Mundaraja kirish I bo’lim. Orol dengiziga umumiy tavsif


II BOB. OROL DENGIZINI SAQLAB QOLISH UCHUN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR


Download 109.1 Kb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi109.1 Kb.
#1526796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SARBORBEK-OROL

II BOB. OROL DENGIZINI SAQLAB QOLISH UCHUN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

2.1.Orol inqirozi natijasida yuzaga kelgan sho'rlanish muammosi


Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda otmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 — 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100—150 kub km, suv sathi maydoni — 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida suʻorilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961-yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3-marta, yuzasi 2-marta, shurlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000-yilga borib 180—200 gʻl koʻtariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 — 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning kuyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlibqoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon axvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy qizil qum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiyustyurt va Amudaryo delütasikabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni — 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bulayotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga karaganda yiliga atmosferaga 100—150 mln. tonnagacha chang — tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang — tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang — tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1-marta 1875-yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang — toʻzon uzunligi — 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 — 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yogilayotgan chang — tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kgGʻga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKR ning suʻoriladigan maydonlari chang — tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shoʻrlangan qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 ming ga Yaylovlarni egallabbormoqda. ~oʻza uchun ajratilgan maydonlar kasallik koʻzgatuvchi zarakunandalar bilan zararlangan. qishloq xoʻjalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori okimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand) II kategoriyada erlaning koʻpayishiga olib kelmoqda. Amudaryoning oʻrta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xoʻjalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, shurlangan, kuchli shurlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproq-larning shurlanishi hisobiga kishlk xoʻjalik maxsulotlari hosili Oʻzbekistonda — 30 %, Turkmanistonda 40 %, Qozog'istonda — 33 %, Tojikistonda — 1990 Qirg'izistonda — 20 % pasayib ketdi. Kuchli shurlangan er osti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini kuchaytirmoqda.
Orol dengizi oʻrnida paydo boʻlgan Orolqum mayda tuz va tuproq zarrachalari bilan qoplangan. Shamol esganida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang havoga koʻtarilib, uzoq masofalarga tarqaladi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan maydonlarning har gektariga bir yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogʻiladi. Qurigan dengiz tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang koʻtarilishi mumkin. Tuzli chang toʻfonlarning kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km ga etadi. Tuzli chang Orolqumdan oʻnlab, hatto yuzlab km masofaga tarqalib, tabiiy oʻtloqlar, vohalardagi ekinlar, bogʻlar, shaharlar va qishloqlar ustiga yogʻiladi. Orol changi hatto Tyanshan va Pomir togʻlari choʻqqilaridagi muzliklarga ham etib borib, u yerdagi muzliklarning erishini tezlashtirib yuborgan.
Choʻllanish va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xoʻjalik ekinlari hosilini va chorva mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi
Orolbo‘yi hududlariga tuz yog‘ini yog‘moqda. Bu esa iqtisodiyotga, aholi salomatligiga salbiy ta’sir etmoqda. Orolning qurigan qismidan tuz aralash chang- to‘zon uzoq masofalarga, hatto, O‘rta Osiyo tog‘laridagi muzliklar yuzasiga tushib, uning erishini tezlashtirmoqda. Tuz yomg‘iri, ayniqsa, unga yaqin bo‘lgan hududlarga katta iqtisodiy va ekologik zarar keltirmoqda. Orol dardi bugun barcha Markaziy Osiyo xalqlarining dardi, alamidir, chunki shu hududdagi yagona suv havzasi, iqlimining muhim qo‘rg‘oni bo‘lmish dengiz yo‘q bo‘lib ketmoqda. Bunday katta fojeaga sabab insoniyatning o‘zidir, to‘xtovsiz ortib borayotgan odamlar soni, ular o‘zlari uchun yaratayotgan sanoat korxonalari va texnologik jarayonlar, odamlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun sarflanadigan suv tufayli, Orol dengizini halokatga qadamma - qadam eltmoqdamiz.
Markaziy Osiyo yagona ekotizim hisoblanadi. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikdagi maqsadga yo‘naltirilgan ekologik siyosat va o‘zaro hamkorlikning yagona ilmiy, huquqiy, moliyaviy va texnologik bazasini mukammal rivojlantirish evazigagina ushbu ekotizimni muayyan holda saqlab qolish mumkin. Mutaxassislarning bashorati bo‘yicha global temperaturaning oshishi hisobiga Markaziy Osiyodagi mavjud muzliklar zahirasining 40-50 foizga kamayishi kutilmoqda, bu esa suv ta’minotining 20-30 foiz qisqarishiga olib keladi. 1960-1965-yillarga qaraganda, Orol dengizining suv sathi 22 metrga pastlashdi, egallab turgan suv maydoni 3,8 martaga kichraydi. 1960-yillarda Orol dengizidagi suv hajmi 1064 km3 bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda suv hajmi bor-yo‘g‘i 115 km3 ga teng. Suvdagi tuz miqdori ko‘payib, bir metrida 72 grammgacha etdi. Bir paytlar katta hudud suv bilan to‘la bo‘lganda, g‘arbi-shimoliy tomonlardan kelayotgan sovuq havoni o‘z maydonida isitib, respublikaga o‘tkazar edi. Bugun ana shunday shimol maydonidan mahrum bo‘lindi. Qish paytlari Orol dengizi hududidan chiqadigan bug‘lar shimol va g‘arbdan keladigan sovuq havo bilan aralashib, haroratni bir necha gradusga isitar edi.
Ekologiya va tabiatni qo‘riqlash qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili atmosferaga 15-75 mln. tonnagacha chang va tuz uchib chiqib, dunyo bo‘ylab tarqalib ketmoqda. Yilning hamma faslida bunday bo‘ronli kunlarni, bir necha hafta mobaynida to‘xtovsiz havoda chang va qum bo‘ronlari aylanganini ko‘rish mumkin. Osmonga ko‘tarilayotgan chang va tuzli bo‘ronlar yaqin va uzoqdagi yerlarga yog‘ilib, ularni ifloslantirmoqda. O‘zbekistonda o‘simlik o‘stirish mumkin bo‘lgan yer yuzasi juda kam, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi barcha yerlar sho‘rlanib bo‘ldi. .
Osiyo mintaqasida qurilgan irrigatsiya inshootlaridan eng katta talafot ko’rgani Orol dengizidir. Unga quyilgan Sirdaryo va Amudaryo suvining yangi o’zlashtirilgan yerlarga, suv omborlariga, sanoat korxonalariga olinaverishi bu daryolarning quyi oqimida suvni juda kamaytirib yubordi. Sirdaryo suvi 1974-yildan beri Orolga yetib bormayapti, Amudaryodan borayotgan suv ham juda kam. Oqibatda Orol dengizining hajmi keskin kamayib bormoqda. Suvning sho’rligi bir litrda 9,9 grammdan 22 grammgacha ko’tarilgan. Suvning minerallashuvi davom etib, har litrida tuz miqdori 60—100 grammga yetishi mumkin. Bunday sho’r suvda na baliq, na boshqa hayvon yashay oladi.
Hozirga qadar Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasi va Turkmanistonning shimoliy tumaniga yog’ilgan tuz-chang to’zoni 1 milliard tonnani tashkil etadi. O’zbekiston xalq xo’jaligi bundan juda katta zarar ko’rmoqda. Bundan tashqari, Orolning quriy boshlashi iqlimga ham ta‘sir ko’rsatib, yozda havo harorati ko’tarilishiga, quruqligi oshishiga va qishda sovuq sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Bu hol aholining sog’lig’iga ham salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda. Ichimlik suvi sifatining buzilishi Qoraqalpog’iston Respublikasi aholisi o’rtasida turli yuqumli va oshqozon-ichak kasalliklari, onkologik xastaliklar, bolalar o’limining ko’payishiga olib keldi. Bunday holatga tushgan qoraqalpoq xalqiga O’zbekiston Respublikasi hukumati har tomonlama yordam bermoqda. Orolning qurigan o’rnida qum va tuzlarning shamol bilan uchirilishiga qarshi chora ko’rish uchun sun‘iy o’rmonlar bunyod qilish katta ahamiyatga egadir. 1981yildan boshlab dengizning qurigan qismida daraxt va butalar oq va qora saksovul, kandim, cherkez va boshqa o’simliklar o’stirilishi boshlandi, yaxshi natijalar berdi va hozirda har yili 25 ming gektar o’rmonlar tashkil qilinmoqda. Dengizning yangi ochilayotgan tubi tuz bilan qoplanib qolayapti va o’simliklar mutlaqo o’smasligi mumkin. Orol va Orolbo’yi muammolarini hal qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlikda ish olib bormoqdalar. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va boshqa rivojlangan davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Banki va turli davlat hamda nodavlat xalqaro tashkilotlari bu asr muammosini ijobiy hal qilishga o’z hissalarini qo’shmoqdalar.
Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. So'ngi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi. Buning oqibatida Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo Amudaryoga etib bormaydigan boʻlib qoldi. Hozirgi davrda Amudaryodan suv oladigan kanallarning umumiy uzunligi 170 ming km dan, suv omborlari soni 50 tadan oshib ketdi. Ularning suv sigʻimi 16-17 mld kubokilometrni tashkil etadi. Suv zahiralaridan nooʻrinfoydalanish — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridagi hududlarda sizot suvlarining koʻtarilib, tuproqdagi namlik bugʻlanishining koʻchayishi va buning oqibatida tuproqlarning shoʻrlanishining ortishiga olib keldi. Orol boʻyi hududlarida esa sizot suvlari yuzasi pasayib, er yuzasi shoʻrhok tuproq bilan qoplana boshladi. Orol dengizi suv sathining pasayishi bilan qirgʻoq chizigʻi 100 km dan ortiqroq orqaga chekindi.
Dengiz tubi oʻrnida 4 mln gektardan ortiq maydonni egallagan yosh Orolqum choʻli paydo boʻldi. Ana shunday qilib, Amudaryo va Sirdaryo suvidan nooʻrin foydalanish 20 asr oxirida 3 mln dan koʻproq aholi yashaydigan hududda „Orol fojiasi“ deb atalgan global ekologik halokatni paydo qildi.
Orol dengizi oʻrnida paydo boʻlgan Orolqum mayda tuz va tuproq zarrachalari bilan qoplangan. Shamol esganida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang havoga koʻtarilib, uzoq masofalarga tarqaladi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan maydonlarning har gektariga bir yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogʻiladi. Qurigan dengiz tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang koʻtarilishi mumkin. Tuzli chang toʻfonlarning kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km ga etadi. Tuzli chang Orolqumdan oʻnlab, hatto yuzlab km masofaga tarqalib, tabiiy oʻtloqlar, vohalardagi ekinlar, bogʻlar, shaharlar va qishloqlar ustiga yogʻiladi. Orol changi hatto Tyanshan va Pomir togʻlari choʻqqilaridagi muzliklarga ham etib borib, u erdagi muzliklarning erishini tezlashtirib yuborgan. Choʻllanish va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xoʻjalik ekinlari hosilini va chorva mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi.



Download 109.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling