Okoz: 08. 00. 00. 00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08. 01. 00. 00 Uy-joy fondi / 08. 01. 01. 00 Umumiy masalalar] [tsz
Download 365.19 Kb.
|
24.12.1998
[OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat] O‘zbekiston Respublikasining UY-JOY KODEKSI I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar] 1-bob. ASOSIY QOIDALAR 1-modda. Uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Agar uy-joy munosabatlari uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, yerga oid qonun hujjatlari hamda arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlarining ana shu munosabatlarni tartibga solishga taalluqli qismi qo‘llaniladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 19, 22, 23, 24, 26, 27-moddalari, 39-moddaning birinchi qismi 6-bandi, 41-moddaning to‘rtinchi qismi, 55-moddasi, 62-moddaning ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 39, 54-moddalari. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 2-modda. Uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar Uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlari fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining quyidagi masalalar bo‘yicha munosabatlarini tartibga soladi: turar joylarga mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqining yuzaga kelishi, amalga oshirilishi, o‘zgarishi hamda bekor bo‘lishi; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 11 — 14, 17, 19 — 136-moddalari. uy-joy fondini hisobga olish; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 5-moddasining birinchi, beshinchi xatboshilari, 20-moddasi. uy-joy fondini saqlash, qarash va ta’mirlashni ta’minlash; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 3-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 5-moddasining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 6-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari, 16-moddasining ikkinchi qismi, 21, 24-moddalari, 49-moddasining ikkinchi qismi, 50-moddasining birinchi, uchinchi, to‘rtinchi xatboshilari, 62 — 64, 83-moddalari, 86-moddasi to‘rtinchi qismining birinchi, yettinchi xatboshilari, 96-moddasining birinchi qismi, 109-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi, 129-moddasining ikkinchi qismi, 130-moddasining birinchi qismi, 126, 132, 134, 135, 137, 138 va 139-moddalari. fuqarolarning uy-joy huquqlariga rioya etilishi va uy-joy fondidan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 5-moddasining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 6-moddasining birinchi, uchinchi xatboshilari, 21-moddasi, 24-moddasining uchinchi qismi. Uylarni qurish, turar joylarni qayta qurish va o‘zgartirish, muhandislik qurilmalaridan foydalanish, kommunal xizmatlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 5-moddasining birinchi, to‘qqizinchi, o‘ninchi xatboshilari, 28, 30, 31-moddalari, 96-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 19, 22, 23, 24, 26, 27-moddalari, 39-moddasi birinchi qismining 6-bandi, 41-moddasining to‘rtinchi qismi, 55-moddasi, 62-moddaning ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 39, 54-moddalari. Agar qonunda yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalari chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi uy-joy munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladi. [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang); 2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari; 3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.02.00 Uy-joy fondini boshqarish] 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida: Oldingi tahrirga qarang. uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini yuritadi, uy-joy sohasini rivojlantirishning davlat kompleks dasturlarini qabul qiladi; (3-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda) uy-joy xo‘jaligi va kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha davlat boshqaruv organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi; turar joylarni taqsimlash hamda arenda, ijara shartnomalari bo‘yicha fuqarolarga berish, shuningdek ularni almashtirish hamda sotish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq to‘lash tizimini tartibga soladi; kompensatsiya, kredit hamda ssudalar berish tartibi va shartlarini tartibga soladi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. (4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda) [OKOZ: 1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari; 2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari; 3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.02.00 Uy-joy fondini boshqarish] 5-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari Oldingi tahrirga qarang. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash; uy-joy fondini va kommunal obyektlarni boshqarishni tashkil etish; o‘z tasarrufidagi hududda kommunal xizmatlarga oid tarif siyosatini belgilangan tartibda shakllantirish; uy-joy fondini hisobga olish; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 20-moddasi. davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berish; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 6-bobi (“Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylarni berish)”, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 600-moddasining birinchi qismi, 601 — 603-moddalari. davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ulardan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yuridik shaxslarga arenda shartnomasi shartlari asosida berish; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 600-moddasining ikkinchi qismi. uy-joy fondidan foydalanilishi va uning asralishi, aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifati ustidan nazoratni ta’minlash; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 21-moddasi. aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari orasidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularni aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan ta’minlash; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 21-moddasining birinchi qismi. fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari uchun uy-joy qurish; uy-joy quruvchilarga uy-joy qurish uchun, shuningdek xususiy uy-joy mulqdorlarining shirkatlariga doimiy foydalanishga belgilangan tartibda yer uchastkalari berish; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 5-moddasining birinchi, beshinchi xatboshilari, 6-moddasining birinchi, to‘rtinchi xatboshilari, 7-moddasining birinchi, to‘rtinchi xatboshilari, 20, 27-moddalar, 61-moddasining birinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi, 35-moddasi. uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatuvchi kommunal xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va transport infratuzilmasi obyektlarining lozim darajada saqlanishi hamda rivojlantirilishini ta’minlash; davlat uy-joy fondining turar joylarini bronlashtirish va almashtirish; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 13-bobi (“Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joyni bronlashtirish)”. qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. (5-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 24-moddasining ikkinchi qismi, 25-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, ikkinchi, uchinchi qismlari. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.02.00 Uy-joy fondini boshqarish] 6-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida: fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini ta’minlashda ko‘maklashadi; Oldingi tahrirga qarang. kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; (6-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasi birinchi qismining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 12-moddasi birinchi qismining birinchi, oltinchi xatboshilari, 16-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari”ning 44-bandi. Oldingi tahrirga qarang. kam ta’minlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; (6-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni 13-moddasi uchinchi qismining birinchi, o‘n sakkizinchi xatboshilari. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar] 2-bob. UY-JOY FONDI. TURAR JOY 7-modda. Uy-joy fondi Uy-joy fondi – inson yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joydan, shu jumladan uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylardan (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylardan) iborat bo‘lgan fond. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 9-moddasining birinchi qismi, 10-moddasi, 75-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 81-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-bandi. Uylarda joylashgan savdo, maishiy va nosanoat yo‘nalishidagi o‘zga ehtiyojlarga mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar uy-joy fondiga kirmaydi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.03.00 Xususiy uy-joy fondi / 08.01.03.01 Fuqarolarning mulkidagi uy-joy fondi (yakka tartibdagi uy-joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan va sotib olingan kvartiralar, Uy-joy qurilishi kooperativi va Uy-joy kooperativiga qarashli uylardagi kvartiralar); 2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.03.00 Xususiy uy-joy fondi / 08.01.03.02 Nodavlat yuridik shaxslar mulkidagi uy-joy fondi; 3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.04.00 Davlat uy-joy fondi / 08.01.04.01 Munitsipal uy-joy fondi; 4.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.04.00 Davlat uy-joy fondi / 08.01.04.02 Idoraviy uy-joy fondi; 5.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.04.00 Davlat uy-joy fondi / 08.01.04.03 Maqsadli foydalanishga mo‘ljallangan kommunal uy-joy fondi] 8-modda. Uy-joy fondi turlari Uy-joy fondi xususiy va davlat uy-joy fondlaridan iboratdir. Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi: fuqarolar mulki bo‘lgan uy-joy fondi (yakka tartibda qurilgan uylar, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda olingan kvartiralar va uylar, uy-joy qurish hamda uy-joy kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari to‘liq to‘langan kvartiralar, fuqarolar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda mulk qilib olingan kvartiralar va uylar); xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan va ularning mablag‘lari hisobidan qurilgan yoki auksionda yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan uy-joy fondi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning II-bo‘limi (“Xususiy uy-joy fondi”), O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 182 — 187-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi. Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi: Oldingi tahrirga qarang. mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi; (8-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda) davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining to‘la xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan idoraviy uy-joy fondi; mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, shuningdek xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning III-bo‘limi (“Davlat uy-joy fondi”), O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 3-bandi. 9-modda. Turar joy, undan foydalanish maqsadi Fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi. Turar joy ko‘chmas mulk hisoblanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 83-moddasining ikkinchi qismi. Ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarni sanoat ehtiyojlari uchun ishlatish, ijara yoki arendaga berish man etiladi. Ko‘p kvartirali uydagi turar joyga boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni ushbu joy yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar turkumiga belgilangan tartibda o‘tkazilganidan keyingina joylashtirish mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomining 46 — 498 bandlari. Oldingi tahrirga qarang. Belgilangan tartibda kasanachilik mehnati amalga oshirilayotgan turar joylarni yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish talab etilmaydi. (9-band O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 21-iyundagi O‘RQ-36-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 25-26-son, 225-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 2-bandining to‘rtinchi xatboshisi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kasanachilik to‘g‘risida”gi nizom 4-bandining ikkinchi xatboshisi. 10-modda. Turar joylarning turlari Turar joylarga quyidagilar kiradi: uylar; ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar; boshqa imoratlardagi yashash uchun mo‘ljallangan xonalar va o‘zga turar joylar. 11-modda. Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi Turar joy xususiy yoki davlat mulki bo‘lishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkchilikning bir shaklidan boshqa shakliga o‘tishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 182, 184, 185-moddalari va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasining birinchi qismi, 4-5, 7, 8, 16 — 22-moddalari. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat turar joyga bo‘lgan mulk huquqining subyektlaridir. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16, 39, 79, 168-moddalari. Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi muddatsiz bo‘lib, fuqarolar va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda shaxsning o‘ziga tegishli turar joyga o‘z xohishi va manfaatlariga ko‘ra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqi buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Turar joylarning ko‘rinishini o‘zgartirishga, ularni qayta qurish yoki buzishga mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-moddasi, 207-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 127-sonli “Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1, 2-bandlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 44-bandi. Uylar, kvartiralar, uyning bir qismi, kvartiraning bir qismiga (bundan buyon matnda uylar, kvartiralar deb yuritiladi) bo‘lgan xususiy mulk miqdor, o‘lcham va qiymat jihatdan cheklanmaydi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 207-moddasi. Xususiy mulk bo‘lgan uylar, kvartiralar olib qo‘yilishi, mulkdor esa uyga, kvartiraga mulk huquqidan mahrum etilishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 199, 200, 202 — 206-moddalari. Turar joy faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda sudning qaroriga asosan majburiy tarzda olib qo‘yilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 199, 200, 202 — 206-moddalari. 12-modda. Mulkchilik, egalik qilish munosabatlarining o‘zgarishi Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari mulkchilikning boshqa shakliga o‘tganda yoki ular qayta tashkil etilganda ularning to‘la xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan uy-joy fondi ushbu korxona, muassasa va tashkilotlar huquqiy vorislariga (agar ular aniqlangan bo‘lsa), boshqa yuridik shaxslarga mulk qilib yoxud ularning to‘la xo‘jalik yuritishiga yoki operativ boshqaruviga yoxud belgilangan tartibda fuqarolarning barcha uy-joy huquqlarini, shu jumladan uy-joyni xususiylashtirish huquqini saqlagan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga o‘tkazilishi lozim. Bunda uy-joyning yangi mulkdori, egasi ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi bo‘lib qoladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50, 176, 178-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. 13-modda. Turar joyga bo‘lgan mulk huquqini, boshqa ashyoviy huquqlarni hamda turar joyga oid bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqaga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasi, 111-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 210-moddasining birinchi qismi, 488-moddasining ikkinchi qismi, 497-moddasining ikkinchi qismi, 504-moddasining beshinchi qismi va 513-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni hamda uy-joyga oid bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va unga doir bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda amalga oshirilib, ushbu organ mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki bitim ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida hujjat beradi yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ust-xat yozib qo‘yadi. (13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi O‘RQ-83-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining ikkinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning I (“Umumiy qoidalar”), II (“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni axborot tizimi kompleksidan foydalanib “bir oyna” prinsipi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”), IV bo‘limlari (“Binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”). Turar joyga bo‘lgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni hamda turar joyga oid bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari buzilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining beshinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 26 (“Umumiy qoidalar”), 27-boblari (“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan shikoyatlar”), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 117-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi 18-sonli “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining “d” kichik bandi. 14-modda. Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi vujudga kelishi, boshqaga o‘tishining xususiyatlari Belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida yangi qurilayotgan uyga mulk huquqi uy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining birinchi qismi, 488-moddasining ikkinchi qismi, 497-moddasining ikkinchi qismi, 504-moddasining beshinchi qismi, 513-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning I (“Umumiy qoidalar”), II (“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni axborot tizimi kompleksidan foydalanib “bir oyna” prinsipi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”), IV bo‘limlari (“Binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”). Uyning, kvartiraning oldi-sotdi va ayirboshlash shartnomasi yozma shaklda, taraflar imzolaydigan bitta hujjatni tayyorlash yo‘li bilan tuziladi hamda u notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining birinchi qismi, 488-moddasining ikkinchi qismi, 497-moddasining ikkinchi qismi. LexUZ sharhi Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-fevraldagi 92-sonli “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi. Uyning, kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Sotib oluvchi sotib olganidan keyin qonunga muvofiq turar joydan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan shu uy, kvartirani oldi-sotdi shartnomasining muhim sharti – bu shaxslarning ro‘yxatini sotilayotgan turar joydan foydalanish huquqlari ko‘rsatilgan holda tuzishdan iboratdir. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 111-moddasi. Umrbod ta’minlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qoidalariga rioya etilgan holda notarial tasdiqlanishi kerak. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 531-moddasining uchinchi qismi. Turar joyni almashtirishga ushbu Kodeksda hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda yo‘l qo‘yiladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 106-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 497-moddasining ikkinchi qismi. Uyni, kvartirani hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 504-moddasining beshinchi qismi. Davlatga qarashli uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 210-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-5, 7, 8, 16 — 22-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 7-maydagi PF-4-sonli “Ulug‘ vatan urushi nogironlariga, qatnashchilariga, baynalmilalchi jangchilarga va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga sovet xalqining Ulug‘ vatan urushidagi g‘alabasining 45 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan qo‘shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi, 1990-yil 13-noyabrdagi PF-93-sonli “Barcha turdagi maktablarning o‘qituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qo‘shimcha imtiyozlar berish, yuqori sinf o‘qituvchilarining ish haqini oshirish to‘g‘risida”gi, 1992-yil 5-fevraldagi PF-330-sonli “Respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlari hamda ta’lim-yordamchi xodimlariga qo‘shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi, 1992-yil 19-avgustdagi PF-455-sonli “Uy-joylar xususiylashtirilishi munosabati bilan aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalashga oid qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida”gi, 1992-yil 8-oktabrdagi PF-480-sonli “Ilm-fan sohasi xodimlariga imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi, 1992-yil 11-dekabrdagi PF-505-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 7-maydagi Farmonini Afg‘oniston Respublikasida va boshqa davlatlar hududida urush harakatlarida qatnashgan fuqarolarga nisbatan joriy etish haqida”gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-martdagi 128-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlariga va o‘quv-yordamchi xodimlariga qo‘shimcha imtiyozlar berish haqida 1992-yil 5-fevraldagi Farmonini bajarish choralari to‘g‘risida”gi, 1992-yil 23-noyabrdagi 551-sonli “Toshkent shahrida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni jadallashtirishning ko‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1992-yil 29-dekabrdagi 597-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 11-dekabrdagi Farmonini ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida”gi, 1993-yil 1-martdagi 114-sonli “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida”gi qarorlari. Kooperativ uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari a’zolari pay badallarini to‘liq to‘lab bo‘lganidan keyin vujudga keladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 210-moddasining to‘rtinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi 5-bandining birinchi xatboshisi. Uy-joy obligatsiyalarini olish va ularning qolgan qiymatini bank kreditlari hisobiga to‘lash yo‘li bilan qurilgan va olingan uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi kredit to‘liq qaytarilgandan keyin vujudga keladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi 5-bandining birinchi xatboshisi. Xususiy mulkdagi uyga, kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat mulkiga o‘tkazilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 191, 502, 1120, 1157-moddalari. Uyga, kvartiraga bo‘lgan meros tariqasida o‘tadigan mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra vujudga keladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V bo‘limi (“Vorislik huquqi”). 15-modda. Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish Oldingi tahrirga qarang. Yashash uchun yaroqli bo‘lgan turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga ko‘ra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomining 46 — 498-bandlari. 16-modda. Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish Fuqarolar va yuridik shaxslar ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan bevosita belgilangan maqsadda foydalanishlari shart. Fuqarolar va yuridik shaxslar yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni, qurilmalarni hamda inventarni tegishli tartibda saqlashlari, zarur ta’mirlash ishlarini bajarishlari, sanitariya va yong‘inga qarshi qoidalarga rioya etishlari, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash choralarini ko‘rishlari shart. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismi, 11-moddasining ikkinchi qismi. Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday joylarda amalga oshirilishi ruxsat etilgan faoliyat turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilova (“Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarda joylashtirishga ruxsat berilgan faoliyat turlari ro‘yxati”). Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga nosanoat yo‘nalishidagi korxona, muassasa, tashkilotlarni, ofislarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Oldingi tahrirga qarang. 161-modda. Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar yoki yuridik shaxslar ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari bo‘lishi mumkin. Yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilaridir. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 211-moddasi, 216-moddasining birinchi — uchinchi qismlari. Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari bunday joylarning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini ta’minlashi, joylarni o‘z hisobidan joriy va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi, ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni o‘z zimmasiga olishi shart. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 7, 9-bandlari. Yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdorining ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli yashash uchun mo‘ljallanmagan joy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi. Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan o‘ziga qarashli joyni o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi hamda bu joyni o‘z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 65-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 12, 13-bandlari. (161-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda) 17-modda. Bog‘dorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan imoratlarni uylar deb tan olish Oldingi tahrirga qarang. Bog‘dorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan hamda ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan imoratlarga ega bo‘lgan shaxslar shu imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirishni talab qilishga haqlidirlar. Bu imoratlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va unga doir bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uylar deb tan olinadi. (17-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi O‘RQ-83-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning I (“Umumiy qoidalar”), II (“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni axborot tizimi kompleksidan foydalanib “bir oyna” prinsipi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”), IV bo‘limlari (“Binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”). 18-modda. Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish Eskirganligi, avariya holatidaligi yoki boshqa asoslarga ko‘ra yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. Yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan uylar va turar joylar kelgusida boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta qurilishi mumkin yoki bunday uylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga binoan buzib tashlanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 40 — 49-bandlari. 19-modda. Davlat tomonidan tekinga uy-joy berish Turar joylari avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar ko‘rganligi belgilangan tartibda tan olingan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tekinga uy-joy beriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizomining 9-bandi. 20-modda. Uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish Uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yagona tizim bo‘yicha amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-sonli “O‘zbekiston Respublikasining uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish to‘g‘risida”gi qarori. 21-modda. Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash ustidan davlat nazorati Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash, shuningdek turar joylardan foydalanish hamda ularni saqlashning normativ texnik talablarga muvofiqligi ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom 6-bandining uchinchi, o‘n birinchi xatboshilari, 7-bandining o‘n uchinchi xatboshisi. II BO‘LIM. XUSUSIY UY-JOY FONDI [ Download 365.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling