Mavzu: Zamonaviy pedagog kadrlar va yetuk mutaxassislar qayta tayyorlash-davr talabi


Download 67.08 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi67.08 Kb.
#1478326
Bog'liq
2 5393514171042115324

Mavzu: Zamonaviy pedagog kadrlar va yetuk mutaxassislar qayta tayyorlash-davr talabi.

Reja

Reja

1.Ta`lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad yo`nalishlari.

2.Ta`lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o`rni.

3.Yangi pedagogik texnologiyalarning ta`lim tizimida joriy etish tartibi.

Xulosa:

Ta`lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo`nalishlari. Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O`zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta`lim-tarbiya ishlarini oqilona yo`lga qo`yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma`naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy

fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma`rifat, ta`lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko`lamda o`rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.

Ta`lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o`rni. Barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash bu jamiyatimiz oldida turgan eng muhim, muqaddas vazifadir. Bu muammoni bajarmasdan na iqtisodiy, na ijtimoiy va ma`naviy sohada qo`yilgan maqsadlarga erishib bo`lmasligini chuqur anglagan mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov islohotlarni aytgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqishdan va hayotga tatbiq etishdan boshladilar.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi Uzluksiz ta`lim tuzimi uchun davlat ta`lim standartlarini shlab chiqish va joriy etish to`g`risidagi hamda 1998 yil 13 maydagi O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`lim tajriba-tayanch o`quv rejasi, maktablari uchun Davlat ta`lim standartlari ishlab chiqilib, ular 24 ta shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, barcha viloyatlar, Toshkent shaxar xalq ta`limi boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan 322 ta umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`quv yilida tajriba- sinovdan o`tkazildi.

Bu jarayonda davlat ta`limi standartlari asosida yaratilgan sinov dasturlari bo`yicha har bir dars mavzusi o`quvchilarning yoshi, psixoriziologik hususiyatlariga mosligi, o`zlashtirishdagi sifat ko`rsatkichlari, mavzularning uzishligi, siddadan murakkabga yo`naltirilganligi, bir-birini to`ldirishi o`rganib borildi.

 Yangi pedagogik texnologiyalarning ta`lim tizimida joriy etish tartibi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev alohida ta`kidlaganlaridek, biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga yetishishga, farzandlarimizning hayotda nechog`i faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak.

Shu sababli ham birinchhi navbatda, ta`lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta`lim mazmuniga nafaqat bilim, ko`nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni kirishish g`oyasi kun tatibiga ko`ndalang qilib qo`yildi.

 Ta`lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so`z ketganda, dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o`rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. Lekin bu ishlar o`z yechimini topganicha yo`q. Ochiqchasiga aytmaylik: Qaysi darsliklardan Prezidentimizning O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida... yoki O`zbekiston XXI asrga intilmoqda kabi asarlarida ko`tarilgan g`oyalar o`rin olgan? Javob yo`q. Endichi vazifa darsliklarning keyingi nashrlarida bunday kamchiliklarini tuzatishdan iborat.

Xulosa: Ma`lumki, ta`lim har bir jamiyatning ajralmas qismi, madaniyati va rivojlanishining asosiy ko`rsatkichidir. Har qanday mamlakat istiqbolni rejalar tuzar ekan, avvalo, ta`limga e`tiborni kuchaytiradi. Shu ma`noda mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab Prezidentimizning Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e`tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz degan dav`atlari ostida ta`limni isloh qilishga kirishilib, avvalo, Ta`lim to`g`risidagi Qonnun, so`ngra Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yaratildi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ulug`vor sohasi deb e`lon qilindi.


Download 67.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling