Nima deb o`ylaysiz…


Download 21.58 Kb.
Sana22.05.2020
Hajmi21.58 Kb.
#109146
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word


“Nima deb o`ylaysiz….” rukni ostidagi insho

Badiiy asarlarning inson hayotidagi o`rni

Reja:

1.Badiiy adabiyotning o`quvchi tarbiyasidagi ahamiyati.



2.Said Ahmad hikoyalari “Ona obrazi”.

3.Asardagi o`zbekona urf –odatlarning noloyiq farzand tomonidan qadrsizlanishi.

4.Hikoyadan olgan taassurotlarim.
Badiiy adbiyot insoniyat hayotini charog`on etishi , inson umriga nurafshonlik baxsh etib , ma`naviy olamini shakllantirishi va yuksaltirishi mumkin. Yana shuni ta`kidlash joizki birinchi prezidentimiz Islom Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” asarida adabiyotning inson hayotidagi o`rni va ahamiyatiga alohida to`xtalar ekan jumladan “Insonni uning ma`naviy olamini kashf etadigan yan bir qudratli vosita borki u ham bo`lsa so`z san`ati badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb shoir va yozuvchilarning inson ruhining muhandislari deb ta`riflanishi bejiz emas albatta”. Agar diqqat qilgan bo`lsangiz bu so`zlarning ma`no va mazmuni juda keng bo`lib bizni adabiyotni yanada chuqur o`rganishga undaydi.

Adabiyot biz o`quvchilarning o`z fikrlarimizni ochiq oydin gapirishimizda, ma`naviy ruhiy yuksalishimizda keng omil bo`la oladi. Chunki adabiyotni o`qigan kishi qalbida shunday ajib bir tuyg`u paydo bo`ladiki bu tuyg`uni hatto men ham ifodalab berolmayman. Xo`sh, inson ma`naviyatining , ruhiyatining rivojlanishida adabiyot, kitob mutolaasi qanday o`rin tutadi? Meni o`ylashimcha o`quvchilarning kitobga oshno tutunishlari ularning og`zakki nutqlari, o`z fikrlarini keng bayon qilishda katta yordam beradi. O`quvchilarni adabiyotga yanada qiziqtirish uchun ko`plab tanlovlar, maktablarda o`tkazilayotgan mushoira kechalari bunga yaqqol misoldir. Etibor beradigan bo`lsak adbiyotni ko`p o`qigan tengdoshlarimiz bizdan ancha ajralib turadilar, ularning gapirishlar-yu, xatto ularning yurush turishlari, odob ahloqi o`zgacha ekanligini ko`rishimiz mumkin.


Har bir o`quvchining o`ziga yoqqan shoir va yozuvchisi bo`ladi. Shu singari mening ham o`z asarlari va hikoyalariga jalb qilgan yozuvchi Said Ahmaddir.Biz bilamizki yozuvchining har bir asarlari millionlab muxlislarga ega. Jumladan men o`qigan asar va hikoyalar ichida menga eng yoqqani bu “Qorako`z majnun” nomli hikoyasidir. Undagi har bir so`z va voqeliklar hikoyani o`qiyotgan insonni o`ziga yanada jalb qiladi. Bunda asosan ona obrazi menga juda ham yoqdi. Negaki har bir ona qalbida bolalariga bo`ladigan muhabbati, uning bardoshi, metindek mustahkam irodasi har bir muxlis qalbidan o`zgacha o`rin egallashi hech gap emas albatta.Ona har tong xudodan bolalariga insof so`rar, bir qizni deb o`ris yurtlarda yurgan o`glini eslar, guldek umri xazon bolayotgan qizi Qumriga baxt tilar edi.Har bir ona borki farzandlari unga mehribon bo`lishini istaydi.Ammo Bo`rixon bunday emasdi.Keksayib qolgan Saodat aya bir necha o`n yildan beri harbiyga ketib,o`sha tomonlarda yurgan o`g`lini kutar edi.Shu o`rinda yozuvchining yana bir “Ufq” nomli romani yodimga tushdi.Hozir men o`qigan “Qorako`z majnun” hikoyasiga qaysi bir tomonidan o`xashab ketardi. Bunda ham ona va bolaning munosabati, ular o`rtasidagi mehr-muruvvatning yo`qligi mening ko`nglimni bir oz g`ash qildi. Bu yerda yana meni o`ziga jalb qilgan obrazlardan biri it bo`lib uning Saodat ayaga bo`lgan vafodorligi,begona kishilarni uning yoniga yaqinlashtirmasligi yanada ta`sirli. Itning yana bir jihati meni o`ziga tortdi uning doim kampir bilan bir xil kafyitda , xafa bo`lsa xafa, xursand bo`lsa xursand, kampir o`yga cho`msa u ham o`y surgandek jim bo`lar edi.Xatto Saodat ayaning Qorako`zga bo`lgan munosabati o`z farzandlariga bo`lgan munosabatidan ko`ra kuchliroq edi.

Sizlardan qaysi biringiz o`z dinidan

qaytsa va shu kofirligicha o`lsa, bas,ana

o`shalarning qilgan savobli amallari bekor

bo`lur ular do`zax ahlidurlar va u yerda

mangu qolurlar.

Baqara surasi ,217-oyat.

Hikoyani yana bir oz esga olaylik, unda Bo`rixonning o`z dinidan chiqib boshqa dinga o`tganini bilamiz. Shu bilan bir qatorda o`z onasidan, jigarlaridan ham voz kechdi. U bu ishi bilan o`zbegimning qadimiy urf – odatlarini ham buzdi. Aslini olganda o`zbek farzandi ota – onasini qadrlaydi, ularni ko`klarga ko`tarib hurmat qiladilar. Kerak bo`lsa onalarining poylarini o`pib jannatim onam deb qadrlaydilar. Ammo Bo`rixonning qilgan ishlarini mening nazdimda hech ham oqlab bo`lmaydi.Shu o`rinda bir savol keladi. Nima uchun Bo`rixon o`zbekka o`xshamay qolgan ? Sababi shundaki uning qalbida na iymoni , na dinga bo`lgan e`tiqodi va na o`z vataniga bo`lgan mehr tuyg`ulari uni hech ham o`ylantirmagan. Agar u shu narsalar haqida o`ylaganda edi bunday ishlarni balkim qilmasdi. Shu birgina qiz o`zining oilasidan, vatanidan, ota –onasidan vos kechishga undadi. U bo`lsa iymonining sustligi tufayli bu narsalardan vos kechdi. Xatto mushtipar onasini ham o`ylamadi. Onasi bunday bo`lganini bilganidan so`ng uni xatto namozlarida ham eslamay qo`yadi. Shunday ekan tengdoshim bizlar ham mana shunday Bo`rixonga o`xshab iymoni sust, vatanga noloyiq farzand bo`lmaylik. Aksincha biz shunday bo`laylikki hammaning bizga xavasi kelsin.

Men bu hikoyani o`qib tugatar ekanman undagi har bitta obraz menga o`zgacha taassurot qoldirdi . Nega deysizmi? Bu hikoyani o`qish davomida men shuni tushundimki, har bir farzand ota- onasi uchun qadrli bo`lgani kabi, biz farzandlarga ham ota- onalarimiz shunday qadrli bo`lishlari kerak deb o`ylayman. Chunki har bir mushtipar ona farzandini dunyoga keltirar ekan farzandiga mehr beradi uni katta qiladi o`qishi va boshqa ishlari uchun tinim bilmay mehnat qiladi. Biz farzandlar shunga javoban nima qilyabmiz? Ota –onamiz bizlarni avaylagandek biz ham ularni avaylayabmizmi? Ular bizga bergan mehrlarini biz ham bera olyapmizmi? Ming afsuslar bo`lsinkim ba`zi bir noloyiq farzandlar xuddi Bo`rixonga o`xshab ota- onasini tashlab boshqa yurtlarga ketgan yurtdoshlarimizga maslahatim shuki ”Kech bo’lmasdan ortga qayting”. Zero bu duyoda hamma bir biriga g`animat ekan Qachon kelishi qachon ketishi nomalum shu sababli ota- onangiz borligida qo`lingizdan kelgancha ularni avaylab asrang.

Yana shuni ta`kidlash joizki hozirgi kunda yurtimizga kelgan “Karona virusi”



Epidemiyasi bizlarni yanadda hushyorlikka chorlaydi. Biz bunday paytda uydan tashqariga chiqmay karantin qoidalariga rioya qilishimiz kerak.Prezidentimiz bu haqida har kuni gapirib o`tmoqdalar. Biz yoshlar ham bunda o`z hissamizni qo`shishimiz uyda qolgan xolda darslarimizni o`z vaqtida bajarishimiz zarur. Karantin payti bo`lishiga qaramay biz o`quvchilarga ajratilgan onlayn darslarni o`z vaqtida bajarib boraylik.
Download 21.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling