O’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana30.06.2020
Hajmi0.55 Mb.
1   2   3   4

 

                                                                            

1

 Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш давр талаби. – Тошкент:  5-т. “Ўзбекистон”, 1997. – 110-б. 



 

 

 



 

41 


2.2. Jamiyatni modernizasiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda 

ijtimoiy taraqqiyot qonunlarining namoyon bo’lishi 

O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng,  o’z taqdirini va o’z 

taraqqiyot yo’lini mustaqil belgilash imkoniyatiga ega bo’ldi. Erkinlik, mustaqillik 

jamiyatimiz  taraqqiyotini  ta’minlashda  asosiy  ijtimoiy–tarixiy  shart-sharoit  bo’lib 

hizmat qildi. Mustabit  tuzum  davrida taraqqiyotning bir  variantli,  ya’ni sosialistik 

taraqqiyot  yo’lidan  borish  bizning  jamiyatimizga  mutlaqo  to’g’ri  kelmadi. 

Sosialistik  tuzum  parchalanganidan  so’ng  sobiq  Ittifoq  tarkibidagi  barcha 

respublikalar  taraqqiyotning  tarixiy  amaliyotda  sinalgan,  bozor  munosabatlariga 

asoslangan    demokratik  yo’lini  tanladilar.  Shu  jumladan  O’zbekiston  ham 

mustaqilligining  dastlabki  yillaridanoq  o’zining  strategik  taraqqiyot  yo’lini  asosiy 

qonun  -  Konstitutsiyasida  “O’zbekiston  -  suveren  demokratik  respublika”

1

sifatida 



huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’ydi.

  

 



Avvalo  bunday  strategik  taraqqiyot  yo’lini  tanlashda  nazariyaning  to’g’ri 

ishlab  chiqilishi  muhimdir.  Chunki,  sosializm  ham  nazariyaning  xatolari  va  shu 

xatolarning  jamiyat  hayotiga  qo’llanilishi  oqibatida  inqirozga  uchragan  edi.  Bu 

hatolarni      takrorlamaslik  uchun,  mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.  Karimov  avvalo 

nazariyaning to’g’ri ishlab chiqilishiga asosiy e’tiborini qaratdi. 

  

Mustaqilligimizning  dastlabki  yillarida,  ya’ni  Oliy  Majlisning  birinchi 



sessiyasida,  mamlakatimiz  oldida  birinchi  navbatda  hal  etilishi  lozim  bo’lgan 

ko’plab  muhim  masalalar  qatori  ko’p  yillar  davomida  markscha  nuqtai  nazarga 

ko’ra  buzib  tavsiflab  kelingan  davlat  va  huquq  tushunchalarining  mohiyatini 

yangicha  talqinda  ta’riflab  berish  zarurligini    Prezidentimiz  tushunib  yetgandi. 

“Biz  yaqin  o’tmishimizda    sinfiy  hukmronlikning  quroli  sifatida  davlat  haqidagi 

markscha g’oyani shior qilib olib, bu  nazariyani dogmaga,  davlat  va  huquqni esa 

sinfiy  kurash,  sinfiy  raqiblarni  yengish  vositasiga  aylantirgan  edik.  Demokratiya  

sharotilarida  esa  davlat   ijtimoiy   qarama-qarshiliklarni zo’rlik  va bostirish  yo’li 

bilan emas, balki  ijtimoiy kelishuv,  xalq ta’biri bilan aytganda,  murosayu  madora 

bilan  bartaraf  etish  vositasiga  aylandi.  Huquqning  o’ziga  esa  ijtimoiy  hamjihatlik 

                                                                            

1

 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси . “Ўзбекистон ”. Т ., 2008, 4-бет 



 

42 


va 

kelishuvga 

asoslangan 

ijtimoiy 

tartib–intizomga 

erishish, 

erkinlik, 

adolatparvarlik va teng-likni vujudga keltirish vositasi sifatida yondashiladi”

1

.

 



Ayni  paytda  mamlakatimiz  rahbarining  o’sha  ma’ruzasida  O’zbekistonda 

milliy  davlat  qurilishi  bo’yicha  ko’p  yillik  g’oyat  shiddatli  va  mashaqqatli 

ishlarning  yakuni,    o’y-fikrlar  va  dalil-isbotlar,  tavsiyalar  va  xulosalar  bayon 

etilgandi.  Unda  demokratiya  mavzusiga  alohida  e’tibor  qaratilib,  ma’ruzaning 

asosiy  boblari  “Demokratiya  -  bosh  yo’limiz”,    “Iqtisodiy  munosabatlarni 

demokratiyalash bozor islohotlarning muhim sharti” deb nomlangan edi. 

Davlatimiz raxbari asarlarida  va  nuqtalarida o’z aksini topgan boshqa qator 

nazariya  muammolar  ham  bor.  Bular  huquqiy  madaniyat    va  xuquqiy  tarbiya, 

butun  ijtimoiy-siyosiy,  davlat  va  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotni  ekrinlashtirish  hamda 

davlat va xuquq nazariyasi predmeti bo’lgan boshqa ko’plab muammolardir. 

Mamlakatimizning  muvaffaqiyat  bilan  rivojlanishi  hamda  ravnaq  topishi 

ko’p jihatdan davlat tepasida turgan rahbarga bog’liq bo’ladi. 

“Har  qanday  xalq  xayotining  taloto’mlarida,  tarixining  keskin  burilishi 

bosqichlarida  xalq  o’z  taqdirini  shaxsiy  fazilatlari  bo’rtib  turgan,  millatni 

birlashtirishga  qodir,  unda  taraqqiyot  va  tiklanish  muvaffaqiyatlariga  ishonch 

uyg’ota  oladigan  yetakchiga  topshirish  jamiyat  xayotida  ko’p  bor  isbotlangan. 

O’zbekiston  uchun  uning  birinchi  Prezidenti  –Islom  Abrug’aniyevich  Karimov 

xuddi shunday yetakchi bo’lib chiqdi”

2

.

 



Albatta,  tarixiy  taraqqiyoning  subyektlari  xalqdir.  Ammo  jamiyat  yangi  bir 

ijtimoiy  tuzumga,  mustaqillikka  qadam  qo’yganda  yuzaga  kelgan  muammolarni 

hal etishda xalqni bir jonu, bir tan  qilib birlashtirishda alohida yetakchiga ehtiyoj 

va zarurat paydo bo’ladi. 

Islom  Karimovning  mustaqillikning  ro’yobga  chiqishida    va  jamiyatimiz 

taraqqiyotini o’ziga xos va o’ziga mos bo’lgan yo’lini ishlab chiqishdagi vazifalari 

ayniqsa diqqatga sazovordir. 

                                                                            

1

  И.А. Каримов. Ўзбекистоннинг сиёсий–ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари. Т., 



“Ўзбекистон ”. 1995, 28-бет 

 

 



2

   Л. Левитин , С. Карлайл. Ислом. Каримов – янги  Ўзбекистон  Президенти. Т ., “Ўзбекистон ”.  

       1996, 1-бет. 


 

43 


      

Mustaqilligimizning 

dastlabki 

yillarida 

Prezidentimiz 

tomonidan 

taraqqiyotimizning asosiy  nazariy  negizlari  yaratildi.  Bu  nazariyaga biz  kompleks 

tarzda  baho  beradigan  bo’lsak,  taraqqiyoning  O’zbekistonga  hos  va  mos  bo’lgan 

“O’zbek  modeli”  nomini  olgan,  jahon  mamlakatlari  tomonidan  tan  olingan 

taraqqiyotning yangicha variantiga duch kelamiz. 

Avvalo,  O’zbekiston  o’z  mustaqilligini  qo’lga  kiritgan  ilk  davrlarda 

iqtisodiy jixatdan tang axvolda qolgan edi.  

Ittifoq  davridagi  siyosat  davridagi  siyosat  tufayli  respublika  ishlab 

chiqarishning  agrar  soxasiga  ihtisoslashtirilgan  bo’lib,  mavjud  sanoat  ham  asosan 

xalqning  turmush tarzini, ehtiyojlarini ta’minlashdan  yiroq bo’lgan og’ir sanoatga 

yo’naltirilgan edi. Natijada Ittifoq parchalanib ketishi oqibatida huddi o’rgimchak 

uyasidek  bir-biriga  chirmab  tashlangan  iqtisodiy  infrastrukturada  ham  keskin 

uzilishlar  ro’y  berdi.  Hom  ashyo  hisobiga  o’zaro  ayirbosh  qilinadigan  oziq-ovqat 

mahsulotlariga ham tanqislik yuzaga keldi.  

Mustaqillik  arafasida,  ya’ni  1989  yilda  O’zbekiston  iqtisodiy  rivojlanish 

darajasini  belgilovchi,  ya’ni  ichki  mahsulot  va  aholi  jon  boshiga  iste’mol  qilish 

kabi  ko’rsatkichlar  bo’yicha  Sovet  Ittifoqida  eng  oxirgi  o’rinlardan  birini  egallar 

edi.  Bu  ko’rsatkichlar  o’rtacha  umumittifoq  ko’rsatkichlariga  nisbatan  56  va  59 

foiz  edi

1

.      Bu  holatlar  mustaqillikning  ilk  davrlarida  ham  o’zini  salbiy  ta’sirini  



ko’rsatmay qolmadi. 

 Sovet  tuzumidan  qutulgan  boshqa  davlatlar  kabi  o’z  kelajagini  qurishga 

kirishgan O’zbekistonni ham tabula rasa - har qanday siyosiy va iqtisodiy loyihani 

bemalol  aimalga  oshirsa  bo’laveradigan  ijtimoiy  maydon  deb  bo’lmas  edi.  Sovet 

tuzumidan  keyingi  O’zbekiston  jamiyati  abadiy  barxam  topgan  eski  dunyoning 

parchalariyu, murdaga aylangan davrning siniqlaridan iborat emas edi. Bu yerdagi 

axvol butunlay boshqacha edi. Ijtimoiy xayotning barcha sohalarida, uning hamma 

pag’onalarida sovetlar o’tmishiga xos belgilar saqlanib qolgan  mamlakat  mustaqil 

deb e’lon qilingan edi

2



                                                                            

1

 “Аргументы и факты”. 39-сон, 1991, 4-бет. 



2

 Л. Левитин. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. Т.,  “Ўзбекистон ”. 2001,  167-бет.       



 

44 


Ijtimoiy  taraqqiyotda shunday qonuniyat borki,  ijtimoiy -  iqtiso-diy tanglik 

siyosiy  beqarorlikni  keltirib  chiqaradi  va  uning  oqibatida  jamiyatning  ichida 

qarama-qarshi  guruxlarning  o’zaro  hokimiyat  uchun  kurashishidan    iborat,  inson 

hafsizligiga jiddiy aks ta’sir ko’rsatuvchi holatlarni yuzaga keltiradi. Bunday salbiy 

hodisalarning  oldini  olishda  O’zbekistonda  quyidagi  omillar  shart  -  sharoit 

vazifasini o’tadi: 

Birinchidan,  real  vaziyatni to’g’ri baholay  oladigan,  xalqni bir tanu,  bir jon 

qilib birlashtira olgan, jamiyatning strategik va  taktik  maqsadlarini  ifodalay olgan 

siyosiy yetakchining davlat tepasiga chiqishi;  

Ikkinchidan,  Jamiyatning  asosini  tashkil  etuvchi  o’zbek  millatining  milliy 

mentaliteti:  hamjihatlik,  vazminlik,  ya’ni  “yetti  o’lchab  bir  kesish”i,  turli 

qiyinchiliklarga sabr-bardoshliligi, irodasining kuchliligi kabi hususiyatlari; 

      

Bu  ikki  omil  mustaqillikning  dastlabki  onlarida  jamiyatimizning  ijtimoiy  – 



siyosiy barqarorligini ta’minlashda muhim shart-sharoit bo’lib xizmat qildi. Bu esa 

o’z  navbatida  o’zini-o’zi  boshqarish  qonunining  boshqaruvchi  va  boshqariluvchi 

tizimlar faoliyatining o’zaro uyg’unligi qonuni asosida yuzaga keldi. 

O’zbekiston sosialistik  tuzumning og’ir salbiy oqibatlarini o’z bo’yniga olib 

taraqqiyotning  yangi  yo’liga  o’tar  ekan,  birinchi  galdagi  obyektiv  vazifa  

iqtisodiyotni  yuksaltirish,  sovetlardan  qolgan  merosning  ijobiy  jihatlaridan 

mumkin  qadar  ko’proq  foydalanish  hamda  salbiy  jihatlari  ta’sirini  iloji  boricha 

kamaytirish,  millatning  ma’naviy  qadriyatlarini  hamda  milliy  ongni  qayta  tiklash, 

xalq  xayotida  teran  ildizlari  bo’lgan  demokratiya  institutlarini  rivojlantirish, 

millatlararo  totuvlikni  ta’minlash,  halq  ma’naviyatini  yuksaltirish,  jaxon 

hamjamiyati  bilan  integrasiyalashish,  xalqaro  muxit  bilan  o’zaro  ijobiy  ta’sirni 

ta’minlash kabilardan iborat bo’ldi. 

Aynan  mana  shu  omillar  mamlakatda  o’tish  davrining  ko’zlangan  eng 

muhim  manzillari  bo’lib  xizmat  qildi  va  o’z  navbatida  jamiyat  taraqqiyoti 

strategiyasi  sifatida  mamlakatimiz  Prezidenti  Islom  Karimovning  qator  ilmiy 

risolalarida  o’z  ifodasini  topdi.  Bu  jarayonda  jamiyat  taraqqiyotining  ehtiyoj  va 

imkoniyat, moddiylik va ma’naviylik uyg’unligi qonunlari, taraqqiyotda vorisiylik, 


 

45 


integrasiya  va  ijtimoiy  gravitasiya  qonunlari  o’z  aksini  topdi.  Taraqqiyot  qat’iy 

tarzda jamiyat qonunlariga muvofiqlashtirilgan holda belgilandi. 

O’zbekistonda yangi jamiyat qurilishi jamiyat hayotini demokratlashtirish va 

modernizasiyalash bilan bog’liq kechdi. 

 

Mustaqilligimizning  dastlabki  yillarida  Prezidentimiz  Islom  Karimov  



“O’zbekiston  –  kelajagi  buyuk  davlat.  Bu  -  mustaqil,  demokratik,  huquqiy 

davlatdir. Bu – insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, 

siyosiy  e’tiqodlaridan  qat’iy  nazar  fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini 

ta’minlab beradigan davlatdir.  Halq  davlat  hokimiyatining  manbaidir.  Uning 

hoxish-irodasi  davlat  siyosatini  belgilab  beradi.  Bu  siyosat  inson  va  jamiyatning 

farovonligini, O’zbekiston barcha fuqorolarining munosib turmushini ta’minlashga 

qaratilgan  bo’lishi  kerak.  Yangilangan  jamiyatning  siyosiy  va  davlat  tuzilishi 

insonga  uning  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  turmush  tarzini  erkin  tanlab  olishini 

kafolatlashi kerak”

1

deb ko’rsatib o’tgan edi.



 

Yangi jamiyat qurishimizdan asosiy maqsad  – demokratik jamiyat qurish va 

har  bir  insonning  erkinligi,  o’z  orzu-intilishlarini  ro’yobga  chiqarish  kafolatchisi 

bo’lgan fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat bo’ldi. 

        

Ammo  demokratiya  haqida  gap  ketar  ekan,  taraqqiyot  amaliyotida  sinalgan 

bu  tuzum  jamiyat  va  inson  ehtiyojlarini  qondirishning  eng  maqbul  usuli  bo’lishi 

bilan  birga, ma’lum kamchiliklarga ham ega. S . Xantington bu tuzumga shunday 

baho  beradi:  “Ko’pincha  (halqlarning)  o’z  taqdirini  o’zi  belgilashini  yoqlab 

gapirilgan  gaplar  quloqqa  chalinib  turadi.  Buning  ma’nosi,  har  bir  guruh  o’zi 

hohlagan  yo’ldan  borishi  mumkin,  deganidir.  Ammo  bu  bosh-boshdoqlikning 

kuchayishi, jamiyat  va davlatning parchalanib ketishiga olib kelishi  mumkin.  Boz 

ustiga,  demokratiya  bunday  muammolarni  hal  etishga  unchalik  moslanmagan. 

Demokratiyalash va demokratiyaning amal qilish jarayoni jamiyatning etnik, diniy 

va  boshqa  guruhlari  o’rtasidagi  munosabatlarni  murakkablablashtirish  yuborishi 

mumkin”


2

.  


                                                                            

1

 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг  ўз истиқлол ва тараққиёт йўли . Т ., “Ўзбекистон ”. 1992, 15-16-бетлар. 



2

 Хантингтон С. Неуправляемостъ демократии? Демократии? Демократия 1990-х, Специалъный въпуск   

журнала “Глобалъные проблемы переходного периода”, 1993, стр. 16. 


 

46 


Demokratiya  ham  mavjud  muammolarni to’liq  hal etish  imkoniyatiga qodir 

bo’lgan  jarayon  emas.  Mutlaq  demokratiyaning  bo’lishi  ham  aslo  mumkin  emas. 

Chunki,  mutlaq  erkinlik  ham  jamiyat  barqarorligiga,  shaxs  qadr-qimmatiga  salbiy 

ta’sir o’tkazishi mumkin. 

Darhaqiqat, demokratiya  mavjud jarayonlarni  izga solib turadigan  universal 

vosita  emas,  shuning  barobarida  insoniyat  shaxs  va  jamiyat,  shaxs  va  davlat 

o’rtasidagi  munosabatlarning  mukammalroq  tizimini  ham  kashf  eta  olgani  yo’q. 

Binobarin,  yangittan  mustaqillikka  erishgan  yoki  demokratiya  yo’liga  o’tayotgan 

mamlakatlar  uchun  taraqqiyotning  yagona  konsepsiyasi  yoki  andozasining  o’zi 

yo’q. Demak mintaqalardagi jarayonlarga baho berishda G’arb mezonlaridan emas, 

ularga ijodiy yondashgan holda mavjud muammolar va sharoitlarning o’zidan kelib 

chiqish kerak bo’ladi”

1

.

 



   

Shaxs huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, huquqiy, fuqarolik jamiyatini 

barpo  etishda,  boshqaruv  organlarining  o’z  saylovchilariga  hisob  berishini  yo’lga 

qo’yishda, 

albatta 

demokratiyaning 

muqobili 

yo’q. 


Ammo 

G’arb  


siyosatshunosligida  demokratiyaga  panaseya  –  barcha  muammolarni  hal  etuvchi, 

balolarni daf qiluvchi vosita sifatida qarashga shubha bildirila boshlanganiga ancha 

bo’ldi. 

      


XX 

asrning 


90-yillari 

boshida 


amerikalik 

siyosatshunos 

Frensis 

Fukuyamaning  liberal  demokratiyaning  boshqa  mafkuralar  ustidan  qozongan 

g’alabasi  bilan  tarix  ham  tugadi,  degan  mulohazasi  keskin  munozaralarga  sabab 

bo’lgan  edi.  Bu  intiho,  uningcha,  barcha  zamonlarda  yashagan  barcha  halqlar 

tajribasiga  asoslangan  mantiqiy  taraqqiyot  jarayoni  tugaganini  bildiradi. 

Fukuyamaning  bu  mulohazasining  komunizmning  inqirozga  yuz  tutish  natijasida 

vujudga  kelgan  eyforiya  natijasi  debgina  qabul  qilish  mumkin.  To’g’ri,  bugungi 

kunda  kuchli  iqtisodiy  asos  va  peshqadam  axborot  vositalariga  tayangan  liberal 

demokratiyaning  oshig’i  olchi.  Ammo  yangi  iqtisodiy  va  shu  bilan  birgalikda 

siyosiy  qutblar  vujudga  kelayotgan  hozirga  dunyoda  unga  muqobil  kuch  sifatida 

islom,  konfusiylik  singari  sivilizasiyalar  maydonga  chiqayotganini  ham  tan  olish 

                                                                            

1

Низом Ф. Янгиланиш анъанаси. “Маънавият”. Т., 1998, 42-бет. 



 

47 


kerak  bo’ladi.  Chunki  taraqqiyotning  amerikacha  yoki  yevropacha  andozasi  va 

liberal  demokratiya  yangrayotgan  dunyo  duch  kelayotgan  muammolarning 

barchasini  ham  hal  etishga  qodir  emas  ...Zero,  huquq  va  erkinliklarini  himoya 

qilish  uchun  inson  kamida  tirik  bo’lish  kerak,  ya’ni  har  qanday  demokratiya, 

avvalo, uning yashash huquqiga dahl qilmasligi kerak

.

1



 

 

      



O’zbekiston ham o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng taraqqiyotning 

demokratik  yo’liga  o’tar  ekan,  avvalo,  bu  borada  ancha  ehtiyotkorona  yo’l  tutgan 

edi.  Prezidentimiz    Islom  Abdug’aniyevich  Karimov  1992  yilda  shunday  degan 

edi:  “O’zbekiston  o’z  istiqlol  va  taraqqiyoti  jarayonida  to’plangan  va  respublika 

sharoitiga  tatbiq  qilsa  bo’ladigan  barcha  ijtimoiy  va  maqbul  tajribalardan  shak-

shubhasiz  samarali  foydalanadi.  Gap  biron-bir  modelni,  hatto  u  ijobiy  natijalar 

bergan  taqdirda  ham  ko’r-ko’rona  ko’chirib  olish  to’g’risida  borayotgani  yo’q. 

Aniq  ravshan  vositalar  va  usullar  qaysi  mamlakat  uchun  mo’ljallangan  bo’lsa, 

o’sha mamlakatning o’ziga hos sharoitdagina ijobiy natija beradi.   

      


Jahon  va  o’zimizning  amaliyotimizdan  olingan  barcha  unumli  tajribani  rad 

etmagan  holda  o’z  ijtimoiy  -  iqtisodiy  va  siyosiy  -  huquqiy  taraqqiyot  yo’limizni 

tanlay  olish  respublikaning  qa’tiy  pozisiyasidir.  Shuni  alohida  ta’kidlash  zarurki, 

sohta  inqilobiy  sakrashlarsiz,  fojeali  oqibatlarsiz  va  kuchli  ijtimoiy  laxzalarsiz, 

evolyusion  yo’l  bilan  normal,  madaniyatli  taraqqiyotga  o’tish  -  tanlab  olingan 

yo’lning  asosiy  mazmuni  va  mahiyatidir”

2

.  Bu  keltirilgan  fikrlar  demokratiyaning 



jamiyatimiz  manfaatlariga  mos  keluvchi  tomonlarini  milliy  hususiyatlarimiz  bilan 

uyg’unlashtirish,  ya’ni  dialektik  aloqadorlik,  vorisiylik  (“yangi  uyni  qurmasdan 

eskisini buzmang” tamoyili) qonunlari asosida ijodiy o’zgartirishlarni e’tirof etadi. 

      


Demokratiya – jamiyatning o’zini-o’z boshqarish va o’zini-o’zi tashkil etish 

qonunlariga asoslangan ijtimoiy tuzumdir. 

      

Demokratiya  va  uning  qardriyatlarining  ulug’vorligi  shundaki,  uning  real 



amal qilishi sharotida fuqarolarning erkin harakat qilishi yuzaga keladi va ularning 

o’z  manfaatlarini  amalga  oshirishi  uchun  imkoniyatlari  kengayib  boradi. 

Demokratik  qadriyatlar  amal  qilingan  sharotilarda  davlat  faoliyati  fuqarolar 

                                                                            

1

 Ўша манба, 41-42-бет. 



2

 И. А. Каримов. Ўзбекистон ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. “Ўзбекистон ”. Т., 1992, 9-10- бетлар.

  

 


 

48 


nazorati ostida bo’ladi. Shuning uchun ham jamiyat xayotida sodir bo’ladigan turli 

o’zgarishlar va jarayonlarda davlatdan ko’ra fuqorolar mas’ulligi kuchayadi. Xuddi 

ana  shu  ma’noda  “demokratiya”ni  halq  hokimiyatining  ko’rinishi,  amal  qilishi 

sifatida  ta’rif  qilinadi.  Demokratik  qadriyatlarning  yuqoridagi  hususiyatlaridan 

kelib  chiqib,  dunyodagi  bir  qator  mamlakatlarda  namoyon  bo’lgan  tajribalariga 

asoslanib  jahonning  ko’zga  ko’ringan  siyosatdonlari  uning  quyidagi  mezonlarini 

ishlab chiqqanlar: 

 

-  xalqning  davlat  va  jamiyat  xayoti  bilan  bog’liq  bo’lgan  qonunlardan 



habardorligi; 

 

-  qonunlarning  qabul  qilinishi  jarayonida  fuqarolarning  bevosita        yoki 



bilvosita hyech qanday tazyiqlarsiz ishtirok qilishlari uchun sharoit yaratilganligi;  

 



qabul 

qilingan 

qonunlarning 

ijrosi 


ustidan 

halq 


nazoratining 

ta’minlanganligi; 

 

-  oddiy  fuqarolarning  davlat  va  jamiyat  faoliyati  bilan  bog’liq    o’zini 



qiziqtirgan  ma’lumotlarni  bemalol  olishlari  uchun  imkoniyat  yaratilganligi 

kabilardir

1



Demokratiyaning  bunday  umume’tirof  etilgan  mezonlari,  normalari 



jamiyatimizni  demokratlashtirish  jarayonlarining  asosi  bo’lib  hizmat  qilmoqda.   

Har  bir  ijtimoiy  hodisa  fenomenlik  hususiyatiga  ega.  Shu  jumladan  bunday 

fenomenlik  demokratiyani  ham  chetlab  o’tmaydi.  Garchi  “demokratiya”  so’zi 

ma’lum bo’lsa-da, ko’pchilik uning chinakam mazmuni bilan tanish emas. Bu esa 

totalitar  va  hatto, harbiy diktaturalarga  ham o’zini “demakratik” deb atash  imkoni 

bergan va hozir ham shunday. Demokratiyaning asosiy fenomenlik jihati shundaki,  

uni  har  kim,  har  bir  jamiyat  o’zicha  tushunadi  va  o’zicha  idrok  etadi.  Hatto,  bu 

tushunchani  shior  qilib  olib  ayrim  guruhlar  va  davlatlar  o’z  manfaatlari  yo’lida 

inqilobiy  o’zgarishlarni  keltirib  chirarishga  urinishlari  ham  mumkin.  Bunday 

radikal  hususiyatlar  taraqqiyotning  va  erkinlikning  eng  oliy  ifodachisi  bo’lgan 

demokratiyaga ham ehtiyotkorona munosabatda bo’lishni taqozo etadi. 

                                                                            

1

 ОчиловаБ. Миллий-маънавий юксалишда мерос, қадриятлар ва ворисийлик. Т.,  “Истиқлол”. 2009, 184- бет. 



 

49 


   

Demokratiyani  jamiyat  hayotiga  birdaniga  tadbiq  etib  bo’lmaydi.  Avvalo, 

demokratiyalash  asrlar  davomida  shakllanib  kelgan  demokratik  qadriyatlarni 

tiklash  va  takomillashtirish,  umuminsoniy  demokratik  qadriyatlar  bilan 

uyg’unlashtirishdan  iborat  bo’lmog’i  lozim.  Faqatgina  davlatning  yuqori  siyosiy 

organlari  yoki  faqatgina  quyi  tizimlarini    demokratlashtirish  hyech  qanday  ijobiy 

samara bermaydi. Bu xodisani biz 80-yillarning ikkinchi yarmida SSSRda amalga 

oshirilgan  demokratik  isloxotlarning  inqirozga  uchraganidan  xam  bilishimiz 

mumkin.  Bu  davrda  demokratik  isloxotlar  siyosiy  xayotga  emas,  avvalo,  xo’jalik 

xayotiga  tadbiq  etilgandi.  Zavod-fabrika  direktorlari,  sex  va  brigada  boshliqlari, 

magazin  mudirlari,  universitet  va  texnikumlarning  rektor  va  direktorlari  saylab 

qo’yiladigan  bo’ldi.  Xolbuki,  demokratiya  eng  rivojlangan,  deb  xisoblanuvchi 

AQSh,  Buyuk  Britaniya,  Olmoniya  singari  mamlakatlarning  birortasida  na  zavod 

direktori,  na  fabrika  direktori,  na  sex,  na  brigada  boshlig’i  saylab      quyilgan,  ular 

tayinlangan. “Qayta qurish” davridagi bunday demokratik islohot ko’proq ana shu 

islohot obyektiga aylantirilgan “demokratik institutlar”da  guruhbozliklarni  keltirib 

chiqargan, salbiy oqibatlarga olib kelgan edi. 

   


Demokratiya haddan tashqari cheklanishi yoki mutlaqlashtirilishi ham salbiy 

oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Uning  haddan  tashqari  cheklanganligi  inson 

erkini,  tashabbuslarini  bo’g’ib  qo’ysa,  mutloaqlashtirilishi  esa  ijtimoiy 

ziddiyatlarni  yuzaga  keltiradi.  Yer  yuzidagi  barcha  narsalarning  chek  chegarasi 

bordek,  inson  erkinligini  ta’minlashning  ham  chegarasi  mavjud.  Erkinlik  va 

demokratiya  ko’p  holatlarda  sinonim  sifatida  qo’llaniladi.  Chindan  ham 

demokratiya      erkinlik  haqidagi  g’oyalar  mazmunini  ham  qamrab  oladi,  lekin 

bundan  tashqari,  shunisi  ham  muhimki,  u  erkinlikka  qonuniy  maqom  bahsh 

etadigan  amaliy  normalar  va  tartib  qoidalar  mazmunini  ham  qamrab  oladi.  Ayni 

shu  holat  dvlatimizning  konstitusiyaviy  prinsiplarini  demokratik  deb  atash 

imkonini  beradi.  Chunki  ularda  inson  huquqlari  va  hammaning  qonun  oldida 

tengligi qonunan mustahkamlab qo’yilgan. 

   

Tarixiy 


jarayonlar 

tajribasidan 

ma’lum 

bo’ldiki, 



jamiyatda 

boshboshdoqlikka olib  boruvchi mutlaq erkinlik qonun yo’li bilan tartibga solinib 



 

50 


va  shu  qonunlarning  bajarilishi  majburiy  bo’lgandagina  shu  jamiyat  chinakam 

fuqarolikka  asoslangan  huquqiy  demokratik  jamiyat    bo’la  oladi.  Bu  holatga 

Konstitutsiyamizda  asosiy  urg’u  berilib,  1-  moddasida  “O’zbekiston  -  suveren 

demokratik respublika”

va 15 - moddasida “O’zbkiston Respublikasida O’zbkiston 



Respublikasining  Konstitusiyasi  va  qonunlarining  ustunligi  so’zsiz  tan  olinadi.  

Davlat,  uning  organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat  birlashmalari,  fuqorolar 

Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar”

2

 deb belgilab qo’yildi. 



     

MDH  hududida,  jumladan  O’zbekistonda  yetarli  siyosiy  an’analarning 

mavjud  emasligi,  buning  ustiga  O’zbekistonda  siyosiy  partiyalarning  ulg’ayishi 

juda 


sekin 

yuz 


berayotgani 

demokratlashtirish 

jarayonini 

yana 


ham 

murakkablashtiradi.  Bunday  sharoitda      Prezidentimiz    Islom  Abdug’ani-yevich 

Karimov  yagona  to’g’ri  siyosiy  yechim  topa  bildi  va  u  davlatni  “bosh  islohotchi” 

deb  e’lon  qilindi.  Bu  yechimning  naqadar  to’g’ri  ekanini  davr  ko’rsatdi. 

O’zbekistonda    davlat    isloxotlarni  o’tkazishga  boshchilik  qilar  ekan  demokratik 

jamiyatga o’tish uchun zarur bulgan eng muhim shartni amalga oshira bordi: 

   

- o’tgan davr ichida iqtisodiy inqiroz to’xtatilib bu  soxada o’sish  boshlandi; 



    

- ma’naviy rivojlanishga ulkan ahamiyat berildi va berilmoqda; 

    

-  aholining  huquqiy  ongi  va  siyosiy  faolligini  oshirish  davlat  va  jamoat 



tashkilotlarining diqqat markazida turibdi

3

.



 

 

   



Bu  omillarni  yanada  rivojlantirish  esa  demokratik  islohatlarni  muttasil 

chuqurlashtirib borish imkonini beradi. 

   

Demokratiyaning  rivojlanib  borishi  moddiy  (iqtisodiy)  va  ma’naviy 



omillarning  o’zaro  bir-biriga  ta’siri  va  teng  taraqqiy  etib  borishi  qonuni  asosida 

kechadi.  Iqtisodiy  o’sish  demokratiya  uchun  poydevor  tayyorlaydi.  Buni  faqat 

nazariy  mulohazalar  emas,  amaliy  tadqiqodlar  ham  tasdiqlamoqda.  90-yillarning 

o’rtalarida  bir  qator  xalqaro  nohukumat  tashkilotlari  jahondagi  eng  boy 

mamlakatlardan  30  tasini  o’rganganlarida,    ulardan  28  tasida  demokratik 

boshqaruv va tartibotlar mavjudligi ma’lum  

                                                                            

1

 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. Т ., “Ўзбекистон ”. 2008, 4-бет. 



2

  Юқоридаги ҳужжат, 5-бет. 

3

 Каримов И.А. Ўзбекистон XX асрга интилмоқда . Т., “Ўзбекистон”. 2000, 12-бет. 



 

51 


  bo’ldi.  Shu  mamlakatlar  tarixiga  murojat  etilsa,  iqtisodiy  o’sish  va  barqarorlik 

demokratiya  uchun  zamin  tayyorlaganini  ko’rsatdi.  Demokratiya  o’z-o’zidan  va 

har  qanday  sharoitda  ham  qaror  topavermaydi.  Uning  ro’yobga  chiqishi  uchun 

tegishli iqtisodiy, ahloqiy, siyosiy va ma’naviy shart-sharoitlar zarur. 

      

Demakratik tamoiyillar joriy qilinishi uchun shu mamlakat iqtisodiy jihatdan 



rivojlangan  bo’lishi  zarurligi  hozirgi  kunda  siyosatchi  va  siyosatshunoslardan 

hyech  kimda  shubxa  tug’dirmaydi.  Lekin  bundan  iqtisodiyotning  o’sish  yoki 

pasayishi  o’z-o’zidan  demokratiyaning  ham  o’sishi  yoki  pasayishga  olib  keladi, 

degan xulosa chiqmasligi lozim. 

 

Demokratiya  va  iqtisod  o’rtasidagi  aloqadorlik,  avvalo  shunga  bog’liqki, 



demokratik  jamiyatda  fuqarolar  moddiy  boyliklar  ishlab  chiqarish  va  ularni 

taqsimlash ustidan nazorat o’rnatadilar. Bu holat iqtisodiy rivojlanish uchun qulay 

sharoit yaratdi. Iqtisodiy rivojlanish esa, o’z navbatida, demokratiya qaror topishga 

ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin, baribir, aholining turmush darajasi yoki iqtisodning 

gurkirab o’sishi demokratik tartibotning bosh  yoki  yagona sharti, deyish  noto’g’ri 

bo’ladi. 

      

MDHga a’zo ba’zi  mamlakatlar demokratiya  muayyan darajada rivojlangan 



iqtisodiy  makondagina  tadbiq  qilinishi  mumkinligini  unutib  qo’yganliklari  tufayli 

demokratiya  shaxs  erkinligi  namoyishi    emas,  ur-yiqit  va  shallaqilik  timsoliga 

aylanib  qoldi.  Chunki  o’sha  mamlakatlarda  iqtisodiyot  tanazzul  botqog’iga 

ketayotgani  unutilib,  siyosiy  islohotlarga  zo’r  berildi,  demokratiya  jarayonini 

sun’iy  tezlatishga  urinildi.  Botqoqqa  botib  ketayotgan  odamga  esa  eng  oliy  navli 

demokratiya  ham  kerak  emas.Unga  demokratiyani  ro’para  qilish  birinchi  galdagi 

vazifa  emas,  avvalo,  uning  qo’lidan  tortib  botqoqdan  chiqarish  kerak

1

.



   

Ikkinchi 

tomondan,  zikr  etilgan  mamlakatlarda  iqtisodiy  asos  unitilgani  tufayli  na  haqiqiy 

demokratiya o’rnatildi, na iqtisodiy taraqqiyot ro’y berdi.  

 

      


Demokratiyaning  ma’naviyat  bilan  bog’liqligi  yana  shunda  ko’rinadiki,  uni 

har  bir  shaxs  va  guruh  o’z  aqliy  qobiliyatlari,  manfaatlari  va  ma’naviyatiga  mos 

ravishda  tushunadi.  Demokratiyani  og’izga  kelganni  aytish  erkinligidan  tortib  to 

                                                                            

1

 Бегматов А.  Маънавият фалсафаси ёхуд Ислом Каримов асарларида янги фалсафий тизимнинг яратилиши. 



Т ., “Шарқ ”. 2000,  43-44-бетлар. 

 

52 


ur-yiqit  erkinligigacha  deb  tushunadiganlarning  tasavvuri  ortida  ularning  tor 

manfaati va sayoz ma’naviyati bor. Demokratiyaning ma’naviyatga tayanishi, agar 

shu  tayanch  bo’sh  va  qing’ir  bo’lsa  faqat  demokratiyaga  emas,  butun  jamiyatga 

katta zarar keltirishi mumkinligini bir qator mamlakatlar tajribasi ham ko’rsatdi. 

 

Ko’rib  turibmizki  demokratiyaning  obyektiv  qaror  topishi  iqtisodiy 



(moddiy)  va  ma’naviy  shart-sharoitlarga  bog’liq  bo’ladi.  Bundan  tashqari  bu 

jarayonda ijtimoiy-madaniy va siyosiy-huquqiy shart-sharoitlarning ahamiyati ham 

katta. 

 

Jamyat  siyosiy  hayotida  demokratik  islohotlar,  ma’lumki,  turli  shakllarda 



amalga oshirilishi mumkin. Jamiyatning demokratlashuvi jarayonini faqat moddiy-

texnikaviy  omillarga  bog’lab  qo’yish  falsafasi  masalaga  bir  yoqlama 

yondashuvdan  iborat.  Zero,  O’zbekistonda  ma’naviy,  mafkuraviy  asoslar 

demokratik  jamiyaning  muhim  negizlaridan  hisoblanadi.  Mazkur  muammoning 

boshqa  bir  jihatiga  e’tibor  qaratish  kerak,  u  ham  bo’lsa,  siyosiy  ijtimoiylashuv 

masalasidir. “Siyosiy” ijtimoiylashuv tushunchasi o’zining ikki jihatigi ega. 

 

Birinchidan,  siyosiy  ijtimoiylashuv  individ,  shaxsning  siyosiy  yetukligi, 



takomillashuvi  jarayonini  o’zida  ifodalaydi.  Ya’ni,  har  bir  fuqaro  jahondagi 

mafkuraviy  manzara  havida  o’z  siyosiy  qarashlariga  ega  bo’lmog’i  va  pirovard 

natijada u o’zining siyosi “men”iga ega bo’lishi nazarda tutiladi; 

 

ikkinchidan,  jamiyat  a’zolarining  ko’p  yillik  tajribasi,  aql-zakovvatidan, 



ma’naviy-madaniy  merosidan  foydalanish  salohiyati  obyektiv  zaruriyatga  aylana 

boradi.  Ana  shunday  eng  muhim  bosqichlaridan  biri  –  yoshlar  tarbiyasi  bilan 

bog’liq bo’lgan bosqichdir. Undan keyingi bosqich esa shaxsning mehnat faoliyati 

bilan belgilanadi

1



 



Siyosiy  tizimda  davlat  alohida  o’rin  egallaydi.  Jamiyat  a’zolarining  alohida 

uyushgan  shakli  sifatida  davlatning  ijtimoiy-falsafiy  tahlili  uning  boshqa  ko’plab 

jihatlardan  ajratib  turuvchi  belgilarini  o’rganishni  taqozo  etadi.  Binobarin, 

taraqqiyotning  o’zbek  modelida  iqtisodiyotning  siyosatdan  ustunligi  birinchi 

masala  qilib  belgilangan.  Demak,  islohotlar  keng  jamoatchilik  ishtirokida,  davlat 

                                                                            

1

 Тўраев Ў. Демократик жараёнлар ва миллий ғоя. Т., “Маънавият”. 2008, 49-50-бетлар. 



 

53 


ishlab  chiqqan  dasturlar  asosida  uning  bevosita  ishtiroki  va  rahbarligida  amalga 

oshiriladi. 

 

Shu  ma’noda,  davlat  bosh  islohotchi  sifatida  qonunlarning  ustuvorligiga 



erishishi, 

kuchli 


ijtimoiy 

siyosat 


yuritishi, 

O’zbekistonda 

jamiyatni 

demokratlashtirish,  mamlakatni  modernizasiya  va  isloh  qilish  asosida  bozor 

munosabatlariga  o’tishni  tashkil  qilishda,  o’zining  funksiyalarini  amalga 

oshirishda, avvalo, siyosiy faoliyatini demokratlashtirish zaruriyati yuzaga keladi. 

 

Demokratik  jamiyatda  hokimiyat  davlat  manbai  bo’lishi  barobarida, 



universallashib,  umumiylashib  boradi.  Unda  halq  hokimiyatchiligining  amalga 

oshirilishida 

hokimiyatning 

halq 


manfaatlariga 

bo’ysundirilgani  muhim 

hususiyatdir.  Chunki  uning  ijtimoiy  negizini  halq  tashkil  etadi.  Demak, 

mamlakatimizdagi  siyosiy  tizimning  tub  maqsadi  –  O’zbekistonda  adolatli 

demokratik  jamiyatni  vuxudga  keltirish  va  ijtimoiy-siyosiy  hayotda  demokratik 

muhitni,  siyosiy  barqarorlikni,  millatlar  o’rtasidagi  totuvlik  va  hamjihatlikni 

ta’minlashdan iboratdir. 

 

Mustaqillik  yillarida  davlat  bosh  islohotchi  sifatida  o’zbek  modeli  dasturini 



amalga  oshirishda  fuqarolarning  siyosiy  faolligini  oshirishni  asosiy  masalalaridan 

biri  qilib  qo’ydi.  Bu  esa  o’z-o’zidan  boshqariladigan  bozor  munosabatlarini 

shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Halqimizning tub manfaatlariga javob 

beradigan taraqqiyotning o’zbek modelida belgilab berilgan bozor munosabatlariga 

o’tish  muhim  zaruriy  ehtiyoj.  Ammo  bu  masalani  bir  tomonlama  tushunmaslik 

lozim,  gap  faqat  bozorni  tashkil  etish  va  uni  rivojlantirishdagina  emas.  Bozor 

iqtisodiga  o’tish  muqarrar  jarayon,  davr  talabi,  obyektiv  reallikdir.  “Bozor 

iqtisodiyotini barpo etish – shunchaki maqsad emas. Barcha iqtisodiy, demokratik, 

siyosiy  islohotlarning  pirovard  maqsadlarining  o’zi,  bu  eng  avvalo,  inson  uchun 

munosib  turmush  va  faoliyat  sharoitlarini  yaratishdir”

1

,  -  deb  ta’kidlaydi 



Prezidentimiz  Islom  Karimov.  Umuman,  mamlakatimizda  olib  borilayotgan 

iqtisodiy  islohotlarning  maqsadi  –  halq  farovonligi  va  demokratik  jamiyat 

taraqqiyotiga erishishdir. 

                                                                            

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий сиёсатининг устувор йўналишлари. Биздан озод ва обод ватан 



қолсин. 2-жилд, Т., “Ўзбекистон”, 1996, 14-бет. 

 

54 


Fuqarolik  jamiyatida  milliy  davlatchilik  tafakkuri  o’zining  qonuniy  asosiga 

ega  bo’ldi  va  ijtimoiy-huquqiy  funksiyani  bajarish  imkoniyati  yaratildi. 

Konstitusiyaning bu boradagi vazifasi, ijobiy roli quyidagi yo’nalishlarda namoyon 

bo’ladi. Ya’ni: 

-fuqarolik  jamiyati  institutlari  va  davlat  o’rtasidagi  munosabatlarni  yuksak 

saviyada huquqiy tartibga soladi; 

-davlatning  inson  va  jamiyat  manfaatlariga  xizmat  qilish  maqomi 

(majburiyatlari)ni normativ mustahkamlaydi; 

-fuqarolik  jamiyati  institutlari  va  fuqarolarning      huquqiy  maqomini 

belgilaydi. 

-jamiyat  hayoti  tartibli,  ma’rifiy-madaniy  tarzda  kechishiga,  ya’ni  fuqarolik 

jamiyatida  milliy  davlatchilik  tafakkuri  shakllanishiga  sharoit,  huquqiy  maydon 

yaratadi.    Ma’lumki,    umuman  ijtimoiy-siyosiy,  xususan  inson  ongidagi 

o’zgarishlar  davlatchilik  tizimiga  va  uning  mavqyeiga  bevosita  daxldordir.   

Shuning  uchun  ham,  “Fuqarolik  jamiyati  insonlar  jamoasini,  uning  manfaatlarini 

siyosiy  hokimiyat  oldida,  davlat  apparati  qarshisida  muhofaza  etuvchi  o’ziga  xos 

fenomen,  tegishli  mexanizm  (majmua)  sifatida  maydonga  chiqadi.  Fuqarolik 

jamiyati  –  davlatdan  mustaqil  va  undan  xoli  munosabatlar  hamda  vositalar 

tizimidir”

1

.   



Binobarin,  fuqarolik  jamiyatini “davlatdan  mustaqil  va  xoli”  holda tasavvur 

qilish  qiyin.  Chunki,  ijtimoiy  hayotni  butunligicha,  keng  ko’lamda  faqat  davlat 

yo’lga  qo’yishi  va  boshqarishi  mumkin.  Shuning  barobarida  “fuqaro-jamiyat  -

davlat”  manfaatlari  uyg’unlashadi.  Bu  uyg’unlikda  jamiyat  va  davlat  manfaatlari, 

huquqlari ustun turadi. 

O’zbekistonda  barpo  etilayotgan  fuqarolik  jamiyatining  xususiyatlari:  

jamiyat 

hayoti 


va 

taraqqiyotining 

xususiy 

mulkchilik, 

tadbirkorlik, 

ishbilarmonchilik  faoliyati  bilan  uyg’unligi;  barcha  mulk  shakllarining  ravnaq 

topishi  davlat,  qonun  tomonidan  kafolatlanishi;  fuqarolar  huquqiy  tengligi,  qonun 

ustuvorligi,  sud  tizimi  tomonidan  muhofazalanishi;    fuqarolarning  xususiy 

                                                                            

1

 Одилқориев Х. Ўзбекистонда фуқаролик жамиятини шакллантириш: муаммо ва ечимлар.  – Тошкент:    



“Шарқ”, 2007. – 21-б. 

 

55 


hayotiga  noqonuniy  aralashuvining  davlat  tomonidan  cheklanishi;  davlat 

hokimiyati  oldida  shaxsning  mulkiy  va  iqtisodiy  mustaqilligi;      fuqarolar 

huquqlarini  kafolatlash  va  qonun  ustuvorligini  ta’minlash  mexanizmlarining 

yaratilganligi;  fuqarolarning  ijtimoiy    institutlari  shakllangani  va  ularning 

to’laqonli  faoliyat  yuritishi;    jamiyatda  yuksak  ma’naviy-madaniy  muhit 

shakllangani, shaxs qadri, sha’ni, hurmati asosiy qadriyatlarga aylangani 

1

, kabilar 



bilan xarakterlanadi. 

Ushbu  xususiyatlardan kelib chiqib,  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 

ijtimoiy-siyosiy islohotlar: kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o’tishga qaratilgan. 

Demak,  ushbu  xususiyatlar    mustaqillik  yillarida  davlatimiz  belgilab  olgan 

strategik maqsad va tamoyillarda o’z ifodasini topdi.  

  

Fuqarolik jamiyati teng huquqli, erkin va farovon hayot, har bir shaxsga o’z 



iqtisodiy  qobiliyatini,  ijodiy kuchlarini to’la namoyon  qilish  uchun zarur  ijtimoiy, 

siyosiy,  huquqiy  makon  va  ma’naviy-madaniy  muhit  yaratib  bermoqda.  Bu 

g’oyalar  milliy  davlatchilik  tafakkuri  shakllanganligida,  ya’ni  fuqarolarning 

davlatga  bo’lgan  ishonchi,  qonunlarga  real  va  obyektiv  yondoshuvi,  milliy 

qadriyatlarga sodiqligi, Vatani oldidagi burch  va e’tiqodida  namoyon bo’ladi.  Bu 

xususiyatlar  milliy  davlatchilik  tafakkuriga  tobora  singib,  uni  boyitib,  fuqarolik 

jamiyati  asoslari  mustahkamlanishiga  olib  kelmoqda.  Zero,  fuqarolik  jamiyatida 

milliy  davlatchilik  tafakkuri  shakllanish  xususiyatlari,  avvalo,  fuqarolar  va  davlat 

farovonligi g’oyasining ijtimoiy ongda mavjudligidir. 

Yuqoridagilardan  quyidagi  xulosa  kelib  chiqadi:  birinchidan,  fuqarolik 

jamiyatida  milliy  davlatchilik  tafakkuri  rivojlanishi  kurashchan  xususiyatga  ega. 

 

Dunyo  tajribasi  shuni  ko’rsatmoqdaki,  qaysi  mamlakatda  aholining  milliy 



davlatchilik  tafakkuri  erkinlik  asosida  shakllangan,  siyosiy  faolligi  yuqori  bo’lsa, 

o’sha  davlat  ijtimoiy  hayotida  demokratik  tamoyillar  ustuvorlik  kasb  etadi. 

Ikkinchidan, jamiyat taraqqiyotining  hozirgi bosqichidagi asosiy  vazifalaridan biri 

– demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida fuqarolarning 

mamlakatda  amalga  oshayotgan  yangilanish  va  islohotlardagi  ijtimoiy-siyosiy 

                                                                            

1

 Мусаев Ф. Демократик давлат қурилишнинг фалсафий-ҳуқуқий асослари.  – Тошкент: ”Ўзбекистон”, 2007. 



– 46-72-б. 

 

56 


faolligini  ta’minlashga  erishishdan  iboratdir.  Bu  kabi  omillar  jamiyat  siyosiy 

hayotida  davlat  va  jamiyat  boshqaruvida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar 

jarayonida  o’ziga  xos  uyg’unlik  ta’minlanishini  talab  etadi.  Odamlar  hokimiyat 

qarorlarining  qanday  qabul  qilinishini,  ularning  ijrosi  qanday  nazorat 

qilinayotganligini  bilishlari,  bu  qarorlarni  tayyorlash  va  amalga  oshirishda  faol 

ishtirok etishlari zarur. Zero, o’tish davri har bir insondan yangicha dunyoqarashni, 

yangicha  tafakkurni  talab  etmoqda.  Bu  jamiyat  a’zolarini  davlat  homiyligi  va 

ta’minotiga  ishonib  yashashdan  voz  kechib,  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida 

tadbirkorlik  bilan  ish  ko’rishga    undaydi.  Siyosiy  hayotda  bu  jarayon  yanada 

murakkabroq kechadi. 

 

Uchinchidan,  siyosiy  jarayonlarni  harakatlantiruvchi  asosiy  subyektiv  omili 



–    insonning  ongli  faoliyati  bo’lib,  ular  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  hayotda  faol 

ishtirok  etmasa,  milliy  davlatchilik  tizimida  siyosiy  jarayonlar  sustlashadi.  Aynan 

siyosiy  partiya  va  harakatlar  faoliyati  ham  fuqarolar  ongida    milliy  davlatchilik 

tafakkurining rivojlanishi bilan xarakterlanadi.   

 

Aholining  ongli  faoliyati  siyosiy  jarayonlarda  belgilovchi  mohiyatga  ega 



ekanligi  jamiyat  a’zolarining  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  yangilanish  va 

islohotlar  davrida  ishtirok  etishini  talab  etadi.  Bunday  faoliyat  barcha 

mamlakatlarda  o’ziga  xos  ahamiyat  kasb  etadi.  O’zbekistonda  siyosiy,  iqtisodiy, 

ijtimoiy  jarayonda  fuqarolar faolligi o’ziga xos davlatchilik tafakkuri  asosida yuz 

bermoqda.  Islohot  va  yangilanishlar  jarayoni  amalga  oshmoqda.  Hozircha  aholi  

ongida  mustaqil  fikrlash,  davlat  va  jamiyat  boshqaruvini  jamoatchilik  tomonidan 

nazorat qilish madaniyati juda sust shakllanmoqda. 

 

   Davlat  hokimiyatining  vakolatini  bosqichma-bosqich  mahalliy  hokimiyat  



o’z-o’zini  boshqarish  organlariga  berish  jarayoni  davom  etmoqda.  Zero,  inson 

siyosiy faolligining provard maqsadi, jamiyatni demokratlashtirishdan iborat milliy 

davlatchilik tafakkurini rivojlantirishdir. 

  

To’rtinchidan,  siyosiy  bag’rikenglik  –  milliy  davlatchilik  tafakkurining 



tarkibiy  qismi  sifatida  jamiyat  a’zolarining,  jamiyatning,  davlatlarning  ijtimoiy, 

siyosiy, iqtisodiy munosabatlarida hal qiluvchi omil vazifasini bajaradi. Jumladan, 



 

57 


milliy  davlatchilik  tafakkuri  mustahkam  munosabatlar  tizimida  umuminsoniy  

qadriyatlar  asosida  shakllanishi      barobarida,      bag’rikenglikni  davlat  darajasida 

ko’tarilishi    bilan    tavsiflidir.    Siyosiy  bag’rikenglikni  namoyon  bo’lishini  milliy 

davlatchilik  tafakkurining  bunyodkorlik,  yaratuvchanlik  salohiyatini  yuzaga 

chiqaruvchi  omillardan  biri  sifatida  millat  va  xalqning  ma’naviy-ma’rifiy 

kamolotida deb bilamiz.   Shu nuqtai nazaridan, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek,- 

“Millat va xalqning ma’naviy kamolotiga, ma’rifatiga umumdavlat siyosati sifatida 

qarash lozim. Odamlar ongidagi milliy iftixor tuyg’usi bilan boshqa millatlar tarixi, 

madaniyati  va qadr-qimmatini  hurmat qilishning dialektik  uyg’unligini ta’minlash 

zarur.  Jamiyat  ongida  hozirgi  dunyoda  ro’y  berayotgan  barcha  hodisalarga 

daxldorlik va mas’ullik hissini vujudga keltirish va mustahkamlab borish darkor”.

1

   



 Beshinchidan,  har  bir  davrda  adolatsizlikka  qarshi  kurash,  tinch  yashash 

insoniyatning dolzarb  muammolardan biri  bo’lib  kelmoqda.   Fuqarolarning davlat 

bilan  o’zaro  mas’ulligi,  avvalo,  qonun  ustuvorligi  yordamida  amalga  oshadi, 

chunki  har  qanday  davlatning  mohiyati,  uning  kuch-qudrati  qonunga  tayanadi. 

Qonun ustuvorligini ta’minlash esa, faqat davlatning funksiyasi bo’lib qolmasdan, 

fuqarolarni  ham  faol  ishtirokida  amalga  oshadi.  Demak,  davlat    fuqarolar 

ishtirokisiz,    fuqarolar  davlatning  yordamisiz,  ya’ni  alohida  holatda  qonun 

ustuvorligini  ta’minlay  olmaydi.  Shunday  ekan,  yuqoridagi  fikr  va  qarashlar 

fuqarolarning  milliy  davlatchilik  tafakkurida  aks  etadi  va  harakatga  keltiruvchi 

kuch – mezon hisoblanadi.  Bugungi kunda biz milliy davlatchilikni shakllantirish, 

huquqiy demokratik davlatni barpo etish va fuqarolar jamiyatini qaror toptirishdek 

ulug’ orzu-umidlar bilan yashamoqdamiz. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                                            

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI-аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 



кафолатлари. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1997. – 109-б. 

 

58 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling