Mundaraja kirish I bo’lim. Orol dengiziga umumiy tavsif
Download 109.1 Kb.
|
SARBORBEK-OROL
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. OROL DENGIZIDAGI BUGUNGI HOLAT VA MUAMMOLAR
Mavzuning dolzarbligi. Orol dengizning qurishi ta'sirida yuzag kelayotgan muammoning dolzarbligi juda yuqori hisoblanadi, buning oldi olinmasa yoki muammoning zararli ta'siri kamaytirilmasa xolat ancha jiddiylashib ketishi mumkin.Kurs ishining maqsadi Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan "Orol muammosi” vujudga keldi. Ushbu kurs ishining maqsadi esa ushbu muammolarni tushunib yetib, unga imkon qadar yechim topish hisoblanadiMavzuning predmeti Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini saqlash. I BOB. OROL DENGIZIDAGI BUGUNGI HOLAT VA MUAMMOLAR1.1.Orol dengizi haqida ma’lumotlarOrol va Orolbo‘yi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni miloddan avvalgi II asrda yashagan geograf Klavdiy Ptolemey yozib qoldirgan. U tuzgan „Dunyo xaritasi“da hozirgi Orol dengizi o‘rnida „Oks“ ko‘li tasvirlangan. IX asrda yashagan arab olimi Ibn Xurdodbex Amu-Sirdaryo „Kurdor“ ko‘liga quyilgan desa, X asrda yashagan Al-Mas’udiy hozirgi Orol ko‘lini „Jurjoniya“, Beruniy esa „Xorazm“ ko‘li deb atagan. Fransuz geografi Delil 1723- yili tuzgan xaritasida Orol botig‘ida joylashgan suv havzasini birinchi marta „Orol“ deb nomlagan. Orol dengizining tubi tektonik harakatlar ta’sirida cho‘kishi natijasida paydo bo‘lgan. Orol cho‘kmasining ilk Amudaryo va Sirdaryo suvi bilan to‘lishi eramizdan avvalgi 1- ming yillikning birinchi yarmida ro‘y bergan. So‘ngra tabiiy omillar ta’sirida (Amudaryo va Sirdaryo suvining ko‘payib, ozayib turishi ta’sirida) Orol dengizi suv sathi goh pasayib, goh ko‘- tarilib turgan. So‘nggi 200 yil (1961- yilga qadar) ichida Orol dengizining suv sathi uch marta ko‘tarilib, ikki marta pasaygan Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubi-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston, shimoli-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga choʻzilgan, uzunligi 428 km, eng keng joyi 235 km (45° sharqiy kenglik.) boʻlgan. Havzasining maydoni 69 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuq. 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini hisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shimol qirgʻoqlarida eng katta qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, janubi-sharqiy va sharqiy qirgʻoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, janubiy va janubi-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari Orol dengizining gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻistonning shimoliy qismi Ustyurt tegisligi yonida chuqurligi 69 m gacha yetgan. Orol dengizi qirgʻoklarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shimoliy qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Janubiy qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan. Gʻarbiy qirgʻogʻi kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq orol boʻlgan. Ularning 80% dengizning janubi-sharqiy qismida. Eng kattalari Koʻkorol (273 km²), Vozrojdeniye (216 km²) va Borsakelmas (133 km²) edi. Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yer osti suvlaridan ortikdir. Shuning uchun iqlimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sat-hi yillar davomida oʻzgarib turgan. Mas, 1785-yildan dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825-yildan pasaygan, 1835—50 yillarda yana koʻtarilgan, 1862-yil kamaygan. Koʻkorol 1880-yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881-yil suv sathi pasaygan. 1885-yildan Orol dengizida suv sathi yana koʻtarila boshlagan. 1899-yilga kelib Koʻkorol yarim orol orol boʻlib qolgan. 1919-yil dengiz maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ boʻlgan boʻlsa, 1935-yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan. Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan ham dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil davomida oʻzgarish amplitudasi urtacha 25 sm ga teng boʻlgan. Suvining shoʻrligi oʻrtacha 10— 11%". Suvdagi tuzlarning koʻp qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga koʻra, suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. t ga yaqin deb baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq boʻladi. Yoz oylarida ham 24 m chuqurlikkacha dengizning tubi koʻrinadi. Suvining rangi koʻpgina qismida koʻk, qirgʻoklariga yaqini koʻkimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dekabr oʻrtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda temperatura 8°ga oʻzgaradi. Dengiz ustida havoning urtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda —7°, — 13,5°. Orol dengizi sazan, choʻrtan, sudak, oqchavoq, laqqa, taran (leshch), Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoq kabi yirik portlari faoliyat koʻrsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam boʻlgan. Aholi, asosan, baliqchilik bilan va, qisman, chorvachilik, ondatra urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Oʻtgan asrning 90-yillarigacha dengizdan baliqovlangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida koʻp sonli baliq ovlash xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Koʻkorol o.), Bugun posyolkasida (sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan. Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848—49-yillarda tadqiq etgan va xaritaga tushirgan. Qadimda Amudaryo Uzboy orqali Kaspiyga, Toʻrgʻay daryosi esa Orol dengiziga quyilgan. Orol dengizi 1573-yilgacha Kaspiy dengizi bilan bogʻlanib boʻlgan. Paleontologlar Orol dengizi qirgʻoqlaridan kit, akula va dengizda yashaydigan qizil baliq qoldiqlarini topishgan. 1850-yilda Rossiya buyurtmasi asosida Shvesiyada qurilgan paroxod Orol dengiziga tushirilgan. 1965-yilgacha Aralsk, Moʻynoq, Xoʻjayli, Chorjoʻy oʻrtasida yoʻlovchi va yuk tashuvchi paroxodlar qatnagan. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida 10 ta baliq zavodi va baliq konservalash kombinati ishlab turgan, Orol dengizidan yiliga 450 ming sentnergacha baliq ovlangan. 1981-yilda Amudaryoda kema va parom qatnovi toʻxtatilgan. Orol dengizining yuz km dan koʻproq ichkariga chekinishi natijasida kemalar quruq qum ustida qolib ketdi. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida umurtqali hayvonlarning 178 turi, oʻsimliklarning 1200 turi aniqlangan. Amudaryo qirgʻoqlaridan yiliga 1 mln dan ortiq ondatra moʻynasi tayyorlangan. Oʻtgan asrning 90-yillarga kelib, moʻyna tayyorlash butunlay barham topdi. Tuproqning kuchli shoʻrlanishi oqibatida qishloq xoʻjalik mahsulotlari etishtirish bir necha marta kamayib ketdi. Yerlarning shoʻrlanishi, turar joylar, maʼmuriy binolar va asfaltlangan yoʻllarga katta ziyon keltirm 1.2.Orolning qurish sabablari va uning hozirgi holati Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bogʻlikligidan, bu ikki dare suvi sugorishga qancha koʻp sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi na-tijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildanyilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal surʼatlarda pasaya boshladi. Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sigʻimiga taʼsiri Orol dengizi da suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin taʼsir koʻrsatdi: 1911—1960-yillarda dengiz sathi oʻrtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km³, dengiz yuzasiga yogʻgan atmosfera yogʻinlari miqdori esa 9,1 km³ ga teng boʻlgan. Sarflanish, yaʼni chiqim esa, asosan, bugʻlanishdan iborat boʻlib, shu davrda oʻrtacha 66,1 km³ ni tashkil etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km³ dan, 1911—1960-yillar davomida 50 km³ hajmdagi suvni yoʻqotgan. Orol havzasida 1961- yildan boshlab sug‘oriladigan yerlar maydonining muttasil ravishda ortib borishi, suv omborlar barpo etilishi, shaharlar va sanoat obyektlarining ko‘payishi, aholi sonining o‘sishi natijasida Amudaryo va Sirdaryo yil sayin Orolga kam suv quya boshladi, aksincha, ko‘l yuzasidan bug‘lanish miqdorining ortib borishi oqibatida ko‘l suv sathi pasayib, asosiy qismi quruqlikka aylandi. 2005- yildan so‘ng Orolga Amudaryo suvining yetib bormasligi oqibatida 50 ming km2 qismi quruqlikka aylanib, eol qum relyefi shakllanib, ko‘l qismida tiðik sho‘rxoklar mintaqasi vujudga keldi. Shunday qilib, sobiq dengizning qurigan qismida o‘ziga xos tabiiy komponentlarga ega bo‘lgan yangi „Orolqum“ cho‘li paydo bo‘ldi. Orolning qurigan qismida birbiridan ajralib qolgan uchta — Shimoliy, Sharqiy va G‘arbiy Orollar saqlanib qolgan edi. Lekin so‘nggi yillarda bug‘lanish tufayli Sharqiy Orol suv sathi pasayib, hozir qurib qolib, o‘rni sho‘rxok, sho‘rxok- botqoqqa aylanib qoldi. G‘arbiy qismidagi nisbatan chuqur ko‘l ma’lum vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin. Orol dengizining qurigan qismi tuz makoniga aylanib bormoqda Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-yillargacha yiliga Amudaryo Orol dengizi ga 38,6 km³, Sirdaryo esa 14,5 km³ suv olib borgan. Suv balansida yogʻinlar ham muhim oʻrin egallagan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82–176 mm yogʻin yogʻadi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km³ yer osti suvlari qoʻshilib turgan. Mutlaq dengiz sathi 2000-yillarning boshlarida 22-yillarning oxiridagi darajadan 1950 m pastroqda 31 m gacha pasayib ketdi. 2001-yilda Buyuk Orol dengizi (Janubiy) Gʻarbiy va Sharqqa boʻlingan. 2001-yilda. 2003-yilda dastlabki maydonning toʻrtdan bir qismi Orol dengizi va 10% ga yaqinini dengiz suvi qoplagan. Bugungi kunda eski chuqur dengiz oʻrniga umumiy maydoni 38000 km2 boʻlgan yangi qum va tuzli choʻllar mavjud. Orol dengizi Markaziy Osiyoning yopiq suv havzalaridan biridir. Uning chor atrofi bepoyon cho’l zonasi bilan o‘ralgan. Orol dengizini suv bilan to'ldirib turadigan manba bu Amudaryo va Sirdaryolardir. Bu daryolar har yili Orol dengiziga 56 km3 suv quyadilar. Mahalliy yoginlar hisobida esa 5 km3 suv Orol dengiziga qo‘shilib turadi. Bu ikki daryo (qadimda Oqsuv va Yaksart deb atalgan) Tyanshan va Pomir togiaridan boshlanib oqib Orol dengiziga quyiladilar. Tog‘dan boshlangan joylarida bu daryolarda 100 km3 dan ortiq suv bo‘lib, Orol dengiziga quyilganga qadar 2500 km masofani choi zonasi bo'ylab o‘tganda suvning yarmidan ko‘prog‘i bugianib va boshqa sabablar natijasida Orolga yetib bormaydi. Bu ikki buyuk daryolaming suvlari 2000 yildan ham ko'proq vaqtdan buyon Markaziy Osiyo xalqlarining chuchuk suvga va qishloq xo'jaligig bo’lgan talabini qondirib kelmoqda, bu mintaqaning muhitiga ko'rsatgan ta’siri sezilarli darajada emas edi. Biroq XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu mintaqada vaziyat keskin o‘zgara boshladi. Bu o'zgarish sobiq Ittifoq hukumatining yangi yerlami o'zlashtirish asosida paxta yetishtirishni keskin ko'paytirishga qaratilgan qaroridan keyin boshlangan edi. 1938-yilga kelib sobiq Sovet Ittifoqi paxta bilan birgina o‘z ehtiyojlarinigina qondirib qolmay, balki chetga paxtani eksport qilish imkoniyatiga ega boidi, biroq Ittifoq iqtisodiyoti paxta yetishtirishni yanada ko'paytirish, yangi sug‘oriladigan yerlarni ochish hamda irrigatsiya sistemasini kuchaytirishni talab qilar edi. Yana yigirma yildan so‘ng, ya’ni 1960-yilda sug'oriladigan yerlar soni 4,5 mln gektarga yetdi, keyingi 25 yilda yana qo‘shimcha 2,6 mln gektar yerga suv chiqarildi va suvni ishlatish bir yilda 105 km3 yetdi. Shundan 60 km3 Amudaryo va 45 km3 Sirdaryo hisobiga to‘g‘ri kelar edi. Shunday holat bu daryolar suv oqimining Orol dengiziga qo'yilishini keskin qisqartirib yubordi. Masalan, agar 1960-yilda Orol dengizi suvining darajasi 53— 54 m. tashkil etgan boisa, keyingi yillarda u keskin pasayib borib, suv darajasi 1990-yilda 1960-yilga nisbatan 14 m. pastga tushgan. Bu degan so‘z Orol dengizining — 40 % qurigan va suv hajmi 60 %gacha qisqaigan demakdir. Keyingi yillarda ham Orolning qurishi to‘xtagani yo‘q va kuzatishlarga ko‘ra o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rilmasa uning qurishi kelgusida ham davom etaveadi. Shunday holat davom etaversa Orol dengizi kichrayib, qurib umimiy maydoni 4— 5 ming km2 keladigan sho'r ko‘lga aylanish ehtim oli bor. Orol dengizi suvining sho‘rligi 22—23 % ko‘tarildi. Dengizning sayoz Sharqiy Janubiy va Shimoliy qirg'oqlaridan dengiz suvi 60—120 km chekinb, sho'rhok yerlarga aylanib qoldi. Keyinchalik suvning sho'rlanish darajasi 41—42 %ga yetib borishi mumkin. Oqibatda ekologik sharoit buzilib balitar o‘lib ketadi. Hozirda Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryoning suvi (zovur — qaytarma, sizot suvlarini hisobga olmaganda) deyarli qo‘yilmayapti. 1961 -yildagi holatga nisbatan esa 19-20 metr pasayib ketadi. Suvning sho'rligi esa 77 % boradi. Hozirgi kunda dengiz sathi 16,5 m.ga pasaydi (1997). Natijada, Orol dengizi ikki katta va kicliik Orolga bo‘lindi. Dengiz suv sathining pasayishi tufayli uning atrofida 4 mingga yaqin sho'rxokka aylanib kuchli shamol u yerdagi tuz qum va changlarni ko'chirib, 300 km masofagacha olib borib tarqatmoqda. Changlar bilan birga xloristovodorod va oltingugurt kislotalarini ham tarqatmoqda. Natijada, atrofdagi obikor yerlarga zarar keltirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra quyi Amudaryodagi yerlarning har gektariga 0,8 — 1,0 t tuz kelib tushmoqda. Bu esa yerlami sho‘rlatib, meliorativ holatini yomonlashtirib paxta va boshqa ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Dengiz suv sathining pasayishi tufayli Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi to‘qayzorlar, yaylovlar, o'tloqlar qurib qayta cho'llashmoqda. Dengiz atrofidagi tumanlarda yer osti suv sathi pasayib chorvachilik uchun ozuqa bo‘ladigan o'simliklar qurib, ko‘chma qumlar maydoni ko'payib bormoqda. Yerlarning shoʻrlanishi, turar joylar, maʼmuriy binolar va asfaltlangan yoʻllarga katta ziyon keltirmoqda. 1986-yilda 78 % turar joylar foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan. Bu halokat ichimlik suvlarni ifloslantirib, aholi oʻrtasida kasallikni kuchayishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo suvidan foydalanishda yoʻl quyilgan xatoliklar Orol boʻyida ekologik falokatni keltirib chiqargan. Orol dengizi qurigunga qadar 200 km atrofidagi hududning iqlimi yaxshi holatda saqlanib turgan. Qishda sovuqni yozda o‘ta issiqni kamaytirib turgan. 1980-yilga kelib, yanvar oyi bilan iyul oylarining o‘rtacha oylik harorat farqi 2°C ga ko'paygan. Bahor va kuz oylarida tez-tez sovuqlar bo‘lib turadigan bo‘lib qoldi, issiq kunlar 170 kungacha pasaydi. Yozning baland harorati, kuchli shamollarning bo‘lib turishini kuchaytirdi, kuchli bu shamollar odam salomatligi uchun yomon ta’sir etuvchi zaharli kimyoviy moddalar bilan zaharlangan chang to‘fonlami tarqatadi hamda tuproq yuzidan suvning parlanishini tezlashtirib qishloq xo'jaligi ekinlarining rivojlanishiga va hosildorligiga salbiy ta’sir etadi. Suvning kam kelishi daryo deltalarini qurishiga o'simliklar turlarining kamayishiga va biologik turü-tuman oiganizmlaming kamayib ketisliiga va xullas insonning yashash sharoitining keskinlashuviga olib keladi. Bu ikki daryo suvidan to‘g‘ri ratsional foydalanmaslik natijasida, ortiqcha suvlar ko'pgina ko‘l va botqoqliklaming paydo bo'lishiga olib kelmoqda. Xuddi shunday suv havzalari Amudaryoning quyi qismida 40 ga yaqin bo‘lib, bularda har yili 6—7 km3 ga yaqin suv bug‘lanib yo‘qolib ketmoqda. Ana shunday ko'llardan eng kattasi Nukus shahrining g'arbida joylashgan Sariqamish chuqurligida joylashgan ko‘l bo'lib, har yili 3— 4 km3 suv oladi va tarkibida 30 km3 dan ortiq suv bor. Orol dengizidagi sug‘oriladigan yerlardan yetarli foydalanmaslik ortiqcha suv miqdori va uning ortiqcha taqsimlanishi botqoqliklar va yer osti sizot suvlarining ko'tarilishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida yerlami sho'rlantiradi. Hozirgi kunda sho‘rlanish natijasida Orol atrofidagi yerlaming unumdorligi 2,5 barobargacha pasayib ketgan. Bu yerlaming holati kelajakda qanday bo'lkhi hali noma’lum. Orol atrofidagi muhit kishilar salomatligiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda ayniqsa, Amudaryo deltasi atrofida yashovchi aholi orasida qorin tifi bilan kasallanish 30 barobar oshgan, bolalar o‘limi ko‘paygan, odamlarning o‘rtacha bo‘yi va yashash darajasi pasaygan. Ko‘rinib turibdiki, agar Orol taqdiri tezda hal qilinmasa kelajakda uning o‘rnida Orol cho‘li vujudga keladi. Buning uchun kelajak avlod bizning noshudligimizdan tabiatni muhofaza qilishdagi savodsizligimizdan, ekologik tarbiyamizning pastligidan nafratlanadi. Shu sababli tabiatning bizga in’om etgan ajoyib obyekti Orolni eng kamida hozirgi holatda saqlash uchun kurashish har bir sof vijdonli insonning muqaddas burchidir. Buning uchun esa dengizga qo‘shimcha yiliga 40 km3 suv keltirish lozim. Hozirgi real imkoniyat Orol havzasi atrofida yig'ilgan zovur (qaytarma) suvlami to'plab, dengizga yo'llashdir. Agar bu vazifa amalga oshirilsa yiliga qo'shimcha 20 km3 suv Orol dengiziga kelib qo‘shilishi mumkin. Lekin bu bilan Orol dengizi suv sathining pasayishidan saqlab qolish mumkin emas. Orol dengizi suv sathini optimal balandlikda saqlash uchun xalq xo‘jaligida daryo suvlaridan tejab foydalanishga erishish lozim. Buning uchun birinchidan, sug'orish shahobchalarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish (kanallar tubini betonlash, har xil metallar bilan qoplab, filtratsiya va samarasiz bug'lanishni kamaytirish orqali); ikkinchidan, sug‘orishning eng ilg‘or usullarini (yomg‘irlatib, tomchilatib, tamoblar yordamida sug'orish) qo'llab, ekinlaming sug‘orish me’yorini pasaytirib suvni iqtisod qilish; uchinchidan, mavjud sug‘oriladigan maydonlarda ilg‘or agrotexnikani qo'llab, hosildorlikni oshirish hisobiga ekin maydonini kengaytirmaslikka erishish kerak. Download 109.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling