Microsoft Word 5-mavzu korxonaning aylanma mablag\222lari reja


Download 178.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana19.04.2023
Hajmi178.49 Kb.
#1365314
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shirinov Nodir



5-MAVZU: 
KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI 
 
Reja 
5.1. Aylanma mablag’lar tarkibi va tuzilisi 
5.2. 
Aylanma
mablag’lardan oqilona foydalanish 
5.3. Aylanma
mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari 
5.4. Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish 
5.1.Aylanma fondlarning mohyati va ahamiyati. 
Sanoat ishlab chiqarishini yo’lga qo’yish va uni tashkil etish uchun mehnat 
qurollari (asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag’lar ham 
kerak bo’ladi. Sanoat rivojlangan sari bunday vositalarga bo’lgan extiyojlar doimo 
oshib boradi.
Sanoat korxonalari qanchalik yirik bo’lsa va ularda tayyorlanayotgan 
mahsulotlarning turlari ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lar ham shunchalik mo’l 
bo’lishi kerak. SHu sababli aylanma mablag’lar ishlab chiqarsh va uning 
uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi.
Sanoat ishlab chiqarishning aylanma mablag’lari 2 fonddan ya’ni aylanma 
fondlar va muomala fondlaridan tashkil etadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida bir marta 
qatnashib, o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazib o’z shaklini ham 
o’zgartiradigan, butunlay yo’qotib yuboradigan mehnat buyumlaridir. SHu sababli 
aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy unsuri 
(elementi) va ishlab chiqarish harajatlarining asosiy qismi hisoblanadi. 
Muomala fondlari jo’natishga yuklangan mahsulotlar va banklarning hisob 
raqamlaridagi pul mablag’laridan tashkil topadi. 
Ishlab chiqarishning to’xtovsizligini taominlash uchun asosiy ishlab 
chiqarish fondlari bilan birga mehnat predmetlari va moddiy resurslar zarurdir. 
Mehnat predmetlari mehnat vositalari bilan birgalikda mehnat mahsulini yaratishda 
ishtirok etadi. Aylanma fondlarning moddiy elementlari aylanish mehnat jarayoni 
va asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan uzviy bog’liqdir. 
Darslikning ushbu bo’limida korxona aylanma fondlari va aylanma 
mablag’lari haqida tushuncha, ularning mohiyati va tarkibiga chuqurroq to’xtalib 
o’tiladi. SHuni yodda tutish lozimki, aylanma fondlar va aylanma mablag’lar 
tushunchalari aynan bir xil emas. 
Aylanma fondlar – ishlab chiqarish jarayonining majburiy elementi
mahsulot tannarxining asosiy qismidir. 
Birlik mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo, material, yoqilg’i va energiya 
sarfi qancha kam bo’lsa, ularni yaratish uchun sarflangan mehnat ham tejaladi, 
ortgan mahsulot ham shuncha arzonroq bo’ladi. 
Korxonalarning yetarli aylanma mablag’larga ega bo’lishi ularning bozor 
iqtisodiyoti soitida normal faoliyat ko’rsatishi uchun asos bo’lib hisoblanadi. 
Eng asosiysi, aylanma fondlardan va aylanma mablag’lardan samarali 
foydalanish korxona uchun nima beradi va mahsulotning material sig’imini 


kamaytirish hamda mablag’larning aylanishini tezlashtirish uchun qanday tadbirlar 
qilish kerakligini aniqlab olish zarurdir. 

Download 178.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling