Moddaning agregat holati


Download 0.53 Mb.
bet1/12
Sana15.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1777112
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Moddaning agregat holati


Moddaning agregat holati
Reja:


1. Moddalarning agregat holatlari
2. Sirt taranglik va uni o’lchash uslublari
3. Suyuqliklarning bug‛lanishi va qaynashi
Moddalarning agregat holatlari

Tabiatdagi barcha moddalar sharoitga qarab turli holatda—qattiq, suyuq, gaz va plazma holatida bo’ladi. Bu holatlar moddaning agregat holati deyiladi. Moddaning agregat holati uni tashkil etuvchi zarrachalar orasidagi masofaga va bu zarrachalar orasidagi o’zaro ta'sir kuchining katta-kichikligiga qarab aniqlanadi. Moddaning agregat holatiga tashqi sharoit bosim va harorat katta ta'sir ko’rsatadi. Bosim va harorat o’zgarganda moddani tashkil etuvchi zarrachalar orasidagi masofa o’zgarib, natijada modda asta-sekin bir agregat holatdan ikkinchi agregat holatga o’tishi mumkin. Masalan, temir 1535°C ga qadar qattiq holatda bo’ladi, 1535°C da suyuq holatga o’tadi, qaynash haroratidan yuqori haroratga qadar qizdirilganda esa bug‛ga aylanadi, ya'ni gaz holatiga o’tadi.
Gaz holatidagi havoni kompressorlarda yuqori bosimda va past haroratgacha sovitish yo’li bilan suyuq holatga o’tkazish mumkin. Kimyo zavodlarida ana shu yo’l bilan havodan azot va kislorod ajratib olinadi.
Suv normal atmosfera bosimida 0°C ga qadar qattiq holatda (muz), 0°C bilan 100°C orasida suyuq holatda va 100°C dan yuqori haroratda gaz holatida bo’ladi.
Ba'zi moddalar tashqi sharoit har qancha o’zgartirilganda ham agregat holatini o’zgartirmaydi. Masalan, kalsiy karbonat (CaCO3) asosan qattiq holatda bo’lib, uni suyuq holatga ham, gaz holatiga ham o’tkazib bo’lmaydi, chunki u qizdirilganda suyuqlanmasdan va bug‛lanmasdan to’g‛ridan-to’g‛ri kalsiy oksid bilan uglerod (IV)-oksidga ajraladi. Moddalarning agregat holati o’zgarganda xossalari ham qisman o’zgaradi. Shuning uchun moddaning qanday sharoitda qaysi agregat holatda bo’lishini bilish katta ahamiyatga ega.
Moddaning agregat holati zarrachalarining harakatlanish hususuyati bilan bir-biridan farq qiladi. Zarrachalarning eng tartibsiz harakati plazma holatidagi moddalarda bo’ladi. Plazma juda yuqori haroratlarda hosil bo’ladi, bunda modda molekula yoki atomlarning ionlari va elektronlar aralashmasiga aylanadi. Plazmaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u umuman elektroneytraldir (musbat zaryadlar soni manfiy zaryadlar soniga teng). Plazmani ko’pincha zaryadlarining ichki taqsimlanishi jixatidan bir jinsli neytral deb bo’lmaydi. Shuning uchun unda zaryadlarning tebranma harakati vujudga kelib, natijada plazma elektromagnit tebranishlar manbaiga aylanadi. Yuqori haroratga ega ko’p kosmik jismlarda modda plazma holatida bo’ladi, plazma termoyadro jarayonlarini o’rganish paytida laboratoriya qurilmalarida ham hosil qilinadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling