Miraziz, avtotyuning sohasiga qanday kirib keldingiz? Bu sohaning ham o‘ziga xos sir-sinoatlari bor


Download 26.3 Kb.
bet1/2
Sana14.02.2023
Hajmi26.3 Kb.
#1197670
  1   2
Bog'liq
dilfuza opaaaa


Moskvaga 2008 yilda o‘qish niyatida kelganman. Rus maktabida o‘qiganim uchun oliy o‘quv yurtiga kirish maqsadida keldim, birinchi yil kira olmadim. O‘zbekistonga qaytib ketdim. 2010 yilda qaytib keldim va chet tillariga qiziqish borligi bois, ingliz tilini o‘rganishni boshladim hamda Rossiya davlat Turizm va servis universitetiga kirishga tayyorgarlik ko‘ra boshladim.
Miraziz, avtotyuning sohasiga qanday kirib keldingiz? Bu sohaning ham o‘ziga xos sir-sinoatlari bor.
— Bolaligimdan avtomobillarning har xil turlariga qiziqaman. Rossiyaning MTV telekanalida «Tachku na prokachku» ko‘rsatuvi bo‘lardi. Unda, mashina keladi, uning salonini o‘zgartirishardi, texnik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishadi, motor va boshqa butlovchi qismlarini o‘zgartirishadi. Menda ham shunga qiziqish bo‘lgan.
Aynan, avtoatele ochishga kelganimning sababi – bu soha, ya'ni teri, charm bilan ishlash ota-bobomdan meros desam ham bo‘laveradi. Bobom Asaka shahrida poyabzal ustasi bo‘lgan, undan otamga o‘tgan. Otamdan men o‘rganganman. Men uchinchi-to‘rtinchi avlod kosibman. Dadamning poyabzal ishlab chiqish sexi bo‘lardi yoshligimizda. Hammasini ko‘rib katta bo‘ldim. Charm bilan ishlashga qiziqishim shundan boshlangan desam ham bo‘ladi. 2013 yil Moskvaga o‘qishga kirish niyatida qaytib keldim. Orada sherigim Timur bilan tanishib qoldim. Men charm bilan qanday ishlash texnologiyasini, tikuv usullarini bilaman. Unda ham avtoatele ochish g‘oyasi bo‘lgan. Avtomobil salonlari uchun material sotgan. Ammo hunarmand sherigi bo‘lmagani uchun g‘oyasini amalga oshira olmagan, buyurtmalarni esa boshqa atelelarga yo‘naltirishga majbur bo‘lgan.
Universitetdagi o‘rtoqlarim orqali u bilan tanishib qolganman. Ish izlab yurgan vaqtim edi. Timurning g‘oyasi borligini eshitib, unga qo‘ng‘iroq qildim, gaplashib oldik. U g‘oyasini bildirgan. Poyabzal ustasi bo‘lgan charm kosibi boshqa jihatlarni tushunadi, deb o‘ylayman.
Keling, bu ishni boshlamasdan avval Moskvada o‘tkazgan kunlaringizga to‘xtalsak. Qiyinchiliklar...
— Qiyinchiliklar bo‘lgan. 2008 yilda ilk kez kelganimda. 17 yoshda edim o‘shanda. O‘zbekistonda rus sinfda o‘qiganim foyda bergan. Til bo‘yicha muammo bo‘lmagan. Lekin yot madaniyat, begona davlat, yashash tizimi umuman boshqacha edi. Birinchi yildagi moslashuv qiyin bo‘lgan men uchun, chunki oila a'zolarining barchasi O‘zbekistonda, men o‘zim Moskvada. Bu yerdagilarning barchasi begona, O‘zbekistondagi hayotga, mahalla, do‘stlarga o‘rganib katta bo‘lganmiz. O‘zbekona iltifotni ko‘rmaganman. Bu yerda hech kim sizga yordam bermaydi. Nima qilishingizni aniq bilishingiz kerak Moskvada. Bu yerga kelib ish topib olaman, deb o‘ylashning o‘zi noto‘g‘ri. Boraman, ish bir gap bo‘lar, deb keladiganlar ham bo‘ladi.
— Musofir yurtda, eng tushkun kayfiyatga tushib qolgan paytlaringiz ham bo‘lganmi?
— Orada, ish topolmay qolgan chog‘imda bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Masalan, vaqtincha ishda ishlagan vaqtlarim, tarjimalar byurosida ishlagan paytlarim bo‘lgan. O‘zim ham bu yerda faqat investitsiya qilibgina natijaga erishish mumkin, degan xayolda bo‘lganman. Ammo, vaqt o‘tib, o‘z sohangizning ustasi bo‘lsangiz, barcha narsaga erishsa bo‘larkan.
— Asosan, nima ish qilasizlar? Ozgina izoh bersangiz.
— Bizning atele asosan avtomobil salonlarini qayta tikish bilan, ruscha aytganda «peretyajka» bilan shug‘ullanadi. Ishni shundan boshlaganmiz. Salondagi barcha narsalar, torpedo bo‘ladimi, o‘rindiqlar yoki eshik detallarimi, hammasini qayta qoplaymiz. Masalan, mijoz yangi avtomobil xarid qilgan taqdirda ham, saloni uning didiga mos kelmaydi.
Shu bois, ular bizga o‘xshagan atelelarga murojaat qiladi. Salon bo‘yicha katta usta o‘zimman. Chunki, ilk ikki yil 3ga 6 garajimiz bo‘lardi. Men, Timur va kompyuter bo‘yicha bir sherigimiz bo‘lardi, shu uchovimiz ishlaganmiz. Internetda o‘tirib o‘rgandim, tajriba oshirdim. Hozirda bu soha bo‘yicha barchasini bilaman.
O‘zimga ishonch hosil bo‘lgandan so‘ng, shogird olib ishni kengaytirishga qaror qildik. Bugungi kunda jamoamizda 7 kishi ishlayapmiz. 10 kishidan 3 nafari o‘z atelelarini ochishga muvaffaq bo‘lishdi.
U o‘z hamkorlari Timur va Lev bilan tanishtirdi.
Timur, siz ham aytib beringchi, barchasi qanday boshlangandi?
— Bu ishni boshlaganimizga ancha bo‘ldi, barchasini ham xotirlay olmayman. Ammo, ayta olamanki, dastlab biz materiallar bilan shug‘ullandik va alkantra hamda charm sotdik. Keyinchalik ishimizni rivojlantirishni reja qildik. Shu bosqichda Aziz bilan tanishdik va atelemizda salonlarni tikishni boshladik. Yangi-yangi marralarni zabt eta boshladik.

Download 26.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling