Milliy taomlar tendensiyasi


Download 24.07 Kb.
bet1/9
Sana06.05.2023
Hajmi24.07 Kb.
#1436246
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
milliy taomlar


Milliy taomlar tendensiyasi
O'zbek milliy taomlari dunyo taomlari orasida eng shirin, xilma - xil taomlardandir. Sharq madaniyatida mehmonni dasturxonga turli shirinliklar, murabbolar qo'yish, shirin taomlar tayorlab olib kelish odatga aylangan. O'zbekiston xalqlari orasida ham bu odatlar juda rivojlangandir. O'zbek milliy taomlaridan juda ko'pchiligi sharqda ham, g'arbda ham mashhurligini inobatga olib, biz o'zbek milliy taomlarini tayorlash, dasturxonga tortish haqidagi o'z fikrlarimizni sizga tortiq etmoqdamiz.
Jizzali non

Uy nonining to'q tutarligini orttirish va lazzatini yaxshilashga qaratilgan bu non unitilib bormoqda. Sababi, hamma vaqt ham har bir xonadonda jizzaning bo'lavermasligidir. Jizzaning kuyganlarini terib tashlab, (saralab) shunday dona donaligicha xamirga qo'shiladi. Xamirturush bilan tuzni iliq suvda eritib, un va suvni qisim - qisimlab qo'shib qattiq - yumshoqligi o'rtacha bo'lgan xamir qorasiz va oshirish maqsadida o'rab, issiqroq joyga olib qo'yasiz. Ko'pchigan xamirni tog'oraning o'zida mushtlab, so'ngra taxta ustiga olib, qo'l bilan qalinligini 1,5 - 2 sm qilib yoyasiz. Yoymaning yuziga tekis qilib jizzani soling va xamirning bir chekkasidan rulet qilib o'rang. O'ralgan xamirga jizza yaxshi aralashishi uchun ruletning ikki chekkasidan kaftlar bilan eshasiz, bunda o'ng kaft orqaga, so'l kaft esa oldga bir necha bor harakat qildiriladi. Ana shundan so'ng 150- 200 gr keladigan zuvalalarga bo'lib chiqasiz. Shar shaklida dumalatilgan zuvalalarni o'ng qo'lning mushti bilan, so'ng har ikkala qo'lning kafti va barmoqlari bilan ezib doira shaklidagi non yasaysiz. Nonning chetlari 2 - 3 sm, o'rtasi esa 1 sm qalinlikda bo'lsin. Har bir nonning o'rtasida chakich urib, tandirga yopib to singiguncha pishirasiz. Dasturxonga tortishdan oldin bir oz tobini chiqarib, mustaqil taom sifatida choy bilan keltirib qo'yasiz. Masalliq: 1 kg un, 50 gr xamirturush, 2 stakan suv, 300 gr jizza, 2 choy qoshig'ida tuz olinadi.


Go'shtli non

Jizzali non uchun tayorlagandek, xamir tayorlanadi, farqi xamirga jizza o'rniga go'sht qiyma solib yo'g'riladi. Buning uchun 200 gr lahim go'shtni qiymalagichdan o'tkazilib, 200 gr to'g'ralgan piyoz va 0,5 choy qoshig'ida tuz sepib yaxsilab mijiqlanadi. Qolgan jarayonlar yuqorida Jizzali non da aytilganidek amalda oshiriladi. Masalliq: 1 kg un, 50 gr xamirturush, 2 stakan iliq suv, 1,5 choy qoshig'ida tuz solinadi, 200 gr go'sht, 200 gr piyoz va 0,5 choy qoshiqida tuz solib, qiyma tayorlanadi.


Obi non

Tog'oraga iliq suv solib xamirturush va tuzni eritasiz, unni va suvni qisim - qisimlab solib o'rtacha qattiqlikda xamir qorasiz, yaxshilab mushtlab pishitib tog'oraning o'zida qoldirib yuziga sochiq yopib, ustidan ko'rpacha bilan o'rab, issiqroq joyga olib qo'yasiz. Ko'pchigan xamirni yana mushtlab, 250 - 300 grammli zuvalalar yasab, ko'p urvoq berib doirasimon - chetlarining qalinligi 2 sm, o'rtasini esa 0,5 sm qilib yasaymis. Har bir nonning o'rtasiga chikich urib, yuziga dasturxon yopib qo'ysangiz qanzimaydi va xamir yaxshi tinadi. 15 - 20 minutdan so'ng nonning orqasini namlab, qizitilgan tandirga yopib pishirasiz. Tandir devorida akkumulyatsiya bo'lgan issiqlik va cho'gdan taralgan infraqizil nurlar ta'sir etganligi uchun non g'oyat xushbo'y va lazzatli chiqadi. Dasturxonga butunligicha patnisda qo'yiladi va bevosita yeyish oldidan sindiriladi. Xamiri ushbu retsept hisobida olinib, keragicha ko'paytirilib, istalgan miqdorda non yopib oilsh mumkin. Masalliq: 1 kg un, 50 gr xamirturush, 2 stakan iliq suv, 2 choy qoshiq tuz.



Download 24.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling