Mavzu: Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari Reja: Kirish


Download 77.96 Kb.
bet1/12
Sana16.06.2023
Hajmi77.96 Kb.
#1499585
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari


Mavzu: Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishning zamonaviy yo’llari
Reja:
Kirish
I.Bob. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning obektiv zarurligi
1. Xorijiy investitsiyalarning mazmuni va mohiyati
2. Xalqaro portfelli investitsiyalar va ularni milliy iqtisodiyotga jalb qilishning zamonaviy shakllari
II.Bob. Xalqaro portfelli investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va ularni zamonaviy boshqarish yo’llari.
1.Xalqaro portfelli investitsiyalarni jalb qilishning obektiv zarurligi
2.Xalqaro portfelli investitsiyalarni boshqarishda jahon tajribasi
III.Bob.O’zbekiston Respublikasida investitsiyta siyosati.
1.O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yo’nalishlari
2.O’zbekiston Respublikasida investitsiya dasturi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O`zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog‘liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo`jalik yurituvchi sub`ekt anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, xorijiy investitsiyalarini kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta`minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog‘liqligini tushunib olish qiyin emas. Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma`lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda, jahon tajribalarini o`rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.
Bu borada so`z ketganda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini ta`kidlashimiz lozim: "Bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ....... nechog‘lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini kimgadir isbot qilib berishga hojat yo`q. Bu avvalombor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish, bu oxir - oqibatda respublikamiz hududlari, shahar va tumanlarimizdagi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish demakdir".
Mamlakatimizda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur kafolatlar, qulay tashkiliy va huquqiy shart-sharoit yaratilgan. Xususan, ro‘yxatga olish, hisobotlarni taqdim etish, ruxsatnomalar berish tartib-qoidalari soddalashtirildi. Huquqiy ta’sir choralari faqat sud orqali amalga oshirilmoqda.
Investitsiyalar - qayta ishlab chiqarishdan ortgan va endilikda uni kengaytirish, qo‘shimcha daromod olishga yo‘naltirilgan mablag‘‘lar (investitsiyalar) iqtisodiyotning hajm jihatdan o‘sishini, ya‘ni, yangi korxonalarning qurilishi, asbob-uskunalar keltirilishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi ta‘minlaydi. Bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomondan, investitsiyalar faqatgina iqtisodiyotdan tashqari so‘gliqni saqlash, ta‘lim, infratuzilmani yaxshilash (m.s qishloqlarda turmush tarzini oshirish), ichimlik suvi va atrof muhitni muhofazalash kabi muammolarning ham yechuvchisi sanaladi.Shunday ekan bu masalani o‘rganish, tahlil qilish dolzarb hisoblanadi.

Download 77.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling