O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi
Kommunikativ yondashuvning mazmun-mohiyati
Download 168.7 Kb.
|
Hoshimova Ozoda
3.Kommunikativ yondashuvning mazmun-mohiyati
Kommunikativ yondashuv. Kommunikativ yondashuv - tilni muvaffaqiyatli o'rganishdagi g’oya hisoblanib, muloqotni yetkazib berish orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar real vaziyatdagi muloqotga jalb qilinganda, ularning tilni o‘zlashtirish bo‘yicha tabiiy strategiyalaridan foydalaniladi va bu ularga tildan foydalanishni o‘rganish imkonini beradi. Mazkur yondashuvning mohiyati real vaziyatda nutqni tushuntirish, o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatishdir. Kommunikativ yondashuv kommunikativ tilni o’rgatish deb ham yuritiladi. Bu ikki tushunchani biri o’rnida birini qo’llasak, ma’noda hech qanday o’zgarish ro’y bermaydi. Kommunikativ yondashuv dastlab Yevropada ikkinchi til yoki xorijiy tilni o’qitishdagi tajribani keng tarqalishiga bo’lgan cheklovlar va sun’iylikka qarshi reaksiya paytida paydo bo’lgan. Jadallik bilan xorijiy tilda so’zlashivchilar soni o’sib borayotgani sababli, fuqarolarning ishlari xorijiy tilni o’rganishga va o’zlarining tillaridan ko’ra chet tilida muloqot qilishni talab qilgani va unga bo’lgan ehtiyoji natijasida kelib chiqqan. Hayotiy ko‘nikmalar ma’lum bir nutqiy mazvular doirasida amaliy yo‘naltirilgan holda shakllantiriladi. Kommunikativ yondashuvga asoslangan darslarda faqat yozma matn bilan cheklanib qolinmaydi. Tilning og‘zaki va yozma shaklidan darslar davomida baravar foydalaniladi. insonning birlamchi til ko‘nikmasi og‘zaki nutqdir. Og‘zaki nutqni rivojlantirish tilning qolgan shakllarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yozma nutq bilan ko‘p ishlash og‘zaki nutqni o‘z-o‘zidan rivojlanib qolishiga olib kelmaydi, chunki yozma nutq va og‘zaki nutq mazmun jihatidan bir nuqtaga birlashsa-da, ularning amalga oshish jarayoni inson ongida boshqa-boshqa mexanizmning ishlashi orqali taʼminlanadi. Shuning uchun ularning har biriga alohida eʼtibor berish zarur. Og‘zaki nutqni turli ko‘rinishlarda – monolog, dialog, suhbat, bahs-munozara shakllarida to‘g‘ri tushunish ko‘nikmasiga eʼtibor qaratiladi. Og‘zaki nutqni tushunishda og‘zaki nutqning turli ko‘rinishlarini hisobga olish insonning tushunish qobiliyatini charxlaydi: tinglovchi nutqning turli qirralariga eʼtibor qilinishni o‘rganadi. Tilga oid qoidalar zaruriy holatlarda izohlab o‘tiladi va amalda qo‘llanishi birinchi o‘rinda bo‘lgani uchun qoidani o‘zlashtirish samaraliroq bo‘ladi. Kommunikativ yondashuvning xususiyatlari - Ma’noga asoslanadi va ma’no eng muhim narsa hisoblanadi. O’qituvchilar biror bir grammatik mavzuni tushuntirishda mazmunli kontekstdan foydalanadilar. Masalan: “Present Continuos” mavzusi bo’lsa, o’qituvchi harakatlar orqali ko’rsatib bermaydi, yoki bo’lmasa, “Men yuryapman” , “Men gapiryapman” deyishning o’rniga, misol qilib aytadigan bo’lsak, o’qituvchi biror bir ta’til mavzusiga doir bo’lgan rasmlarni ko’rsatadi. Unda qanday harakatlar bajarilganligi aytib o’tiladi. Masalan: “Rasmda bolalar suv havzasida cho’milyapdilar”, “O’rtoqlari bilan suhbatlashyaptilar”, “Restaranda ovqatlanyaptilar”, “Kitob o’qiyaptilar” va hokazo. Grammatik birliklar, shakllar tushuntirish o’rniga muloqot, suhbat orqali o’quvchiga yetkazib beriladi. Samarali muloqotga shakllantiradi. Ravon talaffuzga intiladi. O'qituvchilar o'quvchilarga til bilan ishlashga undaydigan har qanday usulda yordam berishadi. O’quvchilar kerakli o’rinlarda tarjimadan foydalanadilar. Og‘zaki nutqni turli ko‘rinishlarda – monolog, dialog, suhbat, bahs-munozara shakllarida to’g’ri tushunish ko’nikmasiga e’tibor qaratiladi. Og‘zaki nutqni tushunishda og‘zaki nutqning turli ko‘rinishlarini hisobga olish insonning tushunish qobiliyatini charxlaydi: tinglovchi nutqning turli qirralariga eʼtibor qilinishni o‘rganadi. Tilga oid qoidalar zaruriy holatlarda izohlab o‘tiladi va amalda qo‘llanishi birinchi o‘rinda bo‘lgani uchun qoidani o‘zlashtirish samaraliroq bo‘ladi. Kommunikativ tilni o'rgatish (CLT) yoki kommunikativ yondashuv til o'qitishga yondashuv bo'lib, o'zaro ta'sirni o'rganishning ham vositasi, ham yakuniy maqsadi sifatida ta'kidlaydi.6 Talabalar sheriklar bilan shaxsiy tajribalari haqida suhbatlashadilar va o'qituvchilar barcha turdagi vaziyatlarda til ko'nikmalarini rivojlantirish uchun an'anaviy grammatika doirasidan tashqari mavzularni o'rgatishadi. Bu usul, shuningdek, oʻquvchilarni oʻzlarining shaxsiy tajribalarini til oʻrganish muhitiga qoʻshishga va maqsadli tilni oʻrganishdan tashqari, oʻrganish tajribasiga eʼtibor qaratishga undaydi. Kommunikativ yondashuvga ko’ra, til ta’limining maqsadi – muayyan bir tilda muloqot qilish qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Bundan tashqari kommunikativ yondashuvda, o’qituvchining o’rni, roli har doim ham o’qitish yoki yo’l-yóriq ko’rsatish bo’libgina emas, balki o’quvchilarga yordam berishdan iborat hamdir. Yan qo’shimcha sifatida aytishimiz mumkinki, yondashuv uslubiy bo'lmagan tizim bo'lib, maqsadli tilni o'rgatish uchun darsliklar jamlanmasidan foydalanmaydi, lekin o'qish va yozishdan oldin og'zaki va og'zaki nutq ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan hisoblanadi. kommunikativ yondashuv tilni muloqot orqali o'rgatishga qaratilgan. Albatta, har qanday til o'qitishning maqsadi muloqot qilishni o'rganishdir. Ammo kommunikativ tilni o'qitishda muloqot nafaqat maqsad, balki o'qitish usulidir. Kommunikativ til sinfidagi o'qituvchi yo'l ko'rsatuvchi yoki yordamchi sifatida ishlaydi va talabalar tilni o'rganish uchun sinf faoliyati bilan shug'ullanadilar. Kommunikativ yondashuvda chet tili darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarning juftlik va bir-birlari bilan, guruhlarda o‘zaro munosabatda bo‘ladigan vaziyatlarni yaratadi. Bu darsni yanada rang-barang qiladi. Guruhda ishlashda talabalar mustaqil nutqni namoyish etadilar. Ular intervyu oluvchilarning ma'lumotlarini to'g'ri tuzatishda bir-birlariga yordam berishlari mumkin. Sinfdagi o'qituvchi muloqotni tashkil qilish, etakchi savollar berish, g'oyalarni ishtirokchilarning dastlabki g'oyalariga yetkazish va munozarali masalalarni muhokama qilishda ishonchli shaxs sifatida harakat qilish vazifalari uchun javobgardir. Kommunikativ yondashuvning tamoyillari quyidagicha: Til o’rganish – shu tildan foydalangan holda muloqotni o’rganish hamdir; Nutqda foydalanilgan til so’zlovchining holati va vaziyatiga mos bo’lishi; O’quvchi nutqdagi rasmiy va norasmiy uslubni farqlay olishi; Muloqot qilishga asoslangan mashqlarning muhimliligi; Mashqlar muloqot qilish maqsadida namoyon etilishi; Mashqlar: o’yin, muammoli vaziyat, rol bajarish; Darsning boshlang’ich qismida o’qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish ko’nikmalarinini birlashtirgan holda rivojlantirish, kommunikatsiya orqali esa boshqa mahoratlarni shakllantirish; Mavzular o’quvchilarning yoshi, sinfi, darajasi, qiziqishini inobatga olib tanlanishi; Motivatsiyaning muhimliligi; O’qituvchi dars boshlanishida o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini oshirishi; Xato va kamchiliklar darsning ma’lum bir qismida hisobga olinishi va tuzatilishi; O’quchilarni baholashda ularning nutqini faqatgina tartibliligini emas, balki ravonliligi bilan shug’ullanishdan iborat. Kommunikativ yondashuvda muloqotni talab qiladigan real vaziyatlardan foydalaniladi. O’qituvchi o’quvchilar real hayotda duch kelishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni yaratadi. Real hayotdagi vaziyatlar kundan kunga o’zgarib boradi. O’quvchilarning o’rganishga bo’lgan motivatsiyasi, qiziqishi mazmundor mavzular haqida ma’noli, mantiqqa ega bo’lgan muloqot yuritish usullariga bo’lgan xohishidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, kommunikativ qobiliyatni rivojlantirishga urg’u beradi. Buning yordamida o’quvchilar o’zlarining qarashlarini, fikr-mulohazalarini muloqot orqali, ya’ni kommunikativ qobiliyat orqali aks ettiradilar.7 Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, kommunikativ yondashuv - bu o'rganishni aloqa jarayoni bilan taqqoslash, aniqrog'i, o'rganish aloqa jarayonining modeli ekanligiga asoslanib, biroz soddalashtirilgan bo'lsa-da, lekin hatto asosiy qismlarda ham haqiqiy aloqa tizimi bilan bir xildir. Chet tilida so'zlashishni o'rganishning interaktiv yondashuvi haqida yuqorida aytilganlarning barchasi, bu holda ta'lim sub'ekti chet tilida gaplashish ekanligini ta'kidlashga imkon beradi. Shu tariqa nutqiy malakalarning bo’linishi aniq ko’rinadi va ularni uzluksiz shakllantirish uchun mashqlar buyuriladi. Download 168.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling