Mundaraja kirish I bo’lim. Orol dengiziga umumiy tavsif
Orol qurishining inson sog'ligi va tirik organizmlarga salbiy ta'siri
Download 109.1 Kb.
|
SARBORBEK-OROL
2.2 Orol qurishining inson sog'ligi va tirik organizmlarga salbiy ta'siri
Orol dengizining quriy boshlashi iqlimga ham taʼsir koʻrsatdi, Iqlim yanada kontinentallashib, qishqi harorat oʻrtacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa ikki gradusga koʻtarildi. Buning natijasida sovuq kunlar erta tushib, ekinlarning pishib etilishi kechika boshladi. Orol boʻyi hududida vujudga kelgan ekologik tanglik aholi salomatligiga ham taʼsir koʻrsata boshladi.Orol atrofida sho’rxoklar vujudga kelib, bunday tuproqda hatto sho’rga chidamli o’simlik ham o’sa olmasdan qurib qolmoqda. Bu yerdagi 800 ming gektar qamishzor va o’tloqlarning ishdan chiqishi tufayli 5 million tonna qimmatbaho mol oziqasi qurib bitdi. Hududda kam-qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20-marta oshganligi kuzatilgan. Ekologik tanglik Orol boʻyi tabiati, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga ham katta ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va shoʻrlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq boʻladigan oʻsimliklar turi va sifati kamayib, oʻtloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv toshqinlarining boʻlmasligi, daryolarning suv bosadigan qirgʻoqlarida yastanib yotadigan toʻqaylardagi xilma-xil oʻsimliklarning qurib, yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Ularning oʻrnini qurgʻoqchilikka chidamli yulgʻun, shuvoq kabi choʻl oʻsimliklari egallamoqda. Toʻqaylarning yoʻqolishi koʻplab oʻsimlik va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab boʻldi. Oʻtgan 20 asrning ikkinchi yarmida Amudaryoning quyi qismidagi toʻqaylarning buzilishi bilan bu joylardan yoʻlbars, buxoro bugʻusi yoʻqolib ketdi. Janubiy Orol boʻyidagi 60 dan ortiq qushlardan 10 ga yaqin turi yoʻqolib borayotgani va 42 turidan ortigʻi „noyob“ turga aylanayotgani haqiqatdir. Shoʻrlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora oʻlik dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol boʻyida suv havzalarda tarqalgan 28 tur baliqlardan 12 turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol moʻylovdori yoʻqolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan. Sivilizatsiya shu holda kechsa, 3000-yilgacha hayot bo‘lishi dargumon bo‘lib qoladi. Moddiy zahiralarni o‘zlashtirish hozirgidek ketsa, yana 100-yildan so‘ng barcha yoqilg‘i zahiralari tugaydi, insoniyat energiyaga beradigan zahiralar va xomashyoning 80% ini o‘z manfaati yo‘lida o‘zlashtirib oladi. Bu ishlarni tashkillashtirish va nazorat qilish uchun tartibga rioya qilish zarur. Kuzatishlar bir tizimda va yaxshi holda bo‘lishi, ularni o‘tkazishda gidrologik vaziyatlardan kelib chiqib, kuzatish muddatini belgilash, suvning sifatini belgilangan usul bilan aniqlash lozim. Hududda daryo qirg‘oqbo‘yi to‘qayzorlari qisqarib ketdi, bu esa o‘z navbatida, hayvonot dunyosiga ham salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Noyob va kamayib borayotgan hayvon va o‘simlik turlarini saqlash maqsadida 2006-yilda nashr etilgan “Qizil kitob”ga o‘simliklarning 305 turi (1983-yilda 163 tur, 2003-yilgi nashrda 301 tur) va hayvonlarning 184 turi (1984-yil 63 tur, 2003-yilgi nashrda 184 tur) kiritilgan edi. 2004-yil 3-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 162- sonli “Orol bo‘yi genofondini muhofaza qilish xayriya jamg‘armasini tuzish haqidagi Qarori qabul qilindi. Unda Orolbo‘yi atrof-muhitini va aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan vazifalar belgilab berilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi bilan BMT ning Taraqqiyot Dasturi hamda Global Ekologik Jamg‘armasining ko‘magi bilan “Amudaryoning quyi qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘qay o‘rmonlarini saqlab qolish va muhofaza qilinadigan hududlar tizimini mustahkamlash” bo‘yicha o‘rta miqyosli loyihasi ish olib bormoqda. Jumladan, BMT ning Taraqqiyot Dasturi (PROON) bilan hamkorlikda va GEF ishtirokida bioxilma-xillikni muhofaza qilish va suvlibotqoq joylarda ularni qo‘llash maqsadida aniqlash ishlari olib borilmoqda. Undan tashqari, respublikamizda noyob jonivorlarni saqlab qolish bo‘yicha katta loyihalar (xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari ishtirokida) amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan Germaniyaning O‘zbekistondagi Texnik hamkorlik jamiyatining loyihasi asosida Orolning qurigan tubida 2000-2006-yillarda 8000 ga yaqin maydonda saksovulzor barpo etish ishlari 30450 ga qilib bajarildi. Orol dengizi mintaqasida ekologik muhitni yaxshilash maqsadida Global ekologik fondi loyihasining 2006- 2008-yillarga mo‘ljallangan loyihasi asosida 10000 ga yaqin maydonda saksovulzor barpo etish belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu loyiha asosida 17211 ga yaqin maydonda saksovulzor barpo etish ishlari amalga oshirildi. Orol dengizidan uchgan qum, chang va tuzlar faqatgina atmosfera emas, tuproq suvini ham baravariga ifloslantirib bormoqda. Bu hududlarda yashayotgan aholi ichimlik suvlarini faqatgina suv quvurlaridan ichishi lozim, shundagina ular iste’mol qiladigan suv biroz toza bo‘lishi mumkin. Chunki ochiq havzalardan suv iste’mol qilinganda, havoga ko‘tarilayotgan chang va tuzlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv ustiga kelib tushadi. Yer ustida yashab hayot kechirayotgan biologik turlar ham insonlar ta’siri ostida qurib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, har soatda dunyoda mavjud biologik turdan bittasi yo‘qolib bormoqda. Tabiatga munosabat shu tarzda davom etaversa, XXI asrda insoniyatni nimalarga olib kelishini aytish qiyin Ekologik tanglik Orol boʻyi tabiati, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga ham katta ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va shoʻrlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq boʻladigan oʻsimliklar turi va sifati kamayib, oʻtloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv toshqinlarining boʻlmasligi, daryolarning suv bosadigan qirgʻoqlarida yastanib yotadigan toʻqaylardagi xilma-xil oʻsimliklarning qurib, yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Ularning oʻrnini qurgʻoqchilikka chidamli yulgʻun, shuvoq kabi choʻl oʻsimliklari egallamoqda. Toʻqaylarning yoʻqolishi koʻplab oʻsimlik va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab boʻldi. Oʻtgan 20 asrning ikkinchi yarmida Amudaryoning quyi qismidagi toʻqaylarning buzilishi bilan bu joylardan yoʻlbars, buxoro bugʻusi yoʻqolib ketdi. Janubiy Orol boʻyidagi 60 dan ortiq qushlardan 10 ga yaqin turi yoʻqolib borayotgani va 42 turidan ortigʻi „noyob“ turga aylanayotgani haqiqatdir. Shoʻrlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora oʻlik dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol boʻyida suv havzalarda tarqalgan 28 tur baliqlardan 12 turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol moʻylovdori yoʻqolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan. Biz Orol dengizini qaytarib boʻlmasligini yaxshi tushunamiz, ammo odamlar ketmagan va biz ular haqida qaygʻurishimiz zarur. Respublikada bir vaqtlari yoʻqotilgan qator xoʻjalik faoliyati turlarini bosqichma-bosqich qayta tiklash boʻyicha dastur roʻyobga chiqarilyapti. Orolboʻyida sunʼiy koʻllar hosil qilish orqali baliqchilikni yoʻlga qoʻyish bunga misoldir. Qolaversa, Oʻzbekiston eng koʻp suv talab qiladigan paxta ekiladigan maydonlarni keskin qisqartirdi. Soʻnggi yillarda yurtimizda bir gektar yerda suvdan foydalanish miqdori ikki barobar kamaytirildi. Oʻrmonzorlar yaratish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu ham maʼlum miqdorda dengizda suv yoʻqotilishi meʼyorini saqlashga yordam beradi. Ishlab chiqarishlarning yangi yoʻnalishlarini ochish, bunda innovatsiyalarni keng tatbiq etish, turizm, jumladan, ekologik sayyohlikni ravnaq toptirishga alohida eʼtibor qaratilayotir. Sababi bularning barchasi Qoraqalpogʻistonda xizmatlar koʻrsatish, qoʻshimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqarish sanoati imkoniyatlarini kengaytiradi. Shunga yarasha aholi turmush sifati ham yuksalib boraveradi. Download 109.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling