Mundaraja kirish I bo’lim. Orol dengiziga umumiy tavsif
Orolni saqlab qolish mumkin bo’lgan chora-tadbirlar
Download 109.1 Kb.
|
SARBORBEK-OROL
2.2.Orolni saqlab qolish mumkin bo’lgan chora-tadbirlar
So`nggi yillarda Orol suv sathini ma`lum yuzada saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlarning ko`rilishi tufayli Amudaryo va Sirdaryo yana Orolga ko`proq suv quya boshladi. 1988-yili Amudaryo bilan Sirdaryo Orolga 23,0 km3 (Amudaryo 16,0 km3, Sirdaryo 7,0 km3) suv quydi. Lekin Orol yuzasidan esa har yili (1991) 32—33 km3 atrofida suv burlanib ketmoqda. Demak, Orol dengizi suv sathini hozirgi yuzada saqlab turish uchun yiliga 32—33 km3 atrofida suv quyilishi kerak. Ammo Amudaryo va Sirdaryo Orolga yiliga ko`p miqdorda suv quyayotgani yo`q. Bu esa Orol suv sathini hamon pasayaverishidan dalolat beradi. Chunki Orolda suvning kirimiga nisbatan sarfi ortib ketmoqda. Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari 1994 yil 11 yanvarda Nukusda Orol va Orolbo’yi muammosiga bag’ishlangan kengash o’tkazdi. Bu kengashda Orol va Orolbo’yi ekologiyasiga bag’ishlangan tadbirlar ishlab chiqildi. 1995-yil 20-sentyabrda Nukus shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari uchrashuvi o’tkazilib unda, Jahon banki Orol muammosiga moliyaviy yordam berishini e’lon qildi. Olma-otada 1997 yil 28-fevralda Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari Orol va Orolbo’yi ekologik muammosiga bag’ishlangan “Almati bayonoti” e’lon qilindi. Bu bayonotda shunday deyiladi: “BMT va uning ixtisoslashagan agentligi Orol dengizi havzasida vujudga kelgan tang vaziyatga doimiy e’tibor berish hamda bu mintaqada atrof-muhitni muxofaza qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rishga, Orol bo’yidagi og’ir ahvolga tushib qolgan aholiga yordam ko’rsatish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berishga da’vat etilsin. Xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirishga doir konventsiya loyihasini ishlab chiqish nihoyasiga yetkazilsin”. Bu yig’ilishda jahon banki vitse-prezidenti, Ioxanes Linin Orol muammosi bo’yicha yaqin vaqtlarda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ish olib borishni tezlashtirishni taklif etdi. Suv omborlari va havzalardan foydalanish, ularga texnik xizmat ko’rsatish hamda xavfsizligini tugatish. Download 109.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling