Orol muammosi


Download 24.87 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi24.87 Kb.
#1002261
  1   2
Bog'liq
Orol muammosi


Orol muammosi
Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda.
Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan "Orol muammosi” vujudga keldi.
Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari o‘sib bormoqda.
Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida mintaqamizda, butun dunyoda ekologik vaziyatning tobora yomonlashib borayotganiga jiddiy tashvish bildirilib, bu masalada qoʻshni davlatlar va jahon jamoatchiligi bilan birgalikda Orol dengizi ekologik fojiasi taʼsirini yumshatishga qaratilgan saʼy-harakatlarni qatʼiy davom ettirish zarurligi qayd etildi.
Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda tuzilgan Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻp tomonlama Trast fondi doirasidagi amaliy ishlarni yanada kuchaytiramiz, deya taʼkidlandi.
Darhaqiqat, Orol dengizi qurishi nafaqat mintaqamiz, balki global darajadagi ekologik ofat markaziga aylandi. Shu sababli oʻtgan yili sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ham, 2017-yildagi 72-cessiyada ham muhtaram Prezidentimiz bu masalani kun tartibiga alohida qoʻygan edilar.
Oʻshanda tarixda birinchi bor, BMT oliy minbarida Prezidentimiz dengizning xaritasini butun jahon hamjamiyatiga koʻrsatib, muammoning nechogʻli chuqur va naqadar murakkab ekanligini kuyunchaklik bilan ochib bergan edilar.
Oʻtgan yili esa Yurtboshimiz Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb eʼlon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash taklifini bildirganlari bejiz emas.
Binobarin, dengizning qurigan tubida, Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududida paydo boʻlgan 5,5 million gektar maydondan har yili 75 million tonna chang va zaharli tuzlar atmosferaga koʻtarilib, olis Pomir, Tyan-Shan, hatto Grenlandiya, Arktika muzliklari va Norvegiya oʻrmonlariga qadar yetib bormoqda.
Albatta, mamlakatimiz tashabbusi bilan 2017-yilda Orolboʻyi mintaqasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast fondi tuzilgan boʻlib, u ogʻir ekologik hududda yashayotgan aholiga amaliy yordam koʻrsatish uchun xalqaro hamjamiyatning tayanch platformasi boʻlib xizmat qilmoqda.
Mazkur fondga Norvegiya, Finlyandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, BAA, Turkiya, Shveysariya kabi davlatlar donorlik yordamlarini koʻrsatib, katta qiziqish bildirayotgani uning istiqboli katta ekanligini koʻrsatadi.
Biroq ochigʻini aytish kerak, ayni paytda asosiy ishlar Oʻzbekistonning oʻz zimmasiga tushmoqda, misli koʻrilmagan ishlarga ketayotgan xarajatlar asosan, respublika va mahalliy byudjet va xayriya mablagʻlaridan qoplab kelinmoqda.
Murojaatnomadagi asosli va oʻrinli taklif ham Prezidentimiz olib borayotgan siyosatning izchil va mantiqiy davomi boʻlib, soʻnggi toʻrt yilda dengiz tubining qurigan qismida bir yarim million gektarga yaqin yerlarda oʻrmon va butazorlar tashkil etilgani, joriy yilda bunga yana 700 ming gektar yer qoʻshilishi mamlakatimiz olib borayotgan ishlar koʻlamining nechogʻli kattaligini isbotlab turibdi.
Bu yerda Oʻzbekistonning misli koʻrilmagan chora-tadbirlari oʻlaroq yaratilayotgan yangi oʻsimlik maydonlari, yaylovlar va daraxtzorlar tuproq qatlamini shakllantirishda, iqlim va atrof-muhitning sekin-asta oʻzgarishiga, Orol boʻyidagi ekologik xatar oqibatlarini yumshatishga, millionlab insonlar salomatligiga zararini kamaytirishga hissa qoʻshmoqda.
2017-2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan Orol dengizi havzasi va Orolboʻyi mintaqasida, unga yondosh Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida “yashil belbogʻ” yaratish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Oʻtgan yil 2-oktyabrdagi “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaliklar tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori esa bu maqsadlarni strategik ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Endilikda Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻp tomonlama Trast fondi faoliyatini kuchaytirish nihoyatda dolzarbdir. Oʻzi trast fondlar boshqaruv tizilmasi qarorlar qabul qilish, mablagʻlarni taqsimlash va hisobdorlik jarayonlaridagi aniqlik va tartiblilik bilan ajralib turadi. Butun dunyo miqyosidagi 50dan ortiq BMTning bu kabi fondlari oʻzining shaffoflik tamoyillari bilan ham gʻoyatda samarali ekanligini koʻrsatmoqda.
Oʻzbekiston bu borada ham yetarli tajriba toʻpladi va xalqaro hamjamiyatning bu ekologik muammo atrofida jipslashishi iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha global harakatlar strategiyasini toʻldirishga xizmat qiladi.
Hech shubhasiz, bunday intilishlar bu yerdagi aholining bandligini taʼminlash, iqtisodiy va hayot farovonligini oshirish bilan bogʻliq kompleks muammolar yechimida munosib oʻrin egallaydi.
Bu ekotizimlar muvozanatini tiklash va bioxilma-xillikni taʼminlashdan tashqari, infratuzilmalar yaratish, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, qishloq xoʻjaligi va sayyohlikni rivojlantirish orqali hududdagi 100 mingga yaqin aholining bandligini, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash imkoniyatini yaratadi.
Shu maʼnoda Murojaatnomada koʻtarilgan bu tashabbus Oʻzbekistonning mintaqaviy va global ekologik muammolar yechimida shunchaki oddiy tomoshabin sifatida emas, balki uning yechimiga amaliy harakat qilayotgan jonkuyar va faol ishtirokchi sifatidagi maqomini yanada mustahkamlashga qaratilgandir.
Markaziy Osiyo suv xavfsizligi energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan dunyodagi kam sonli mintaqalardan biridir. Bu yerda suv resurslari strategik ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy jihatdan, quruq va qattiq iqlimi tufayli hozirgi O‘zbekiston hududida har qanday sivilizatsiya saqlanib qolishi va taraqqiy etishining asosiy elementi suv resurslaridan foydalanish hisoblanadi. Mintaqadagi dastlabki yirik shaharlar: Samarqand va Buxoro Zarafshon daryosi bo‘yida, Urganch va Xiva Amudaryo bo‘yida barpo etilgani ham bejiz emas. Ushbu hududlardagi davlatlar suv tufayli mintaqada ustun mavqega ega edi, tarixan ham suv mintaqada gegemonlikni ta'minlashda eng muhim vosita edi.
Suv manbalaridan noto‘g‘ri foydalanish natijasida mintaqada turli jiddiy muammolar paydo bo‘lmoqda va ayanchli holatga tushgan Orol dengizi bunga yorqin misol.



Ilgari dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l bo‘lgan Orol dengizi Markaziy Osiyo cho‘llari orasida joylashgan. So‘nggi 10 ming yillik davomida Orol tabiiy va antropogen omillar tufayli bir necha bor to‘ldirilgan va quritilgan. 1960-yillar boshlarida butun mintaqada qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ishlari olib boriladi, bu esa intensiv sug‘orish tizimlariga olib keldi. Sug‘orma dehqonchilik suvga juda talabchan paxtaning ehtiyojlarini qoplash uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi. Natijada sug‘orishning barqaror bo‘lmagan kengayishi Orol dengiziga quyiladigan ikki daryo suvini quritib yubordi va shu bilan dengizga suv oqimi uzildi.


O‘tgan asr davomida bir qancha omillar Orol dengizida suv sathi kamayishiga ta'sir o‘tkazgan. Xususan:

  • 1913 yilda Orol dengiziga boradigan suv bilan sug‘oriladigan yerlar maydoni 3,2 mln gektar bo‘lgan bo‘lsa, 1985 yilga kelib bu ko‘rsatkich 6,9 mln gektarga yetgan;

  • turli ehtiyojlar uchun Orol dengizidan sarflanadigan suv 1960-yillarda 63 km kub, 1980 yilda esa 95 km kubni tashkil etgan;

  • XX asr davomida Orolbo‘yi hududlarida, Markaziy Osiyo va qisman Afg‘oniston aholisi soni 14 mln.dan 65 mln.gacha ortgan.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yerning sho‘rini yuvishga ham katta miqdorda suv sarflangan.

Download 24.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling