Nizo bu o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug‘ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq


Download 21.27 Kb.
bet1/6
Sana06.12.2021
Hajmi21.27 Kb.
#178926
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mavzu 5


1-Reja: Yoshlar guruhi o‘rtasidagi nizolar

"Nizo — bu o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug‘ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq".

Adovat, ixtilof, nifoq tufayli o‘zaro janjallar sodir bo‘ladi. Odamlar janjal haqida o‘ylaganlarida dushmanlik, qo‘rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi.

Nizo qanday xarakterga ega bo‘lmasin va u qay darajada katta bo‘lmasin, barcha hollarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil qilinishi lozim. Rahbar har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va ob’yektivlik bilan yetishi, tegishli xulosalar chiqarishi kerak.

Sotsiologlar tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, "ruhiy iqlim" yaxshi bo‘lgan hamda intizom ancha yuqori bo‘lgan joyda faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar yuksak emas, balki nizolar ham anchagina kam, xodimlarning o‘z mexnatidan katta qoniqish olayotgani ko‘zga tashlanib turadi. Xodimlar noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab chiqarishning ba’zi jihatlarini yaxshilash, bu bilan mehnat unumdorligini oshirish istagining natijasi sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Jamoa a’zolarining prinsipialligi hamda kamchiliklar bilan murosa qilmaslik istagi jamoaning yuksak faolligi va tashabbusi tufayli yuzaga keladi.

Nizo sabablari

1. Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik.

2. Vazifalarning — o‘zaro bog‘likligi.

3. Maqsadlardagi har xillik.

4. Erkinlik, mustaqillik va o‘z qadrini bilishdagi har xillik.

5. Manmanlik, qaysarlik.

6. Kommunikasiya — o‘zaro aloqaning qoniqarsizligi.

 Nizolarning asosan to‘rt xili ko‘p uchrab turadi

Ichki shaxsiy nizo bir kishining o‘ziga bir-biriga zid topshiriqlar berilib, rahbarning pirovard talabi bir-biriga mos kelmay, bajaruvchi bunday holda nima qilishini bilmay xunob bo‘lgan hollarda vujudga keladi. Masalan, universal magazinda bo‘lim boshlig‘i sotuvchidan ish joyidan bir qadam ham jilmay, xaridorlarga xizmat qilishni talab qildi, deylik. Keyinroq esa u sotuvchidan bu ishga nihoyat ko‘p vaqt sarflagani va natijada bo‘limni yangi tovarlar bilan to‘ldirmaganidan shikoyat qilsa, bunday talab oldingi talabga zid bo‘lib chiqadi. Natijada sotuvchi nima qilishni bilmay xunobi oshadi. Mana Sizga nizoli vaziyat.


Download 21.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling