Orqaning chuqur muskullari


Download 4.79 Mb.
bet1/4
Sana11.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1767010
  1   2   3   4
Bog'liq
New Презентация Microsoft PowerPoint

ORQANING CHUQUR MUSKULLARI

.

Orqaning xususiy mushaklari umurtqalarning o’tkir qirrali va ko`ndalang o'siqchalari, ko`ndalang o'siqchalar va qovurg'alar burchagi o'rtasidagi egatlarda joylashib, uch: yuza, o'rta va chuqur qavatlarni hosil qiladi. Yuza qavatda bosh va bo'yinning tasmasimon va umurtqa pog`onasini tiklaydigan mushaklar yotadi. 1.Boshning tasmasimon mushagi (m. splenius capitis) ensa boylamining pastki qismi, VII bo yin va yuqorigi 3 -4 ko’krak umurtqalarining otkir qirrali o'siqchasidan boshlanadi. Mushak tolalari yuqoriga lateral yo’nalib, ensaning yuqori bo`yin chizig ining lateral qismiga va so’rg’ichsimon o’simtaga birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, bosh va bo'yinni orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o'z tomoniga tortadi

2.Bo`yinning tasmasimon mushagi (m. splenius cervicis) III-V ko'krak umurtqalarining o'tkir qirrali o'siqchasidan boshlanib, 2-3ta yuqorigi bo’yin umurtqalarining ko'ndalang o`siqchasining orqa do'mboqchasiga birikadi Faoliyati: ikki tomonlama qisgarsa, umurtqa pog`onasining bo’yin qismini orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, o`z tomoniga buradi 3.Umurtqa pogonasini tiklaydigan mushaklar (mm. Erector spinae) orqaning eng kuchli autoxton mushagi bolib,umurtqa pog'onasining bor bo'yicha tortilgan.

U qalin va pishiq pay vositasida dumg'azaning orqa yuzasidan, bel, XII va XI ko`krak umurtqalarining o'tkir qirrali o'siqchasidan, yonbosh suyagi qirrasining orqa qismi, bel-ko'krak fassiyasidan boshlanadi, Mushak tolalari yuqori tomonga yo nalib, yuqorigi bel umurtqalari sohasida uch qismga: lateral-qovurg'alarga birikuvchi yonbosh- qovurg`a mushagi, oraliq-ko`ndalang o`siqchalarga birikuvchi eng uzun mushak va medial-o*tkir qirrali o'siqchalarga birikuvchi o'tkir qirrali mushaklarga bo'linadi.

Yonbosh-qovurg'a mushagi yonbosh (m.iliocostalis) bel-ko'krak qirrasi, suyagi fassiyasining yuza qatlamidan tolalari boshlanadi. Mushak qovurg'alarning orqa yuzasidan yuqoriga yo'nalib, VII-IV bo’yin umurtqalarining ko'ndalang o'siqlarigacha boradi. Qismlarining joylashish sohasiga qarab, bu mushak uchga bo linadi. Belning yonbosh-qovurg'a mushagi (m. Iliocostalis lumborum) yonbosh suyagi qirrasi, bel-ko'krak fassiyasining yuza qatlamidan boshlanib, pastki oltita qovurg'alar burchagiga birikadi. Ko`krakning yonbosh-qovurg'a mushagi (m. iliocostalis thoracis) pastki oltita qovurg'alarning oldingi mushak birikkar joyidan ichkariroqda boshlanib, yuqoridagi oltita qovurg' alarning burchagiga va VII bo'yin umurtqasining ko’ndalang o'siqchasining orqa yuzasiga birikadi.


Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling