Muskul to`qimasi. Tayanch iboralar


Download 0.52 Mb.
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1750390
  1   2   3   4
Bog'liq
18-ma\'ruza


MUSKUL TO`QIMASI.


Tayanch iboralar: miofibrillalar, miozindan, aktin, neksuslar, simplastik tuzilmalar, sarkolemma, anizotrop va izotrop disklar, sarkomer, perimiziy, epimiziy, fassiya, yuldosh hujayralar, atipik va sekretor kardiomiotsitlar, oraliq plastinkalar


Mashg‘ulot rejasi:
1. Silliq muskul tо‘qimasi.
2. Kо‘ndalang targ‘il muskul tо‘qimasi
3. Muskullar qisqarish mexanizmi
4. Yurak muskullari
Muskul tо‘qimasi odam va hayvon organizmining harakatga kelishini ta’minlaydi. Muskullarning tuzilishi ularning bajarayotgan funksiyasiga moslashgan, ya’ni ularning shakli chо‘ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga tutashgandir.
Tuzilishi va bajarayotgan funksiyasiga kо‘ra silliq, kо‘ndalang-targ‘il (skelet), yurak mushagi va ba’zi a’zolarda uchrovchi maxsus muskul tо‘qimasi farq qilinadi. Maxsus muskul tо‘qimasi kelib chiqishi, tuzilishi va vazifasiga kо‘ra turlichadir. Kо‘ndalang-targ‘il yurak mushagi hamda maxsus muskul tо‘qima – mioepitelial hujayralar (ter, sut va sо‘lak bezlarida uchrovchi hujayralar), kо‘zning siliar va qorachig‘ muskullari xususiy gistologiyaning tegishli boblarida keltirilgan.
Silliq muskul tо‘qimasi. Silliq muskul tо‘qimasi hujayra tuzilishiga ega. Silliq muskul kо‘pgina ichki organlar – me’da-ichak yо‘li, tanosil organlari, tomirlar devorining shakllanishida qatnashadi. Silliq muskul tuzilishi hamda funksiyasi bо‘yicha kо‘ndalang-targ‘il muskuldan qancha farq qiladi. Silliq muskullar vegetativ nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi va shu sababli kishi ixtiyoriga bо‘ysunmaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, silliq muskul tо‘qimasi hujayra tuzilishiga ega bо‘lib, chо‘ziq, duksimon va tarmoqlangan bо‘ladi. Hujayraning о‘lchamlari turlicha bо‘ladi, ya’ni uzunligi 50–250 mkm, yadro sathining maksimal diametri 5–20 mkm. Tо‘qimada bir-biriga yondoshib yotgan hujayralar qatlamlar hosil qiladi (79-rasm). Ular bir-biriga nisbatan shunday joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga boshqa hujayranyig о‘tkir uch qismi yopishadi. Silliq muskul hujay-alari sirtdan sarkolemma bilan qoplangan, unda qalinligi taxminan 7,5 nm ga teng plazmatik membrana va tashqi bazal membrana farq qilinadi.

79-rasm. Silliq muskul tо‘qimasining tuzilishi (sxema). 1– silliq muskul hujayrasi; 2 –hujayra yadrosi; 3– sarkolemmadagi miofebrillalar; silliq muskul hujayra; 4 – sarkolemma; 5 – endomiziy; 6 – nerv; 7 – qon tomir.


Yonma-yon yotgan hujayralarning plazmatik membranalari ba’zi joylarda juda yaqinlashib tutashish nuktalarini hosil qiladi. Membranalarning bunday yaqinlashish joylari silliq muskul hujayralarining biridan ikkinchisiga qо‘zg‘alish о‘tpshiga xizmat qiladi, degan taxminlar bor. Hujayra sitoplazmasida yadro, umumiy organoidlar va miofibrillalar joylashadi. Yadro va organoidlar hujayraning trofik apparatini tashkil etadi.


Silliq muskul hujayrasining yadrosi uning markazida joylashib, chо‘ziq oval yoki tayoqchasimon shaklga ega (79, 80- rasmlar). Yadroning shakli qisqarish paytida о‘zgaradi. Unda kо‘p hollarda ikkita yoki undan kо‘proq yadrocha bо‘ladi. Yadro yonida sust rivojlangan plastinkasimon kompleks joylashadi. Shu yerda hujayra markazi ham yotadi. Muskul hujayrasida endoplazmatik tо‘r sust rivojlangan. Mitoxondriyalar kichik, shakli chо‘ziq, oz miqdorda bо‘lib, sitoplazmada tarqoq joylashadi. Ammo yadro yonida ularning soni kо‘proq bо‘li­shi mumkin. Mitoxondriyalarning kristallari kо‘ndalang-targ‘il muskullardagiga nisbatan kam.


80- rasm. Silliq muskul. Me’da devori shilliq qavatining muskul plastinkasidan olingan silliq muskul hujayrasi. Elektron mikrofotogramma. x8.500. 1– yadro; 2 – sitoplazma; 3 – hujayra atrofidagi kol­lagen tolalar.


Miofibrillalar muskul hujayrasiiing qisqaruvchi aparatini tashkil etishi sababli ular eng muxim ahamiyatga ega. Miofibrillalar skelet mushagiga xos bо‘lgan kо‘ndalang- targ‘illikka ega emas va oddiy mikroskopda bir jinsli ipchalar shaklida kо‘rinadi. Elektron mikroskop bilan sillik muskul hujayralari о‘rganilganda hujayraning butun uzunligi bо‘yicha yotuvchi uzluksiz miofibrillalar aniqlangan emas. Hujayra sitoplazmasida bо‘ylama joylashgan submikroskopik protofibrillalar mavjud bо‘lib, ular tutamlar hosil qilmaydi. Protofibril­lalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi farqlanadi: aktin va miozin. Miozin protofibrillalar diamet­ri 17 nm ga teng bо‘lib, yо‘g‘on protofibrillalardir. Aktin mikrofilamentlar nozik bо‘lib qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham muskul bо‘shashgan holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bо‘yi bо‘yicha joylashgan bо‘lib muskul qisqarganda о‘z joylashishini о‘zgartiradi. Silliq muskul hujayralarida kо‘ndalang-targ‘illik kuzatilmaydi, chunki filamentlar о‘zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qilmaydi, plastinkalar ham topilmagan. Silliq muskul hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a ak­tinii oqsillari topilgan.


Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki aktin protofibrillaning о‘rta qismida zich tanachalar uchraydi. Zich tanachalar oddiy mikroskopda tо‘q dog‘ shakliga ega. Muskul qisqarish jarayonida xuddi kо‘ndalang-targ‘il muskuldagi singari aktin va miozinning о‘zaro sirpanishi yuzaga keladi. Tortilish kuchi zich tanachalar orqali sarkolemmaga (sitolemmaga) о‘tadi, natijada, silliq muskul hujayra qisqaradi.
Silliq muskul hujayra sitoplazmasida kalsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bо‘lib, ular kо‘ndalang-targ‘il muskuldagi sarqoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin sarkoplazmatik retikulumning о‘zi silliq muskulda kuchsiz rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik membranasining botishidan hosil bо‘lgan tuzilmalar tegib yetadi. Bu tuzilmalar kо‘ndalang- targ‘il muskulning T-sistemasini eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kalsiy ionining sitoplazmaga chiqishida muhim о‘rin tutadi.
Har bir muskul hujayra yuqorida qayd etilganidek, bazal membrana bilan qoplangan. Muskul hujayralarining bir-biriga tegib yotgan qismlarida tirqishli tutashish – neksuslar uchrab ular silliq muskul hujayralarining ma’lum guruhlari barobar qisqarishini ta’minlaydi. Bazal membranaga biriktiruvchi tо‘qima tolalari kirib tо‘r hosil qiladi. Muskul hujayralarining gruppalari yoki muayyan qavatlari biriktiruvchi tо‘qima qatlamlari bilan о‘raladi. Ana shu biriktiruvchi tо‘qima sarkolemma bilan birga silliq muskul tо‘qimasining tayanch apparatini hosil qiladi.
Silliq muskul tо‘qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga ega. Qon tomirlar tо‘qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, muskul hujayralari tutamlari orasidagi birikti­ruvchi tо‘qima qatlamlarida kapillyarlar tо‘rini hosil qiladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling