Oila pedagogikasi fanining o’quv dasturi


Download 40.34 Kb.
bet1/5
Sana07.02.2023
Hajmi40.34 Kb.
#1173290
  1   2   3   4   5
Bog'liq
B44FAMP, B56FAMP (Oila pedagogikasi) FD


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI






TASDIQLAYMAN”
TAFU rektori
__________________A. Umarov
2021 y. “___” __________

OILA PEDAGOGIKASI


FANINING O’QUV DASTURI

Bilim sohasi:

100000

  • Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110000

  • Ta’lim

Ta’lim yo’nalishi:

60110100

– Pedagogika va psixologiya



Fan/modul­ kodi
B44FAMP, B56FAMP

O’quv yili
2021-2022

Semestr
4,5

ECTS kreditlar
10

Fan/Modul­ turi
Majburiy

Ta’lim tili
O’zbek/Rus

Haftadagi dars soatlari
10

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Oila pedagogikasi

150

150

300

2.

I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad — bakalavriat talabalarga oilaviy hayot haqida bilim berish va oilada bolalarni tarbiyalash mazmuni, fanning rivojlanish tarixi, oila pedagogikasining ijtimoiy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy asoslari, oilaning vazifalari, turlari, zamonaviy oilalar rivojining o’ziga xos xususiyatlari, oila tarbiyasining mazmuni, metod, shakl va vositalari, oilada bolalar bilan muloqotning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, ta’lim muassasasi, o’qituvchilar, sinf (guruh) rahbarining oila bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalari bo'yicha bilim va ko'nikmalar berishdir.
Fanning vazifasi - talabalarni oilada bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga o’rgatish: oila, oilada farzand tarbiyasi muammolari, oilada ma’naviy muhit, muomala madaniyati masalalari, oilada islomiy ma’naviyatdan qadriyat sifatida foydalanish, chet elda oila, oilaviy munosabatlar va uning o’ziga xos xususiyatlari, mustaqil oilaviy hayot, oila xo’jaligini yuritishda iqtisodiy tarbiya, oilaviy tarbiya jarayonida ijtimoiy institutlarning o’zaro hamkorligini yo’lga qo’yish; oila tarbiyasining o’ziga xosliklari bilan tanishtirish; oilada bolalarni tarbiyalashning samarali shakl, metod va vositalarini tanlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-Mavzu. Oila pedagogikasi - fan sifagida
Oila pedagogikasi fanining predmeti. maksad va vazifalari. Oila pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Oila pedagogikasining ilmiy-tadqikot metodlari.


2-mavzu. Chet elda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixidan
Qadimgi Yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasi haqidagi qarashlari. Yevropa O’yg’onish davri mutafakkirlari asarlarida oila tarbiyasining aks etishi. Yan Amos Komenskiy oilada tarbiyaning o’rni haqida. Ma’rifatparvar mutafakkirlarning oila tarbiyasiga oid fikrlari. Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari.


3-mavzu. O’zbekistonda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixidan
Kadimgi davrlarda O’rta Osiyoda oila tarbiyasiga oid qarashlar. «Qur’oni Karim» va hadislar oila tarbiyasining muhim manbalari sifatida. O’rta asrlarda oila pedagogikasiga oid fikrlar. Ma’rifatparvar o’zbek pedagog-olimlari oila tarbiyasi xususida. XX asrda oila tarbiyasiga doir yondashuvlar va ularning mohiyati. Mustaqillik yillarida oila tarbiyasi masalasi.
4-mavzu. O’zbekistonda oila pedagogika fanining rivojlanishining ijtimoiy- iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy asoslari
Oila – mustaqillik yillarida davlat siyosatidagi ustuvor masala sifatida. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila masalalarinig yoritilishi. O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi.

Download 40.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling