«Ona tilim o’lmaydi !» tadbir senariysi


Download 22.66 Kb.
bet1/4
Sana14.02.2023
Hajmi22.66 Kb.
#1196520
  1   2   3   4
Bog'liq
ona tilim o\'lmaydi senariysi


« Ona tilim o’lmaydi ! » tadbir senariysi

O‘quvchilar musiqa sadosi ostida zalga kirib keladi. Maktab sahnasi, har-xil sharlar va chiroyli gullar bilan bayramona bezatilgan.
O‘quvchi: — Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar! Bugun ona tilimiz — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 28 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan tashkil qilingan «Ona tilim — jon-u dilim!» deb nomlangan kechamizga xush kelibsizlar.
1- boshlovchi:
Ming yillarki, bulbul kalomi, O‘zgarmaydi yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi, O‘zgalarga taqlid hamisha.
2- boshlovchi:
Ona tilim, sen borsan shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
1- boshlovchi: — Har bir davlat o‘z tiliga egadir. O‘zbekiston Respublikasining ham davlat tili bor. Bu — o‘zbek tili.
O‘quvchi: — 1989- yili 21- oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan. Shuning uchun har yili 21-oktabrda til bayrami o‘tkaziladi. Ona tilimiz jahondagi eng boy va rivojlangan tillardan biri bo‘lib, uning shakllanishi hamda rivojida buyuk bobomiz Alisher Navoiyning xizmati beqiyosdir.
(Shundan so‘ng o‘quvchilar Tursunboy Adashboyevning «Ona tilim» she’rini o‘qishadi).
1- o‘quvchi:
Buyuk Temur jahon bo‘ylab, O‘z dovrug‘in solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan Me`ros bo‘lib qolgan tilim.
2- o‘quvchi:
Bobur Mirzo she`rlaridan Rang va qiyos olgan tilim
Shoh Mashrabni bulbuldayin, Sayratgan ham ona tilim.
3- o‘quvchi:
Mirtemirni shoir qilib, Yayratgan ham ona tilim
Shunday tildan tonar bo‘lsam, Qiyma-qiyma bo‘lsin tilim.
4- o‘quvchi:
Alla bo‘lib jaranglagan, Ona tilim – jon-u dilim.
 (O‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiy g‘azaliga bastalangan Ulug‘bek Rahmatullayevning «Mubtalo bo‘ldim» qo‘shig‘i ijro etiladi).
1- boshlovchi: — Sevaraxon, bilasizmi, bugun til haqida gapirar ekanmiz, to‘g‘ri so‘zlash, rostgo‘ylik haqida ham gapirishni istardim. Chunki xalqimizda shunday maqollar bor:
Odamni bor qiladigan ham til, Yo‘q qiladigan ham til.
Til borki, bol keltirar, Til borki, balo keltirar.
2- boshlovchi: — To‘g‘ri aytasiz. Insonning boshiga ne kelsa ham, tili orqali keladi. Hozir do‘stlarimiz e’tiboringizga Alisher Navoiyning «Yolg‘onchi cho‘pon» masalini o‘qishadi.
O‘ylaymizki, har bir tinglovchi mazkur masaldan o‘zi uchun ibratli xulosa chiqaradi. (O‘quvchilardan biri masalni ifodali o‘qiydi).

Download 22.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling