli murakkablikdagi ob’yektlarni tanlaydi. U konstruktsiyalash bo`yicha ta’limning frontal shaklidan foydalanishda butun gruppani modellashtirishning faqat bitta ob’yekt bilan shug`ullanishga tayyorlaydi va bu tadbir uni tayyorlashga sarflanadigan vaqtni, texnik - texnologik hujjatlar hajmini, bir xil tipdagi asbob va moslamalarni, o`xshash mehnat usullarini ko`rsatish va hokazolarni ancha kamaytiradi.
Talabalar bajarayotgan konstruktorlik - texnologik ishlar o`zining murakkabligi va sermehnatligi bilan kollektiv bo`lib, ishlashni taqozo qilsa ham hamda bir-biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo`lsa, mashg`ulotni tashkil etishning zveno shaklidan foydalaniladi. Ko`pincha bunday hollarda murakkabroq bitta ob’yekt bilan 2-3 nafar va bundan ko`proq talaba shug`ullanadi.
Tayyorlanadigan ob’yektlar o`z mazmuniga ko`ra bir xil va xarakteriga ko`ra har xil bo`lsa, texnik modellashtirish konstruktsiyalash bo`yicha amaliy mashg`ulotni tashkil etishning individual shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni bajarishi pedagog uchun muayyan qiyinchilik tug`diradi. Chunki bunday mashg`ulotlarda ko`pincha ayrim talabalarga yozma instruksiyalar tayyorlashga va ular ana shu instruksiyalar bo`yicha yangi o`quv materialini o`rganishlariga to`g`ri keladi.
Mashg`ulotni tashkil etishning aralash shaklidan modellashtirishning har xil ob’yektlarini bajarishda foydalaniladi. Shularga ko`ra maktab o`quv ustaxonalaridagi texnik konstruktsiyalash va modellashtirish mashg`ulotlarining tashkiliy shakllarini dasturdagi o`rganilayotgan mavzuning mazmuniga, ob’yektlarning xarakteriga, ta’limiy - pedagogik va ishlab chiqarish talablariga qarab tanlanadi.

Download 20.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling