Mehnat shartnomasi


Download 15.88 Kb.
bet1/5
Sana14.09.2023
Hajmi15.88 Kb.
#1677905
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hakimboyeva L




MEHNAT SHARTNOMASI

1.Toʼrtkoʼl tumani 19-sonumumiy o’rta ta’lim maktab direktori Yakubov Gafur Karimbayevich oʼzining Nizomlari asosida ish yurituvchi (keyingi oʼrinda) “Ish beruvchi” deb ataladi hamda Hakimboyeva Laylo O‘tkir qizi (keyingi oʼrinda «Xodim» deb ataladi) mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:


2.XODIM: Rus tili fani kasbi boʼyicha, 19-son umumiy o’rta ta’lim maktabiga o`qituvchi-stajor 0.25 stavkaga ishga qabul qilinadi.
3.ShАRTNOMА BOʼYIChА ISh: shartnoma asosiy ish boʼyicha hisoblanadi( xodim asosiy yoki oʼrindoshlik asosida ishga qabul qilinayotganligi koʼrsatiladi) boʼyicha hisoblanadi.
4.ShАRTNOMА: nomuayyan muddatga tuzildi.
5.ShАRTNOMА BOʼYIChА IShNI BOShLАSh SАNАSI: 2023 yil “4” sentabrdan hisoblanadi.
a)ShАRTNOMАNING АMАL QILISh MUDDАTI muddatsiz
6.SINOV MUDDАTI sinovsiz
7.XODIMNING MАJBURIYATLАRI:
a)mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishi;
b)mehnat shartnomasi bilan oʼz zimmasiga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini vijdonan bajarishi;
v)oʼqituvchi-stajor bir yil davomida kasbiy sertifikatini olishi;
g)ichki mehnat tartibi va odob-ahloq qoidalariga rioya etishi;
d)lavozim yoʼriqnomasiga rioya etish;
j)mehnat intizomiga rioya etishi;
z)belgilangan mehnat normalarini bajarishi;
i)mehnatni muhofaza qilish talablariga, texnologiya intizomiga, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya etishi;
y)ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar boʼlsa) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʼlishi;
k)ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning oʼrnini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va doirada qoplashi;
l)insonlarning hayoti va sogʼligʼiga, ish beruvchining mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida boʼlgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar boʼlsa) but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi toʼgʼrisida ish beruvchiga yoki bevosita rahbarga darhol xabar qilishi;
m)boshqa xodimlarning oʼz mehnat majburiyatlarini bajarishiga toʼsqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmasligi shart.
n)ish faoliyatiga doir konfidentsial maʼlumot (axborot)larni tarqatmaslik yaьni sir saqlash;
o)YaTMM, MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
p)ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish.
q)xodimning zimmasida mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka, mehnat toʼgʼrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʼlishi mumkin.

Download 15.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling