Mavzu: Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz! Reja: O‘zbekistonda mustaqillikning 31 yilligi shiori. Asriy orzularning yorqin tantanasi


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana25.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1294971
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
711-22 Toxirov Ibrohimjon2



711-22 Toxirov Ibrohimjon 
Mavzu: Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz! 
Reja: 
1. O‘zbekistonda mustaqillikning 31 yilligi shiori. 
2. Asriy orzularning yorqin tantanasi. 
3. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” dasturi. 
O‘zbekistonda mustaqillikning 31 yilligi mazkur shior ostida o‘tkaziladi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 
o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish 
to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
 
Unda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida 
mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-
tashviqot ishlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi belgilangan. 
Shuningdek, qaror bilan Respublika komissiyasi (A.Aripov) tomonidan quyidagilar 
amalga oshirilishi nazarda tutilgan: 
• 
Mustaqillik bayramining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar 
markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar
qishloq va ovullarda keng nishonlanishining ta’minlanishi; 
• 
barcha hududlarda aholining keng qatlamlari o‘rtasida Mustaqillik bayramiga 
bag‘ishlab ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy 
kechalar, dolzarb mavzular bo‘yicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni 
samarali o‘tkazish maqsadida taniqli ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, 
madaniyat va san’at arboblaridan iborat targ‘ibot guruhlarini tashkil etish 
hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishini yo‘lga qo‘yish; 
• 
belgilangan chora-tadbirlar qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir 
hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini o‘z yig‘ilishlarida 
muntazam ravishda eshitib borish. 


711-22 Toxirov Ibrohimjon 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling