O‘zbek tilshunosligida graduonomiya hodisasining ilmiy tadqiqi


Download 64.95 Kb.
bet1/23
Sana03.11.2023
Hajmi64.95 Kb.
#1744131
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Xolnazarov Abdulla


Kurs ishi


Bajaruvchi:Xolnazarov A
Tekshiruvchi:Xo‘janiyazova Sh
O‘zbek tilshunosligida graduonomiya hodisasining ilmiy tadqiqi
Reja: 1. Graduonimiya haqida ma’lumot
2. O‘zbek tilida graduonimiya masalasi tadqiqi
3. Fe’llarda darajalanish

Uzoq yillar davomida so‘zlararo ma’noviy sistem munosabatlar manodoshlik va zid ma’nolilikni o‘rganish bilan cheklanib qoldi. Keyingi paytlarda bu xil munosabatlar doirasi giponimik munosabatlarni ajratish bilan kengaytirildi va graduonimik kabi ma’no munosabat turlari ham lisoniy-lug‘aviy tizimda mavjudligi taxmin etildi. Tadqiqotimiz shulardan graduonimik munosabatlar masalasini o‘rganishga bag‘ishlanadi.


Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek : “Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanishi doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgan jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda”2 O‘zbek tilida fe’llardagi lug‘aviy graduonimiya ham ona tilimizning yangi yangi qirralarini ko‘rsatib berishga xizmat qiladi.
Prezidentimiz Islom Karimov: “Ma’lumki, o‘zlikni anglash, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili- bu millatning ruhidir”3- deb ta’kidlaganlaridek, tilda har bir millatning o‘zligi ruhi namoyon bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, xalqimiz o‘zining boy va ko‘xna tarixiga, madaniyati va ma’naviyatiga, san’ati va adabiyotiga ega bo‘lib, ming yillar davomida shakllanib, rivoj topib kelmoqda. Bunday tarix va merosga ega o‘zbek xalqining orzu umidlari, urf-odat va ananalari, qadriyat va qarashlari, madaniyati va ma’naviyati betakror va jozibali tilida yashab, avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Ulug‘ allomalarimiz ta’kidlaganidek tilda millat, uning orzu-umidlari yashaydi.

Download 64.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling