O‘zbek tilida dialektal frazeologik birliklarning, lingvomadaniy birliklarning lingvomadaniy tadqiqi Tayanch so‘zlar


Download 44.8 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi44.8 Kb.
#1620087
TuriИсследование
  1   2   3
Bog'liq
MAQOLA.TAYYOR


O‘zbek tilida dialektal frazeologik birliklarning, lingvomadaniy birliklarning lingvomadaniy tadqiqi

Tayanch so‘zlar: dialektalogiya, frazeologizm, lingvokulturologiya(lingvomadaniyat), tadqiq, tahlil.
Keywords: dialectology, phraseology, linguistics (linguistics), research, analysis.
Ключевые слова: диалектология, фразеология, лингвистика (лингвистика), исследование, анализ.

Kirish. Bilamizki, o‘zbek tilshunosligida o‘zbek dialektalogiyasi yo‘nalishi ham bor. Ushbu yo‘nalish XX asr oxiri XXI asr boshlarida jadallik bilan o‘rganildi. Bu borada S.Ashirboyev 1, B.To‘ychiboyev, B.Hasanov 2, N.Rajabov 3, V. V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov 4 kabi olimlar tadqiqotlar olib borishgan.
Dialektologiya so‘zi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, shevalar,dialekt va lahjalar degan ma’noni anglatadi5. Dialekt so‘zi ham yunonchada sheva ma’nosini bildirib,(qabila tili ) demakdir. Aksariyat til xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan shevalarni birlashtiradi. Lahja arabcha so‘z bo‘lib u ham ravish, tarz, yo‘sin, sheva ma’nolarini bildiradi.Dialektologik termin sifatida qadimdan o‘zbek tilining taraqqiyotiga asos bo‘lgan sheva va dialektlarning eng yirik to‘dasini anglatadi 6.
Mashhur ingliz dialektologlari K.Chambers, Piter Trudgill o‘zining “Dialectology” kitobining “Language and etnik group” (Til va etnik guruhlar) bo‘limida ma’lumot beradi. Tildagi lahjalarning farqlanishi boshqa tillarda jumladan, ingliz tillarida ham kuzatiladi, bunda,albatta, etnik guruhlar tilining tarixiy taraqqiyoti natijasidir7.
Frazeologiya (yun. phrasis — ifoda, ibora va ...logiya) — 1) tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini (^.Frazeologizm) uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi boʻlimi; 2) muayyan tildagi frazeologizmlar majmui.8
Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmogʻi sifatida 20-asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo boʻlgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A. A. Potebnya, I. I. Sreznevskiy, A. A. Shaxmatov asarlarida asos solingan boʻlsa, barqaror (turgʻun) soʻz birikmalarini alohida tilshunoslik boʻlimi — Frazeologiyada oʻrganish masalasi 20—40-yillardagi oʻquv-metodik adabiyotlarda — Ye.D.Polivanov, S. Abakumov, L. A. Bulaxovskiy asarlarida koʻtarib chiqilgan. Gʻarbiy Yevropa va Amerika tilshunosligida Frazeologiya tilshunoslikning alohida boʻlimi sifatida ajratilmaydi.9
Demakki, Frazeologiya bu o‘zbek tilshunosligida dialektologiya kabi alohida bo‘lim sifatida o‘zbek tilidagi barqaror birikmalarni o‘rganuvchi bo‘lim hisoblanadi.
Barqaror turg‘un birikmalar –bu nutq jarayoniga qadar tilda tayyor holda namoyon bo‘luvchi birikmalar ya’ni, maqollar, matallar, hikmatli so‘z va iboralardir.
O‘zbek frazeologiyasining tarixiy taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan S.K.Kenesbayev, Sh.U.Rahmatullayev,10 B.Yo‘ldoshev tadqiqotlarini alohida ta’kidlash joiz 11.
Madaniyatshunoslik va Tilshunoslikning birlashgan nuqtasi frazeologik birliklardir. Til va madaniyat yangi yo'nalish bo'lib birlashdi. Bu yangi soha XX asrning oxirida fan bo’lib shakllangan lingvomadaniyatshunoslikdir. Til va madaniyatning uyg'unlashuvini frazeologik birliklarda namoyon bo'lishini tadqiq etgan xorijlik olimlardan V.N. Teliya, V.V.Vorobyev (Linguoculturology: Theory and methods), V.A. Maslova, M.L.Kovshova, A.N. Baranov, D.O. Dobrovolskiyning asarlarini e'tirof etamiz. Ingliz va O'zbek tillarida frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish bo'yicha A.E.Mamatov, G.E.Hakimova, F.S.Azizova va bir qancha tillar misolida qiyosiy tahlilning nazariy muommolarini o'rganish bo'yicha B.Boltayeva, X.Xoliqova, E.Xolmurodova, A.A.Nosirov bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borishdi12

Download 44.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling