Mustaҳkamlik- konstruktsiya elementlarini tashki kuchlarga qarshilik ko`rsatish qobiliyati. Bikrlik


Download 26.56 Kb.
bet1/7
Sana10.02.2023
Hajmi26.56 Kb.
#1186095
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Glossariy


(Glossariy)
Materiallar qarshiligi -mashina va inshoot qismlarini mustaҳkamlik, bikrlik, ustivorlikka ҳisoblashni o`rgatadi.
Mustaҳkamlik- konstruktsiya elementlarini tashki kuchlarga qarshilik ko`rsatish qobiliyati.
Bikrlik-deformatsiyaga qarshilik ko`rsatish qobiliyati.
Ustivorlik - konstruktsiya elementlarini boshlang‘ich shaklini saqlash qobiliyati.
Brus -bo`y o`lchami qolgan o`lchamlariga qaraganda bir necha marta katta bo`lgan konstruktsiya elementi.
Plastinka- q,alinligi qolgan o`lchamlariga qaraganda bir necha marta kichik bo`lgan yassi konstruktsiya elementlari.
Qobiq- qalinligi qolgan o`lchamlariga qaraganda bir necha marta kichik bo`lgan yupqa devorli idishga o`xshash konstruktsiya elementlari.
Xajmiy kuch - konstruktsiya elementlarini barcha nuktalariga ko`yilgan bo`ladi. Sirtqi kuch - konstruktsiya elementlarini ma`lum bir sirtiga qo`yilgan bo`ladi. To`plangan kuch - konstruktsiya elementlarini kichik yuzasi bo`ylab qo`yilgan bo`ladi.
Yoyilma kuch - mashina va inshoot qismlarini uzunligi yoki yuzasi bo`ylab qo`yilgan bo`ladi.
Statik kuch - konstruktsiya elementlariga asta-sekin qo`yilib, oqibatda eng katta miqdoriga erishadi.
Dinamik kuch — konstruktsiya elementlarida tezlanish ҳosil bo`lib, juda qisqa muddat ichida o`zgarib turadi.
Bo`ylama kuch - ko`ndalang kesimni normali, ya`ni brusni geometrik o`qi yunalishida bo`ladi.
Mustaҳkamlik sharti - materiallarni elastik deformatsiya zonasi (proportsionallik chegarasi) da ishlashini ta`minlovchi shart.
Bo`ylama deformatsiya - konstruktsiya elementlarining bo`y o`lchamlarini o`zgarishi.
Elastiklik moduli - materiallarni fizik konstanti bo`lib, elastiklik xususiyatini ifodalaydi.
Bikrlik - cho`zilish va siqilish deformatsiyasiga qarshilik ko`rsatish qobiliyati. Ko`ndalang deformatsiya - konstruktsiya elementlarining ko`ndalang kesim o`lchamlarini o`zgarishi.

Download 26.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling