Mundaraja kirish I bo’lim. Orol dengiziga umumiy tavsif


Download 109.1 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi109.1 Kb.
#1526796
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SARBORBEK-OROL


MUNDARAJA
KIRISH
I BO’LIM. OROL DENGIZIGA UMUMIY TAVSIF
1.1. Orol dengizi haqida ma’lumotlar.
1.2. Orolning qurish sabablari va uning hozirgi holati.
II BO’LIM. OROL VA OROL BO'YIDAGI EKOLOGIK MUAMMOLAR

2.1. Orol inqirozi natijasida yuzaga kelgan sho'rlanish muammosi

2.2. Orol qurishining inson sog'ligi va tirik organizmlarga salbiy ta'siri


2.3. Orolni saqlab qolish uchun qilinayotgan chora-tadbirlar.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH

Ushbu kurs ishida bugungi kunda nafaqat O'rta Osiyo yoki O'zbekiston Respublikasi balki butun dunyodagi global muammolardan biri bo'lib kelayotgan Orol va Orol bo'yi haqida va bu hududda dolzarb bo'lib turgan va jiddiyligi kundan kunga ortib borayotgan muammolar va uning yechimlari masalasi bayon etilgan.

Agar Orol taqdiri tezda hal qilinmasa kelajakda uning o‘rnida Orol cho‘li vujudga keladi. Buning uchun kelajak avlod bizning noshudligimizdan tabiatni muhofaza qilishdagi savodsizligimizdan, ekologik tarbiyamizning pastligidan nafratlanadi. Shu sababli tabiatning bizga in’om etgan ajoyib obyekti Orolni eng kamida hozirgi holatda saqlash uchun kurashish har bir sof vijdonli insonning muqaddas burchidir. Buning uchun esa dengizga qo‘shimcha yiliga 40 km3 suv keltirish lozim. Hozirgi real imkoniyat Orol havzasi atrofida yig'ilgan zovur (qaytarma) suvlami to'plab, dengizga yo'llashdir. Agar bu vazifa amalga oshirilsa yiliga qo'shimcha 20 km.kub suv Orol dengiziga kelib qo‘shilishi mumkin. Lekin bu bilan Orol dengizi suv sathining pasayishidan saqlab qolish mumkin emas. Orol dengizi suv sathini optimal balandlikda saqlash uchun xalq xo‘jaligida daryo suvlaridan tejab foydalanishga erishish lozim.

Ko’rinib turibdiki, Orol suv sathining pasayishi ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan juda katta zarardir. Demak, Orol dengizini saqlab qolish lozim. Orolni qanday qilib saqlab qolish mumkin? Bu savolga hozircha aniq javob yoq. Bazilar Orolni qayta tiklash haqida fikr yuritsa, bazilar Orolning bahridan otmoqchi boladilar, yana bir guruh olimlar esa uni ma`lum bir xajmda saqlab qolish tarafdoridirlar.


Download 109.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling