O`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati


Download 61.5 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1107298
  1   2   3
Bog'liq
o\'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to\'g\'risida
1 МАВ САВ, Reja O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy va umum, оралиқ, 7 (1), Характеристика политики как процесса, Awdarma., Институт тезис , perevod, I - bob Asqarǵa, Doc1, Янгибозор скайнер хат, МТМ 2022йил шартнома, DILSHOD KURS, diognostika222222, abdixoliq ingliz tili

www.arxiv.uz

o'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida

Reja:


1. O`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish huquqiy holatining tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari.
2. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari.
3. O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari.

O`simlik dunyosini huquqiy holati uning tabiat va jamiyatdagi ana shu o`rni hamda ahamiyatini e'tiborga olgan holda belgilanadi. Tabiat obyektlari ichida o`simlik dunyosi muhim ekologik funksiyani bajarishi bilan xarakterlanadi. U tabiiy atrof muhit muvozanatini saqlab turib, undagi tirik mavjudodni yashashi uchun muhim bo`lgan kislorod yetkazib beradi. Shuningdek, o`simlik dunyosi yerni suv va shamol eroziyasidan, quyosh nuridan saqlashda, suvni muhofaza etishda muhim rol o`ynaydi.


O`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va undan foydalanish bo`yicha huquiy holatni belgilashda O`zbekiston Respublikasining "O`rmon to`g`risida"gi va "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunlari alohida o`rinni egallaydi. Bu qonunlarda o`simlik dunyosi obyektlari, ushbu obyektlardan foydalanish turlari, muddatlari, normativlari, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatyalari, o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni cheklash, to`xtatish va man etish, o`simlik dunyosi obyektlarining monitoringi, davlat kadastri kabi masalalar tartibga solingan.
O`simlik dunyosining huquqiy holatini belgilashda harakatdagi qonunchilik uning obyektlarini aniqlashga alohida e'tibor bergan. Chunonchi O`zbekiston Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 5-moddasiga ko`ra, o`simlik dunyosi obyektlarini, birinchidan, yovvoyi organizmlar, ya'ni daraxt, buta va o`tsimon urug`laydigan o`simliklar, qirqquloqsimonlar, mohsimonlar, suv o`tlari, lishayniklar va zamburug`lar o`zining butun xilma-xil turlari bilan; ikkinchidan, yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o`simliklar jamoalari yoki ularning har qanday majmui; uchinchidan, kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan o`simlik turlari; to`rtinchidan, yovvoyi o`simliklarning mevalari, urug`lari va boshqa qismlari yoki ular hayot faoliyatining mahsullari tashkil etadi.
"O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonun o`simlik dunyosidan foydalanish muddatlari, shakllari, turlari, normativlari, bekor qilish asoslarini o`rnatishga katta ahamiyat bergan. Bu normalarda o`simlik dunyosidan foydalanishning huquqiy holati, tartiblari o`rnatilgan. Chunonchi, qonunning 6-moddasida o`rnatilishicha, o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo`lishi mumkin. O`simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun bepul amalga oshiriladi. O`simlik dunyosi obyektlari maxsus foydalanishga ishlab chiqarish faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun haq evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar asosida beriladi. O`simlik dunyosi obyektlari doimiy yoki vaqtincha (uzoq muddatli va qisqa muddatli) foydalanishga beriladi.
O`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini bekor qilish tartibi va asoslari qonunda batafsil belgilab berilgan. O`zbekiston Respublikasining "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonunining 19-moddasiga binoan o`simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi shunday huquqdan voz kechilganda; muddat tugaganda; foydalanuvchi yuridik shaxs tugatilganda; o`simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takror ko`paytirish qoidalari, normativlari buzilganda; haq belgilangan muddatda to`lanmaganda; foydalanish ta'sirida tabiiy o`simliklar jamoalarida asliga qaytarib bo`lmas o`zgarishlar xavfi yuzaga kelganda; yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yilganda bekor qilinadi. Ayrim turdagi yovvoyi o`simliklarning, masalan, zaharli, giyohvand moddasi bor, karantinli o`simliklar, begona o`tlar hamda shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarning o`z-o`zidan o`t bosib ketishga ko`maklashadigan boshqa o`simliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish boshqa o`simliklarga va o`zga tabiat obyektlariga zarar yetkazilishiga yo`l qo`yilmaydigan hamda tabiiy o`simliklar jamoalarining va ular o`sadigan muhitning saqlanishini ta'minlaydigan usullar bilan amalga oshiriladi. Tarqalishi va miqdori tartibga solinishi lozim bo`lgan yovvoyi o`simliklarning turlari maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining xulosalari asosida belgilab beriladi.
O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Davlat o`rmon qo`mitasi o`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hisoblanadilar. O`lar zimmasiga o`simlik dunyosi obyektlaridan qonunda belgilangan tartib va asoslarda samarali va maqsadga muvofiq foydalanishni boshqarish vazifasi yuklatilgan.

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling