Mundaraja kirish I bo’lim. Orol dengiziga umumiy tavsif


Suvdan oqilona foydalanish


Download 109.1 Kb.
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi109.1 Kb.
#1526796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SARBORBEK-OROL

Suvdan oqilona foydalanish.
Suvning sho’rlanishga qarshi kurashish.
Vohalarida, ayniqsa, qishloq xo`jaligida suvni tejab, ma`lum qismini zudlik bilan Orolga oqizilmasa yaqin kelajakda (2000-yilga borib) uning suv sathi 20 m. ga pasayib, maydoni 23,3 ming km2 ga tushib, ko`lda atigi 162 km3 suv koladi. Sho`rligi esa 77% ga ko`tariladi. Natijada hozirgi Orol o`rnida sayoz va o`ta sho`r kichik ko`l vujudga keladi.
Orol dengizining qurib ketgan erlaridan shamol orqali havoga tuz va chang ko‘tarilib, yuzlab kilometr hududlarga tarqalmoqda.
Bu nafaqat Orolbo‘yi, balki undan uzoqda ham qurg‘oqchilikni keltirib chiqarmoqda. Orolning qurigan tubidan ko‘tarilgan chang-to‘fonlari ilk bora 1975-yili kosmik tasvirlar natijasida aniqlangan, hozirda esa ular oddiy holga aylangan. O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab bunday to‘fonlar yiliga 90 kungacha cho‘zilgan.
1994-yil yanvarida besh davlat boshliqlari Orol muammosiga bag'ishlangan loyihani ma’qulladilar, bu loyiha Orol dengizi degan nom oldi. (Faza-1). Besh davlat boshliqlari Orol dengizi muammosini ma’qullab texiiik va moliyaviy yordam ko'rsatish uchun Yevropa davlatlari tuzgan sobiq ittifoqdan ajralgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish dasturi (Tasis) fondidan yordam berishga da’vat etdilar. Bu yordamning asosiy maqsadi suv resurslaridan to‘g‘ri foydalanish asosida Orol atrofidagi muhitni va irrigatsiya holatlarini yaxshilashga qaratilgan.
Tasis — yevropa jamiyati tomonidan mustaqil hamdo‘stlik mamlakatlari va Mongoliya bilan Yevropa davlatlari o'rtasida iqtisodiy, siyosiy, aloqalami mustahkamlash va bu davlatlarga bozor iqtisodiyotiga o'tishda har tomonlama yordam ko'rsatish maqsadida tuzilgan tashkilotdir. Bu tashkilot keyingi to‘rt yil ichida (1991—1995-y) hamdo'stlik mamlakatlariga 2.268 EKYu ajratdi bu esa 2 ming dan ortiq loyihalami bajarishga qaratilgandir. Hozirgi kunda faqat Orol masalasigina emas, yana Kaspiy dengizi suvining ko'tarilishi ham muammo bo‘lib turibdi. Oxirgi 5 yil ichida uning suvi 2 metrga ko‘tarilgan. Bu jarayon davom etayapti. Shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, 2020-yilga borib, u yana 5 metrga ko'tariladi. Natijada, 4 ta davlat — Ozarbayjon, Turkmaniston, Rossiya va Qozog'istonning minglab km2 yerlari suv ostida qolib ketadi. Ko'plab turaijoy, temir va avtomobil yo‘llari dengiz tagida qoladi. Shu respublikalar uchun Kaspiyning ortiqcha suvini qayerga yo‘qotish katta muammodir. Shu muammo hal qilinsa va eng oqilona loyiha ishlab chiqilsa, yuzlab, minglab gektar hosildor yerlar qutqarib qolinadi.
Agar Kaspiy suvini Orol dengiziga o'tkazish sarf xarajatlarini suv toshqini sarf-xarajatlari bilan solishtirganda, Kaspiy suvining bir qismini Orolga o‘tkazish osonroq bo'ladi. Uning ustiga ikki dengiz orasidagi masofa 500 km atrofida. Bu degan so‘z qo'shimcha ishchi o'rinlari va yangi kanal vujudga keladi 3 ta respublikani (Qozog‘iston, Turkmaniston, O'zbekiston) bir-biri bilan bog‘lovchi yangi transport yo‘li paydo bo‘ladi. Ozarbayjon, Rossiyadan esa yuklar to'g'ri Qoraqalpog'istonga tushadi. Orol dengizi qurishi natijasida keladigan zarar haqida boshqa ma’lumotlar ham bor. Orlova va Oxunovalaming ma’lumotlariga ko‘ra sobiq Orol dengizi tubidagi tuzlar katta masofaga tarqab, hatto Himolay tog‘lariga va Mongoliyaga ham yetib borgan.

Download 109.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling