Mundaraja kirish I bo’lim. Orol dengiziga umumiy tavsif


Orolni saqlab qolish mumkin bo’lgan chora-tadbirlar


Download 109.1 Kb.
bet7/10
Sana17.06.2023
Hajmi109.1 Kb.
#1526796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SARBORBEK-OROL

Orolni saqlab qolish mumkin bo’lgan chora-tadbirlar


Orol suv sathining pasayishi quyidagi salbiy oqibatlarga olib keldi: bu hol hudud iqlimiga salbiy ta`sir etmoqda. 3961 yil Mo`ynoqda yanvarning o`rtacha harorati—4,4° edi, hozir esa —8,3°. Natijada Orol bo`yida bahorgi sovuq tushish 10—12 kun, ga cho`zilib, kuzgi sovuq tushish 10—12 kun erta boshlanmoqda, yyer osti suv sathi pasayib, sho`rligi ortib, to`qayzorlar maydoni kisqarib, ko`llar qurib, qayta cho`llashish jarayoni tezlashmoqda. Orol atrofidagi suv tagidan chiqib qolgan yyerlardagi tuzlar ko`chib ularni shamol 500 km ga uchirib ketmoqda. Natijada Quyi Amudaryoning sug`oriladigan yyerlarining har gektariga 0,5—1,0 tonnagacha chang aralash tuz tushmoqda. Orol dengizi suv sathining pasayishi sababli u transport ahamiyatini deyarli yo`qotdi. Orol dengizidan yiliga 500 ming t. gacha baliq ovlanar edi. Endilikda baliq deyarli ovlanmaydi, natijada, baliq xo`jaligi yiliga 18,9 mln, so`m (1986 yilgi ma`lumot) foydadan mahrum bo`ldi. Amudaryo va Sirdaryo deltasidagi qamishzorlar va to`qaylarning qurib qolishi sababli mo`ynali xayvon ondatra juda kamayib ketdi. Natijada yiliga 4,7 mln. so`mlik daromad yo`qotilmoqda.
Ko`rinib turibdiki, Orol suv sathining pasayishi ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan juda katta zarardir. Demak, Orol dengizini saqlab qolish lozim. Orolni qanday qilib saqlab qolish mumkin? Bu savolga hozircha aniq javob yo`q. Ba`zilar Orolni qayta tiklash haqida fikr yuritsa, ba`zilar Orolning bahridan o`tmoqchi bo`ladilar, yana bir guruh olimlar esa uni ma`lum bir xajmda saqlab qolish tarafdoridirlar.
Ma`lumki, Orolni asli holiga keltirish amri mahol. Buning uchun Orolga yiliga qo`shimcha 90—100 km3 atrofida suv kerak bo`ladi. Bu suvning yarmi bug`lanib ketsa yarmi to`planib, taxminan 12—13 yilda Orolni qayta tiklash mumkin. Lekin bunchalik ko`p suvni topish mumkin emas. Ba`zilar Orolga Kaspiy dengizidan suv olish kerak deydilar. Lekin Orol Kaspiydan 81 m. balandda joylashganligini hisobga olinsa, bu loyiha ham aniq emasligi ma`lum bo`ladi. Ayrim olimlar Orolga Sibir daryolari suvini keltirish tarafdoridir. Bu loyiha amalga oshirilsa, birinchi bosqichida Turkistonga 27 km3 suv keladi. Biroq uning asosiy qismi sug`orishga sarflanadi, binobarin u Orol muammosini hal qilmaydi.
Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Chorjo‘y vohalarida vujudga kelayotgan barcha qaytarma, oqova va zovur suvlarini yig'uvchi maxsus kollektorlar qazib, suvni Orolga oqizishni zudlik bilan amalga oshirish kerak. Sariqamish ko‘liga qo'yiladigan Laremok va Ozemiy kollektorlarini ham Orolga yo'llash kerak. Bu tadbirlar Sirdaryo havzasi va boshqa vohalarga ham taalluqlidir. Albatta, yuqorida aytilgan chora-tadbirlami amalga oshirish uchun katta kuch va mablag talab etiladi. Buning uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari ajratadigan mablag‘larni ko‘paytirish, xayrixoh jahon jamoatchiligidan oqilona foydalanish, Orol hayriyasiga tushgan pullar shu maqsadlarda ishlatilishi ma’qul bo‘ladi. Keltirilgan tadbirlar to‘la amalga oshirilsa, yaqin orada Orolga yog’insochin va yer ostidan sizib tushadigan suvlar bilan birga yiliga taxminan 30—35 km3 suv qo‘shish mumkin. Bu esa Orolning hozixgi holatini saqláb qolishga imkon beradi.
Uning qimmatga tushmaydigan yana bir chorasi hammasi bo‘lib yiliga 10—12 km3 suv olib kelinadigan yopiq suv quvurlarini yotqizishdir. Bu xayrli ishni Irtish daryosidan taxminan Tobolsk shahri atrofidan boshlanib To‘rg‘ay darvozasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Orolga olib boriladi. Buning afzalliklari shundaki, suv bug'lanmaydi va boshqa xil isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi, ekologik o‘zgarishlaiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Orol dengizi suvi ko‘payishi bilan biiga u chuqurlasha borishi, tez orada amalga oshishi mumkin va hokazo. Bu loyihani Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya bilan kelishgan holda amalga oshirishlari mumkin, chunki, Orolning mudhish holati Rossiyaga ham o‘z ta’sirini ko'rsatishi hech kimga sir emas.

Download 109.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling