Mundaraja kirish I bo’lim. Orol dengiziga umumiy tavsif


Download 109.1 Kb.
bet8/10
Sana17.06.2023
Hajmi109.1 Kb.
#1526796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SARBORBEK-OROL








XULOSA


Xulosa o’rnida aytamizki, Orol suv sathining pasayishi ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan juda katta zarardir. Demak, Orol dengizini saqlab qolish lozim. Orolni qanday qilib saqlab qolish mumkin? Bu savolga hozircha aniq javob yoq. Bazilar Orolni qayta tiklash haqida fikr yuritsa, bazilar Orolning bahridan otmoqchi boladilar, yana bir guruh olimlar esa uni malum bir xajmda saqlab qolish tarafdoridirlar.Orol suv sathini malum yuzada saqlab turishning yagona yoli — bu uning havzasidagi mahalliy suv resurslaridan tejab-tergab foydalanishdir. Agar suv resurslaridan tejab foydaladilsa, bundan buyon ekin maydonlari kengaytirilmasa, ekinlarning sugorish normasiga rioya qilib, suvning (ariqlar tagini betonlab yoki polietilenli plyonkalar bilan qoplab) shimilib ketishi kamaytirilsa, yangi suv omborlari qurish tartibga solinsa, suvni koplab sarflovchi Qoraqum, Qarshi, Amu- Buxoro kabi kanallar suvi tejalsa, zovur suvlarining bir qismi Orol tomon burib yuborilsa, yiliga 30—35 km3 atrofida suvni tejash mumkin. Bu esa Orol suv sathini 40,0 m. yuzada saqlashga imkon beradi.
Ochiq kanallami betonlashtirish, suvni me’yorida taqsimlash, yangi (tomchilatib, yomg‘irlatib) sug‘orish usullarini joriy qilish sel suvlaridan oqilona foydalanish. Bu tadbirlar Orol suvini ko‘paytirish bilan birga, uning havzasidagi tabiiy, ijtimoiy -iqtisodiy jarayonlarni yaxshilaydi.
Orolning asosiy manbayi hisoblangan Amudaryo va Sirdaryo havzalarini qattiq nazorat qihb iloji boricha ikki daryo suvini ko‘paytirib Orolga tashlash lozim. Amudaryo havzasidagi Sarez ko‘li suvininig bir qismini Rangún, Norak, Janubiy Surxon, Tolimarjon, Qo‘yimozor, Zand, Tuyamo‘yin, Dautko‘l suv omborlarini, Vaxsh, Qarshi, Amu-Buxoro kanallar suvining ma’lum qismini Amudaryoga qaytarish kerak. Hozirgi vaqtda birgina Qoraqum kanali orqali Amudaryodan har yili 12 km3 suv olinmoqda. Mutaxassislar fikriga ko'ra shuning 7 km3 gacha hajmi bug'lanib va qumga singib yo‘q bo‘lmoqda. Kanalning enini qisqartirilib betonlashtirilsa 5—6 km3 suvni iqtisod qilib Amudaryoga qaytarish mumkin. Sirdaryo havzasidagi To‘xtagul, Andijon, Qayraqum, Chorvoq, Chordara suv omborlari, ba’zi kanallar suvining bir qismi va Haydarko‘l suvining hammasini tozalab Sirdaryoga yuborish lozim.
Yana bir kechiktirib bo'lmaydigan muhim masalalardan biri sug'orishni jadallashtirish maqsadida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida tashkil etilgan suv omborlarining holatidir. Bu suv omborlariga Amudaryo va Sirdaryodan ko‘p suvlar olinib daryolar suvining keskin qisqarishiga sabab bo'lmoqda. Lekin suv omborlari suvining ko‘p qismi bug'lanib ketmoqda, yildan- yilga loyqalar hisobiga ulaming sathi ham qisqarib bormoqda. Eng achinarli tomoni shundaki, deyarli barcha suv omborlari atayin tashkil etilgandek jo‘g‘rofiy o‘miga ko'ra aholi zich yashaydigan shaharlar va qishloqlar yuqorisida (ustida) qurilgan. Ma’lumki bu hududlar yangi tektonik harakatlar zonasiga kiradi. Shunday holatda bu joylarda kuchli yer qimirlash boimaydi deb kim kafolat bera oladi? Shulami hisobga olib ko'pgina suv omborlarining bahridan o‘tish kerak.



Download 109.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling