Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 02 Issue: 01 | 2022
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
489
OHAKTOSH KONLARINI PORTLATISHSIZ QAZIB-YUKLASHGA
TAYYORLASHNING SAMARALI USULINI TANLASH
Ochilov Sh. A., Umirzoqov A. A., Karamanov A. N., Kushnazorov I. S., Botirov E. A.,
Suvonqulov J. Sh.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Annotatsiya: Maqolada Respublika miqyosida ohaktosh konlarini qazib olish hajmini oshirishda
samarali tizim va texnologiyalarni qo’llashni ilmiy asoslash ko’zda tutilgan. Respublikamizda
qurilish ishlari hajmining ortishi, qurilish materiallarining import hajmini kamaytirish, o’rnini
mahalliy xomashyo materiallari bilan almashtirish, shu bilan birga qurilish materiallarini qazib
olishga bo’lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti
sharoitida iste’molchilarga raqobatbardosh, sifatli va tannarxi arzon xomashyo yetkazib berish
eng ustivor va dolzarb masaladir. Ohaktosh xomashyosi va mahsulotlarining narxi arzonligi
tufayli mazkur konlarni qazib olishning zamonaviy va iqtisodiy samarador variantini tanlash
o’ziga yarasha murakkablikni talab etadi. Ohaktosh konlarini burg’ilab-portlatishsiz qazib olish
esa mahsulot qazib olish tannarxiga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Ohaktosh konlarida qazib olish
ishlarini bajarish mobaynida atrof-muhit va aholi yashash obyektlariga ko’rsatadigan
zararlarining oldini olish ham muhim masalalardan biridir. Maqolada ohaktosh konlarida kon
massasini qazib-yuklashga tayyorlashda mexanik yumshatgich mashinalarni qo’llashning
afzalliklari va kamchiliklari yoritilgan.