Mustaqillik yillarida shahar qurilishi madaniyatıning rivoji Reja: Mustaqillik yillarida zamonaviy arxitektura 2


Download 37.01 Kb.
bet1/7
Sana31.03.2023
Hajmi37.01 Kb.
#1310965
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bazarbayeva Kamila Shaharsozlik tarixi


Mustaqillik yillarida shahar qurilishi madaniyatıning rivoji
Reja:
1.Mustaqillik yillarida zamonaviy arxitektura
2.Mustaqillik yillarida Samarqand shahri
3.Mustaqillik yillarida Nukus va Qarshi shaharlari

1.Mustaqillik yillarida zamonaviy arxitektura

Ilmiy tadqiqotlar, o'tm ish yillardagi 0‘zbekiston shaharlarini loyihalashtirish amaliyoti va qurilishini tahlil etish, tizimlashtirish hamda umumlashtirish shuni ko'rsatdiki, ular bugungi kun sharoitlari va vazifalariga to‘liq javob berolmasligi tufayli, shaharsozlikni rejalashtirishda jiddiy, yangicha yondnshuvni taqoza etadi. Oldingi ayovsiz cheklangan va haddan tashqari maydalashib ketgan ishlovlardan farqU o‘laroq, hozir shaharsozlikning alioli hayoti uchun qulay sharoitlar bilan bog‘liq asosiy muammolur hal etilnioqda. Shaharlaming bosh rejalarida eski shahar infrastruklurasini og'ishmay hal etish, madaniy merosni asrab-avaylash, bog‘-park san’atini tiklash va ekologiyani yaxshilash bilan bir vaqtda transport muhandislik hamda boshqa xalq xo‘jaligi tuzilmalari kabi ustuvor yo'nalishlarni aniqlash zarurati yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan O'/bekislon shaharsozlik rivojining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqcjiyot i bilan uzviy bog‘liq yangi bosqichi boshlandi.Arxitektura va shaharsozlik masalalariga katta ahamiyat bergan Prezidentimiz I.A. Karimov boshchiligida mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dasturiy hujjatlar qabul qildi. 0‘zbekiston tarixida birinchi marta Oliy Majlis tom onidan «Shaharsozlik kodeksi* joriy ctildi (2002-y.). Shaharsozlik amaliyoti uchun ayniqsa respublika iqtisodiy rivojlanishining yangi bosqichida uning roli va ahamiyatini baholash qiyin. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 26-apreldagi « 0 ‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shaharsozlikni bundan keyin ham takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonini va 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Shaharlar, tuman markazlariva shahar tipidagi qishloqlar bosh rejalarini ishlab chiqish va qurish tartibi to‘g‘risidagi Qoidalarni tasdiqlash haqida»gi Qarori (2000-y, 14-avgust) va shundan keyingi «Shaharlar, shahar manzilgohlari va qishloq aholi manzilgohlari bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorini (2005-y, 30-avgust) alohida ta’kidlab o‘tishjoiz. Ularda respublika shaharlari va aholi yashaydigan joylami yaxshilashga qaratilgan vazifalar aniq belgilab berilgan. Shaharsozlik sohasida respublika arxitektorlarining ijodiy faoliyati «Toshkentboshreja LITI» singari qayta tashkil etilgan loyiha va ilmiytadqiqot institutlarida amalga oshirilmoqda, ularda «2015 yilgacha bo'lgan davrda Toshkent shahar va shahar atrofi bosh rejasining tarhi»
ishlab chiqilgan bo'lib, uni Toshkent shahar hokimiyati tasdiqlagan. Shu institut mualliflar jamoasi yana «Toshkent viloyati tuman rejasi tarhi», «Chimyon Chorvoq dam olish zonasini rivojlantirish tarhi»ni ham ishlab chiqdi.« 0 ‘zshaharsozlik LITI» instituti Namangan, Qo‘qon, Termiz va boshqa shaharlar mufassal rejasining bosh reja hamda loyihalarining mutlaqo yangi talab va sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqdi. Shuningdek Islomobod tuman markazini qayta tiklash bosh rejasi, To‘raqo‘rg‘on (Namangan viloyati), Asaka, Poytug' va Marhamat (Andijon viloyati), G'ijduvon va Kogon(Buxoro viloyati), Bulung'ur va Uigut (Samarqand viloyati), Nukus, Qo‘ng‘imt va Beruniy (Qoraqalpog'iston Respublikasi) shaharlari bosh rejalari va tuman rejalarining qator tarhi ishlab chiqildi. Quvonch bilan ta’kidlash joizki, sanab o'tilgan ishlaming ko'pchiligi dadil amalga oshirilmoqda. Yana shuni ta’kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq institutning ijodiy jamoasi boshqa tashkilotlardan qator mutaxassislami jalb etib, « 0 ‘zbekiston respublikasi hududida aholini joylashtirib chiqishning bosh rejasi»ni ishlab chiqmoqda, u
shaharsozlikni loyihalashtirishning barcha keyingi bosqichlari uchun asosiy hujjat bo'lib qoladi. 2015-yilgacha bo'lgan davrda Toshkent shahrini rivojlantirish bosh rejasi tarhi («Toshkentboshreja» instituti, mualliflar jamoasi) mustaqillik yillarida yangi sharoitlarda shaharsozlikni rejalashtirishga harakat qilingan asosiy shaharsozlik hujjati hisoblangan birinchi yirik ishdir. «Bosh reja tarhi» yangi suveren davlatning poytaxti sifatida Toshkentning shahar muhiti va infrastrukturasi ilgarigiga qaraganda yanada yuqori andazalarga muvofiq olg'a qarab rivojlanishini ko'zda tutadi. Shahar va uning shaharatrofi mintaqalari rivojlanishini baravar rejalashtirish loyihaning muhim konseptual jihati hisoblanadi.
Bu vazifalaming muvaffaqiyatli bajarilishi Toshkent va Toshkent mintaqasi xalq xo'jaligini bundan keyin ham ixtisoslashtirish, poytaxtligini kuchaytirish maqsadida Toshkentni oddiy xalq xo'jaligi vazifalaridan xoli qilish bilan bog'liq. Sluinga ko'ra boshqamv, xalqaro hamkorlik, madaniyat va san’al, Ian hamda tcxnika, oliy malakali mutaxassislar tayyorlash sohalari rivojluntiriladi. Jahonning peshqadam davlatlari poytaxtlarining darujasiga muvofiq keladigan va shahar aholisi hayoti uchun qulay sharoitlarni la’minlaydigan shahar muhiti yaratishham Toshkentni rivojlantirishning muhim maqsadi hisoblanadi. Xavfsizlikni, aholi mehnati, turmushi va dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratishni, hududdan iqtisodiy hamda ekologiya jihatdan samarali foydalanishni nazarda tutish reja tarhini tartibga solishni va uzoq kelajakka Toshkentning hududiy rivojlanishini hisobga olib chegaralami o'zgartirishni talab etadi. Shunga ko'ra, shahar qulay, ixcham qiyofa kasb etmog'i, tashqi halqa avtoshohrohi bilan qurshab
olinmog'i kerak; shunda hudud 42,5 ming ga ortadi. Bugungi Toshkent O'zbekistonning eng yirik iqtisodiy markazidir. Biroq bozor munosabatlarini shakllantirish shartlari va uning poytaxt sifatidagi roli faqat sanoat emas, balki bozor infrastrukturasi rivojlangan moliyaviy-iqtisodiy markaz sifatida ham Toshkentning iqtisodiy ahamiyatini kuchaytirish maqsadga muvofiqligini aniqlab berdi.Turar-joy qurilishi eng muhim iqtisodiy vazifalardan biri bo'lib
qolmoqda. Navbatdagi davrda yangi turar-joy qurilishi zarurati bilan bir qatorda mavjud tub turar-joy jamg'armasini saqlab qolish va yangilash muammosi ko‘ndalang turibdi. Aholi nufusi o‘sishi munosabati bilan turar-joy bilan ta’minlash darajasi pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shahar turar-joy jamg'armasi umumiy maydoni 47 mln. kv.m dan kam bo'lmasligi, foydali ko'rsatkich 51 mln kv.m dan iborat bo‘lmog‘i kerak. 9, 12 qavatli binolar ulushini kamaytirishning va iqlim sharoitlariga ko‘proq mos keladigan ekologik qulay 3—4 qavatli turar-joy binolari qurishni kuchaytirishning ijobiy tomonini ta’kidlamoq lozim. Kontinental miqyosdagi aloqalar makrotizimi unsuri sifatida Toshkent va Toshkent mintaqasi transport-aloqa tizimini rivojlantirishga quyidagilar kiradi:
avtomobillashtiiish darajasi keskin ko‘tarilganda uzluksiz harakatning avto-transport oqimlarini ta’minlash uchun zarur shohrohlar asosida shohrohlaming sifat jihatdan yangi tarmog'ini bosqichmabosqich shakllantirish;
ommaviy yolovchi transporti, xususan, mctropoliten vatezyurar tramvay (shaxsiy avtomobillar oqimini pasaytirish vositasi sifatida) tizimini rivojlantirish va sifatini oshirish, jamoat transportiga keng yo‘l ochish (yo‘lovchilar oqimi 70 % dan kam bo'lmasligi kerak);
tashqi transportni rivojlantirish, jumladan, yangi xalqaro aeroport qurish, Toshkent temir yo‘l tarrriog‘ini to'la clcktrlashtirib chiqish, ichki shahar temir yo‘li va yangi uchinchi vokzal qurish bo‘yicha takliflar.Tarihda hududning muhandislik ta’minotining barcha turlari bo‘yicha muhandislik infrastrukturasini rivojlantirish, ayni damda ilmiytexnik taraqqiyot va resurslami saqlash (exnologiyalari yutuqlari asosida mavjud inshootlar va kommunikasiyalarni qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Bosh reja loyihasini rivojlantirish uchun issiq suv, gaz bilan ta’minlash va telekommunikasiyalaming sohaviy tarhlari, shuningdek eng muhim rejaviy qismlar, jumladan, shahar markazini mufassal rejalashtirish loyihasi va Toshkent eski shahar qismini mufassal rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilgan edi.Toshkent eski shahar qismini mufassal rejalashtirish loyihasi zamonaviy poytaxt shahar sharoitida diniy va turar-joy, arxitekturasi yodgorliklari mavjud «eski shahar» deb ataladigan tarixiy joyning o‘ziga xosligini saqlab qolish maqsadida ishlab chiqilgan. Shaharning bu qismi uchun aholi istiqomatining, xususan muhandislik jihozlanishi va transport xizmati jihatidan zamonaviy andozalami ta’minlash alohida vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda asosiy «o‘q» ko‘chalami kengaytirish va qisman to‘g‘rilash, turar-joy uylarining ayrimlarini qayta qurish, irrigatsiya tarmog‘ini o‘rnatish, hududni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish talclif etilgan. Toshkent tarixiy qismini qayta qurish amaliyoti so‘nggi yillarda talay ishlar qilinganidan guvohlik beradi. Jumladan «Eski Toshkent» hududida keng miqyosda mahalla bo‘lib yashash tamoyili tiklangan. Shimoli-g'arb, Shahriston, Olma/or-Olqchi, Qoratosh, Ko‘kcha va hokazolar qayta qurilib, guzarlar, mahalla markazlari boshqatdan tiklandi. Forobiy-Chig‘atoy, Sag'bon, Qorasaroy singari shohrohlar qayta qurildi, gazlashtirildi, kanali/asiya tortildi va telefonlashtirildi.
Eski shahar va Yunusobodni bog'lovchi yangi yo‘l hamda ko‘priklar qurilishi shu yo‘nalishda transport harakatini tezlashtirdi va tartibgasoldi. Qayta tiklanmaydigan va eski turar-joylar bo'lgan maydonlarda kattejlar, past qavatli va ko'p xonadonli turar-joy uylari, savdo muassasalari, sport majmualari va yangi jamoat binolari qurilmoqda.

Download 37.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling