Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”


Download 0.71 Mb.
bet1/3
Sana24.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1226819
  1   2   3
Bog'liq
MILLIY TIKLANISHDAN


MILLIY TIKLANISHDAN –
MILLIY YUKSALISH SARI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan to‘rtinchi jildi o‘zbek va rus tillarida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb – sayti ma’lumot tarqatdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra kitob to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga ko‘tarish – eng muhim vazifamiz” deb nomlangan. Unga davlat rahbarining O‘zbekistonning siyosiy - ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlagan nutq va ma’ruzalari kiritilgan.
“El-yurtimizning mustahkam irodasi va matonatiga tayanib, sinovlardan munosib o‘tamiz” deb nomlangan ikkinchi bo‘limdan esa koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan ma’ruza, nutq va murojaatlar joy olgan.
Kitobning “Do‘stona amaliy hamkorlik – barqaror rivojlanish kafolati” deb nomlangan uchinchi bo‘limining xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalardan iboratligi qayd etilgan.
Kitobning to‘rtinchi – “Tabrik va qutlovlar” bo‘limiga esa O‘zbekistonda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.

Dunyoda ikki yuz ellikdan ortiq davlat, minglab xalq va elat bor. Ular orasida Oʼzbekiston deya atalmish goʼzal va betakror mamlakatning oʼz oʼrni va nufuzi, oʼziga xos taraqqiyot yoʼli borligi qalbimizga iftixor bagʼishlaydi. Shu bois ham Mustaqillik biz uchun benihoya qadrlidir. Qadrli narsa esa osonlikcha qoʼlga kiritilmasligini barchamiz yaxshi bilamiz.
Vatanimiz tarixi bir necha ming yillar bilan boʼylashadi. Bu diyor jahon tamaddunining tamal toshini qoʼygan, ilm-fani, sanʼati, madaniyati, ulkan madaniy-maʼnaviy merosi, olimu fuzalolari bilan dong taratgan. Shu bois yaqin oʼtmishda qariyb bir asr davomidagi mustamlaka davri, ungacha ham haq-huquqlari poymol etib kelingan xalqimiz ruhini hech qanday kuch soʼndirolmagan. Shu nuqtai nazardan oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, 1990-1991 yillarda Navroʼz bayrami qayta tiklangani, Ramazon va Qurbon hayitlari bayram kunlari deb eʼlon qilingani xalqimizning asriy orzu va armonlari roʼyobga chiqishi, milliy qadriyatlarimiz tiklanishi yoʼlidagi dastlabki yirik qadamlar boʼldi.
Milliy davlatchiligimizni barpo etish yoʼlidagi zalvorli qadam sifatida Mustaqillikning dastlabki yillarida dastlab uning kafolati boʼlmish Konstitutsiya qabul qilinganini alohida taʼkidlash joiz. Oʼzbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish bosh vazifa etib belgilanib, mamlakat siyosiy hayotida koʼppartiyaviylik muhiti qaror topdi, nodavlat tuzilmalar, jamoat tashkilotlari va oʼzini-oʼzi boshqarish organlari faoliyati takomillashtirildi, sud-huquq tizimida, ommaviy axborot vositalari, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda keng koʼlamli islohotlar amalga oshirildi.
Darhaqiqat, mamlakatimiz tarixida oʼchmas sahifa ochgan buyuk istiqlol tufayli Oʼzbekiston oʼtgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib oʼrin egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda. Аyniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bagʼishlangan tantanali marosimdagi nutqi bu oʼzgarishlarni yanada teranroq anglashimiz, idrok etishimizda muhim ahamiyat kasb etdi. Davlatimiz rahbarining har bir soʼzlari xalqimiz qalbida iftixor tuygʼularini yanada joʼsh urdirdi. Shubhasiz, bundan ruhlangan xalqimiz davlatimizning har qarich yerida yuksalish davri boʼlishi uchun azmu qaror qilmoqdalar.
Muhtaram Yurtboshimiz nutqida taʼkidlaganidek, Milliy yuksalish deganda, biz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga koʼtarishni tushunamiz. Ilm-fan, taʼlim-tarbiya, sogʼliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida boʼlayotgan katta oʼzgarishlar hayotimizda muhim voqelikka aylanmoqda.

Yurtimizda ijtimoiy rivojlanish boʼyicha oʼziga xos tizim shakllanmoqda. Bu borada 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirilayotgani, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi dasturlar aholini yangicha fikrlash va ishlashga safarbar etishda muhim rolь oʼynamoqda. Buning natijasida, hatto mamlakatning eng chekka hududlari, markazlardan olisda joylashgan qishloqlarning ham meʼmoriy qiyofasi tubdan yangilanib, aholining turmush farovonligi yuksaltirilmoqda.


Sogʼliqni saqlash, madaniyat va sport, ilm-fan, ayniqsa, taʼlim-tarbiya sohalarida boʼlayotgan ulkan oʼzgarishlarning barchamiz guvohi boʼlib turibmiz.
Shu oʼrinda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda umumtaʼlim maktablarida 11 yillik tizim tiklanganini, maktab taʼlimini rivojlantirish masalasi buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanayotganini alohida taʼkidlash joiz. Аyniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda oliy taʼlim sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Soʼnggi uch yilda 35 ta yangi oliy oʼquv yurti tashkil qilingani, ularning umumiy soni 112 taga yetgani, eʼtiborlisi, bularning 13 tasi nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari ekani sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin isbotidir.
Ertangi kelajagimiz boʼlmish yoshlar kelgusida ana shu ulugʼvor ishlarning munosib davomchilaridir. Shu nuqtai nazardan, yangi oʼquv yilining ilk – “Mustaqillik” darslarida istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi uch yilda amalga oshirilgan islohotlar, Harakatlar strategiyasida belgilangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor gʼoya, Prezidentimiz nutqi mazmun-mohiyati xususida oʼquvchi-yoshlarga keng tushunchalar berildi, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Quvonarlisi, yoshlar Yurtboshimiz nutqining har bir satrida hayot borligini, har bir soʼzida Oʼzbekistonimizning yuksak taraqqiyotiga qaratilgan aniq maqsad borligini teran anglab yetdi.
Shu oʼrinda alohida taʼkidlash joizki, bundan keyin ham biz pedagoglar maʼnaviyat va maʼrifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor gʼoya asosiy dasturilamalimizdir. Zero, Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, vijdoni, maʼnaviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi koʼradi. Vijdon, maʼnaviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir.
Taʼlim-tarbiyada milliy yuksalish
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan, koʼplab ota-onalar, pedagoglar, yoshlar, keng jamoatchilik takliflarini oʼrgangan holda, yurtimizda 11 yillik oʼrta taʼlimning joriy etilgani yoshlarning bilim olishga boʼlgan ishtiyoqi kuchayishida, ular tarbiyasini toʼgʼri shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xoʼsh, nega ushbu islohot oʼquvchilarning darslarga ishtiyoqini oshiryapti, ularning tarbiyasini nazorat qilishga yaxshi samara beryapti?
Xalqimiz 11 yillik taʼlim sistemasi qayta tiklandi, ilgari holat qaytdi, deb sayoz fikrlamasliklarini xohlardim. Chunki ushbu islohot chuqur oʼylangan va taʼlim-tarbiya sifatini yanada oshirishga xizmat qiladigan puxta reja asosida amalga oshirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy oʼrta, oʼrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq 2018/2019 oʼquv yilidan boshlab majburiy umumiy oʼrta taʼlim uzluksiz 11 yillik taʼlim negizida amalga oshirildi.
11 yillik taʼlimning joriy etilishi munosabati bilan tezkor davr talabidan kelib chiqqan holda olimlar, amaliyotchi oʼqituvchilar hamda keng jamoatchilikning fikriga tayanib, 10-11-sinflar uchun 12 ta umumtaʼlim fani boʼyicha oʼquv rejalari qaytadan tayyorlanib, ularga bir qator oʼzgartirishlar kiritildi. Jumladan, 11-sinfda kasb taʼlimi orqali 50 ga yaqin kasbni oʼrgatish bilan birga, “Tadbirkorlik asoslari” fani ham oʼqitiladi. Oʼquv dasturlari asosida 10-sinf oʼquvchilariga umumtaʼlim fanlaridan 18 nomdagi darsliklar 7 tilda, jami 9 million 53 mingdan ortiq tirajda chop etilib, joylarga yetkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʼquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʼquv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori 10-11-sinf oʼquvchilarining taʼlim olishi bilan birga, ularga kasb-hunar oʼrgatish, yoshlarning qiziqish va qobiliyatini nazarda tutgan holda kelajakda ularni taʼlimni davom ettirishi yoki egallagan kasbi boʼyicha mehnat faoliyati bilan shugʼullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.
Kasb-hunar kollejlarida oʼquv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. Kasblar roʼyxatini tayyorlashda hududlarning sharoiti hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari inobatga olinib, mutasaddilar va ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda, real vaziyatni xolis baholagan holda ish olib borildi. Yaʼni 11-sinf oʼquvchisi maktabni tamomlagandan keyin egallagan hunari boʼyicha oʼz ishini topa olishiga jiddiy eʼtibor qaratildi.

Oilada va kundalik turmushda hamisha zarur boʼlgan kichik tibbiy hamshira, oilaviy kichik hamshira, tarbiyachi yordamchisi, ijtimoiy soha kichik mutaxassisi, dasturchi, tarmoq boshqaruvchisi, veb-sayt dizayneri, kompьyuter grafikasi mutaxassisi va shu kabi boshqa kasblarning oʼrgatilishi jamiyatga, ham davlatga bir xil naf keltiradi. Eʼtiborlisi, joylarda tashkil etilgan oʼquv-ishlab chiqarish majmualarida kasblar murakkabligiga qarab 1 yoki 2 yil davomida oʼrgatiladi va mehnat bozoridagi ehtiyojga koʼra kasblarning turi oʼzgarib turadi.


10-11-sinf oʼquvchilariga haftasiga bir kun 6 soatdan 2 yil davomida kasbiy taʼlim oʼqitiladi. Bitiruvchilarga oʼrta maʼlumot toʼgʼrisida attestat bilan birga kasb malakasi boʼyicha davlat namunasidagi diplom beriladi. Shu bilan birga, oʼquvchilarda kasblarga boʼlgan qiziqishni oshirish, kasblar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni uzluksiz yetkazish maqsadida ular umumtaʼlim maktablarining 1-sinfidan boshlab kasbga yoʼnaltirilib boriladi. 8-9-sinflarda esa kasbga yoʼnaltirish alohida fan sifatida oʼqitiladi.
Ilgari 9-sinfni tamomlayotgan oʼquvchilarda qaysi kollejda oʼqishni davom ettirish borasidagi savol koʼndalang turardi. Baʼzilari majburlikdan u, yoki bu kollejlarga “adashib” borib qolardi. Oxir oqibat ularning bilim olishida, ham tarbiyasida salbiy holatlar paydo boʼla boshlardi. Bu esa, oʼz navbatida, voyaga yetmaganlar orasida turli huquqbuzarliklar, jinoyatlar ortishiga sabab boʼldi.
Pedagog sifatida shuni ishonch bilan aytamanki, oʼquvchilar 11 yillik taʼlim sistemasida chuqur bilim oladi, bu ertamiz egalarining bilimli, kasb-hunarli boʼlib ulgʼayishi, maʼnaviyati, odob-axloqi, boʼsh vaqti ustidan mahalla-koʼy va jamoatchilik nazoratining oʼrnatilishiga keng imkoniyat yaratdi.
Yangi bosqichning yangi imkoniyatlari
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrda “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoni qabul qilingani taʼlim tizimidagi islohotlarning mantiqiy davomi boʼldi. Ushbu hujjatda nazarda tutilgan maqsadlar barchamizni quvontirdi, desam mubolagʼa boʼlmaydi.
Farmonga muvofiq, 2020/2021 oʼquv yilidan boshlab Oʼzbekistonda Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uygʼunlashgan yangi boshlangʼich, oʼrta va oʼrta maxsus professional taʼlim tizimi hamda tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim muassasalari tashkil etilib, mazkur dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasalari roʼyxatlari tasdiqlandi.

Bundan tashqari, Farmonga koʼra, jami 388 ta kasb-hunar kollejlari binolari tegishli roʼyxatga asosan maktab sifatida foydalanilishi belgilandi.


Boshlangʼich, oʼrta va oʼrta maxsus professional taʼlim tizimida tegishli taʼlim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional taʼlim muassasalari tarmogʼi tashkil etiladi.
Biz uchun yangi davr, erkin va ozod hayotni boshlab bergan shu qutlug‘ sanada xalqimiz qanday mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli yo‘lni bosib o‘tganini yana bir bor chuqur his etamiz. 

Mana shunday ulug‘ ayyomda butun hayotini ozodlik uchun kurashga bag‘ishlagan, bu yo‘lda jon fido qilgan ota-bobolarimiz, mard va jasur yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltiramiz. 

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi, Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning barhayot nomlarini hurmat va ehtirom bilan yodga olamiz. 

Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a'zosi bo‘lib, yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz. 

Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari dadil qadam qo‘ymoqdamiz. 

Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Harakatlar strategiyasini qabul qildik. Bu noyob hujjatda belgilangan ulug‘vor vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qat'iy kirishganimiz biz uchun yangi ufq va imkoniyatlar ochib bermoqda. 

Dunyo miqyosida raqobat keskinlashib borayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatimizni ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va yangilash eng muhim vazifamizga aylanmoqda. Ana shunday o‘tkir talabni chuqur anglagan holda, biz 2018 yilni yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e'lon qildik. 

Bu borada qabul qilingan Davlat dasturida 11 trillion 200 milliard so‘m va 1 milliard 300 million AQSh dollari hajmidagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Dastur ijrosini ta'minlash uchun keng ko‘lamdagi ulkan ishlar olib borilmoqda. 

Yurtimizda faol investitsiya siyosati yuritilmoqda, zamonaviy korxonalar barpo etilmoqda, soliq tizimi tubdan isloh qilinib, tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish, barcha soha va tarmoqlarda innovatsiya, ilm-fan yutuqlari, yangicha va ijodiy yondashuvlarni joriy etishga alohida e'tibor berilmoqda. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy, istiqbolli tarmoqlarga asos solish, klaster tizimini yo‘lga qo‘yish, fermer xo‘jaliklarining natijadorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Ana shunday ulkan sa'y-harakatlarimiz natijasida yurtimizda makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlanmoqda

Biz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lgan aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. 

Ayniqsa, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari mamlakatimizning eng chekka hududlariga ham yangilanish nafasini, bunyodkorlik ruhini olib kirmoqda. Odamlarning fikri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda, qishloqda turmush madaniyati oshib bormoqda. 

Butun mamlakatimizni qamrab olgan mazkur dasturlar doirasida 416 ta qishloq va 105 ta mahallada qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. Bularning barchasi jonajon O‘zbekistonimizning yangi, obod qiyofasini yaratish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Aholimizning zamonaviy uy-joyga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini ta'minlash maqsadida joriy yilda 13 ming 900 dan ziyod oilaga mo‘ljallangan 335 ta ko‘p qavatli turar joy foydalanishga topshirildi. Yil oxirigacha bu raqam 2017 yilga nisbatan 2 barobar ko‘payadi. 

Ana shu yo‘nalishdagi ishlar qishloq joylarda ham yangilangan loyihalar asosida olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar qishloqlarda 40 mingta oila yangi xonadonlarga ko‘chib kirdi. 

Bu borada biz ilgari yetarlicha e'tibor bermagan muhim masala – ya'ni, kam ta'minlangan, nogironligi bo‘lgan insonlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Buning tasdig‘ini o‘tgan 2 yilda 1000 nafardan ortiq shu toifaga mansub insonlar uy-joy bilan ta'minlangani misolida ko‘rish mumkin. 

Albatta, barchamizni xursand qiladigan bunday o‘zgarishlar ming-minglab oilalar hayotiga shodlik va baxt olib kelmoqda. 

Hech shubhasiz, hayotda mana shunday quvonchli voqealar yuz berganda insonning qaddi ham, qadri ham ko‘tariladi. Bunday damlarda adolat haqida gapirmasangiz ham odamlar haqiqat va adolat borligiga ishonadi. 

Ilohim, yurtimizda uy to‘ylari, hovli to‘ylari yanada ko‘paysin, bu xonadonlarda yangi hayot boshlayotgan odamlar murod-maqsadiga yetsin! 


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling