Normamatova ijtimoiy ish nazariyasi


Download 1.31 Mb.
bet1/94
Sana23.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1391917
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
M.N. NORMAMATOVA


IJTIMOIY ISH NAZARIYASI


O‘quv QO‘LLANMA


SamDU kengashining majlisida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan 2020-yil 28-yanvar, 6-sonli qarori.




Samarqand – 2020
UDK: 36.1(575.1)
BBK 65.9
N 25


Normamatova M.N. Ijtimoiy ish nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. – SamDU 2020. – 274 b.


Mazkur o‘quv qo‘llanma “5520100 - Ijtimoiy ish (Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish)” mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun mo‘ljallab yozilgan. Qo‘llanma Ijtimoiy ish nazariyasi fanidagi ijtimoiy ishning faoliyatini mustaqil shakli sifatida yuzaga kelishi, “Ijtimoiy ish” tushunchasining mohiyati va mazmunini chuqurroq anglashda talabalarga metodik manba vazifasini o‘taydi. Shuningdek, qo‘llanmada ijtimoiy ishning maqsad va vazifalari, obyekti va subyekti, qadriyatlari, faoliyat sohalari bilan o‘zaro bog‘liqligi, ijtimoiy ish darajalari, funksiyalari, ijtimoiy ish xodimining shaxsiy va kasbiy sifatlari, faoliyatning mustaqil sohasi shaklida rivojlanishi, tizim va jarayon sifatidagi o‘rni tahlil qilingan.


Mas’ul muharrir: prof. Sh.S.Qushokov
falsafa fanlari doktori


Taqrizchilar: sotsiologiya fanlari nomzodi Yu.Salimov
Falsafa fanlari doktori professor J.Yaxshilikov
ISBN 978-9943-6230-5-7

© Normamatova M.N, 2020


© Samarqand davlat universiteti, 2020
KIRISH
Jamiyatda sodir bo‘layotgan murakkab va ziddiyatli ijtimoiy hodisalar davlat siyosatining ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yo‘nalishlariga diqqatni jamlashni talab etadi. Ayniqsa, O‘zbekistonda jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy muhofazalashning samarali tizimini yaratish vazifasi muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodda yangi iqtisodiy munosabatlar va texnologiyalar tomonidan shakllantirilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, turmush tarzini individuallashuvi, qadriyatlar tizimi plyurallashuvi ijtimoiy ishni zamonaviy jamiyat hayotini barqarorlashtiruvchi, muvozanatni saqlovchi, farovonlikni oshiruvchi omilga aylantirdi.
Ijtimoiy munosabatlar sohasida davlat siyosatining mazmuni ijtimoiy ish nuqtai nazaridan farovonlik, turmush sifatini oshirish, shaxsni ijodiy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaratish, muhtojlarni samarali ijtimoiy muhofazalash tizimini shakllantirishdan iborat. Buni amalga oshirish jamiyatda ijtimoiy ishni rivojlanishi va ijtimoiy ish xodimlarining kasbiy mahorati darajasiga bog‘liq.
O‘zbekistonda ijtimoiy ish kasbiy faoliyat sohasi sifatida yaqindan beri rivojlanayotgan bo‘lsa-da, mamlakatda aholi turli qatlamlariga ijtimoiy, psixo-pedagogik, reabilitatsion yordam ko‘rsatish dasturlarini ro‘yobga chiqarish borasida katta tajriba mavjud. So‘nggi o‘n yillikda mamlakatimizda xorijiy kontsepsiyalar va texnologiyalar hamda boy an’anaviy ijtimoiy va pedagogik fikrlarga tayanuvchi ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyoti jadal rivojlanmoqda.
Ijtimoiy ish – butun dunyoda tan olingan, insonga insonparvarlik munosabatining namoyon bo‘lishini aks ettiradigan tushunchadir. U injil (bibliya) davrida xayr-ehson, diniy me’yor, yordamga muhtoj insonlarga gumanitar yordam tizimi sifatida vujudga kelgan. Faqatgina o‘tgan asrdagina ijtimoiy ish maxsus tayyorlov lozim bo‘lgan mustaqil fan sifatida tan olindi.
Ijtimoiy ishchilarni tayyorlaydigan ilk maktablar G‘arbiy Evropa va AQSh davlatlarida XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida paydo bo‘lgan. Hozirgi kunda hech kim ijtimoiy ishchilarsiz dunyoni faraz qilmaydi. Chet elda yuz yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan ijtimoiy ish sohasi serqirra va turlichadir.
“Ijtimoiy ish nazariyasi fani” bo‘lajak mutaxassisning kasbiy madaniyatini oshirishga, uni tarixiy zaminlari, muhtojlarga yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashning umumjahon amaliyoti tarixiy jarayonida shakllangan insonparvarlik qadriyatlari bilan boyitishga yo‘naltirilgan.
Mazkur kursning maqsadi talabalarda ijtimoiy ishning mazmun-mohiyati, shakllari, metodlari, texnologiyalari, axloq tamoyillari va huquqiy ta’minoti borasida batafsil taassurot hosil qilishdan iborat. Ushbu soha bo‘lajak mutaxassislarida ijtimoiy himoya, ijtimoiy xavfsizlik, ijtimoiy ta’minot, shuningdek, sotsial menejment sohalarini to‘g‘ri anglash va amaliy faoliyat yuritishi ko‘nikmalarini hosil qiladi. Shuningdek, talabalarda jahon sivilizatsiyasida yordam va qo‘llab-quvvatlash institutlarining tarixiy shakllari, modellari rivojlanishining evolyutsion yo‘li haqida tizimli tasavvur shakllantirishdan iborat.
Ijtimoiy ish nazariyasi fanini o‘qitishdan maqsad:

  • talabalarda ijtimoiy ish kasbiy sohasi, insonni anglash tarmoqlari, uning tamoyillari va asosiy kateogriyalari borasida nazariy bilim hosil qilish;

  • ijtimoiy ish nazariyasining predmeti, obyekti va metodlarini alohida ko‘rsatish. Ijtimoiy ishni fan sifatida talqin etish;

  • ijtimoiy ishning sotsiologik, psixologik, axloqiy asoslarini tahlil etish;

  • ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyotida qo‘llaniluvchi asosiy tushunchalarni tizimlashtirish;

  • aholi turli qatlamlari bilan ijtimoiy ishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatish;

  • jamiyatni turli sohalarida ijtimoiy ishning asosiy yo‘nalishlari xususiyatlarini belgilash;

  • ijtimoiy texnologiyalarni umumlashtirish, turkumlash, shuningdek, ularning me’yoriy bazasini tavsiflash;

  • ijtimoiy ish nazariyasining xorijiy modellarini tahlil qilish;

  • ijtimoiy ish faoliyatida yuzaga keluvchi nazariy va amali murakkabliklarni ta’riflash;

  • zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy ishning o‘rni va roli. Rivojlanish istiqbollarini ochib berish;

  • tarixiy-qiyosiy metod asosida talabalarga chet eldagi va vatanimizdagi xususiy, jamoatchilik va davlat tomonidan ijtimoiy yordam amaliyotining o‘ziga xos tomonlari haqida tushunchani shakllantirish;

  • talabalarda dunyo mamlakatlarida aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning tarixiy amaliyotiga tizimli, tanqidiy, qadriyatli munosabatni shakllantirish;

  • talabalarga tarixiy tahlil asosida uning ijtimoiy ishning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini, uning institutsional shakl va modellarini baholashni o‘rgatish.

Fanning vazifasiga talabalarni yuqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, tizimli va mustaqil fikrlashga, jamiyatda barcha insonlariga yordam ko‘rsatish tamoyillarini targ‘ib etishga o‘rgatishdan iborat.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling